Hunar haqidagi qarashlari


Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana30.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#596284
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-topic

3. Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari 
 
Xorazmlik buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy jahon fani tarixida eng mashhur 
siymolar qatoridan joy olib, o’z davrining deyarli barcha fanlarida o’chmas iz qoldirgan, 
gumanistik g’oyalarning rivojiga ulkan xissa qo’shgan. Buni ko’pgana Sharq va G’arb 
olimlari tan olgap. Beruniyning ilmiy merosiga nisbatan qiziqishning borgan sari oshib 
borishining sabablaridan biri uning yorqin gumanistik mohiyatidir. Allomaning boy va 
serqirrali merosining hamma tarkibiy qismlariga gumanistik g’oyalar mujassamlangan 
bo’lib, ular uning muttasil yaxlitligini va har tomonlama bog’liqligini belgilaydilar. 
Albatta u faoliyat ko’rsatgan har bir ilmiy sohaning gumanistik xislatlari o’ziga xosdir, lekin 
umuman olganda ular insonni ulug’lash, inson omilini hamma vaqt nazarda tutish, aqlni 
e’zozlash, umuminsoniy qadriyatlarni yuksaklikka ko’tarish va shu nuqtai nazardan tabiat, 
jamiyat muammolarini xal qilishda, inson manfaatlari ustuvorligidan kelib chiqish 
kerakligi g’oyalari bilan sug’orilgan. 
Aytish kerakki, birinchilardan bo’lib yirik o’zbek olimi V.Y.Zohidov Beruniy 
ongli ravishda o’zining yangi umumilmiy tadqiqot uslubini konseptual shaklda ishlab 
chiqqanligini ko’rsatdi: “Beruniyning yirik xizmatlaridan biri shundan iboratki, u avval shu 
sohada erishilgan eng yaxshi natijalarni umumlashtirib tabiatni o’rganishning ilmiy 
uslubini ishlab chiqdi”. 
Beruniy ijtimoiy hayotda inson ongining qudrati va moddiy ehtiyojining ahamiyati 
haqidagi fikrlari uning jamiyat haqidagi qarashlar gumanistik mohiyatining o’zigaxosligini 
shakllanishiga undaydi, unga kuch va qudratni jamiyat bergan, degan fikrni olg’a 
suradi. Beruniyning buyukligi shundaki, u jamiyat yuzaga kelishi asosida kishilarning 
rang-barang ehtiyojlarini ko’ra oldi. “Inson yalang’ochligi va madorsizligi tufayli, himoya 
qiluvchi tayanchlari bo’lmaganligi sababli boshqalar tomondan musibat chekardi. Uning 
ehtiyojini qondira oladigan, talabini himoya qiladigan doimiy zaruriyatni his etardi”. Shunday 
qilib, ko’rib turibmizki, himoya qilish zaruriyati tag’in boshqa ehtiyojlar (ovqat, kiyim-kechak 
va h.k.)ni qondiruvchi zaruriyatlar kabi moddiy omillar insonlarni birgalikda yashashga da’vat 
etadi. “Ehtiyojlar turli-tuman va son-sanoqsizdir. Faqat ularni bir qancha kishilar birgalikda 
ta’minlay olishlari mumkin. Buning uchun kishilarda shahar yaratish zaruriyati tug’iladi”. 
“Gap shundaki, odam ehtiyojining ko’pligi, tiyilishi kamligi, himoya qilish quroliga ega 
bo’lmaganligi va dushmanning ko’pligi tufayli, bir-birini himoya qilish zarurligi, o’zini va 
boshqalarni ta’min etishga zarur bo’lgan biror ishni bajarish uchun o’z qarindosh-
urug’i bilan jamiyatda birlashishga majbur bo’lgan”, degan xulosaga keladi. 
Beruniy bularga qarama-qarshi turib, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va 
ijtimoiy holatini belgilaydi degan. Faylasuf olim jamiyatning yuzaga kelishi asosida 
insonning eng sharafli motivlarini - o’zaro yordamining zarurligini, o’zaro foyda, birgalikda 
ehtiyojlarni qondirish zaruriyatlarini tushungan, odamlarning umumiy manfaatlarini ko’rgan. 
Beruniy insonning jamiyatdagi o’rni va funksiyalarini yuqorida aytgan motivlar bilan 
chambarchas bog’liqlikda ko’radi. 
S Hunga
as osl ani b, 
jam i yat
kis hil arning


ham korlikda faoliyatlarini o’tkazish zaruriyatidan kelib chiqqan, deydi u. Inson boshqa 
odamlarning baxt-saodati haqida doim o’ylashi kerak deb shunday yozadi: «Muayyan 
vazifalarni bajarish zaruriyati bu inson faoliyatining bir umrga yashash prinsipidir». Bu 
fikrni davom ettirib “Insonning qadr-qimmati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat, 
shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi”, “inson 
o’z xohishiga mehnat tufayli erishadi”, deb yozgan edi Beruniy. 
Mutafakkir insonning jamiyatdagi o’rnini aniqlab, inson tabiatining va 
mijozlarining turlicha bo’lishi ularning xohishi va maqsadlari ham turlicha bo’lishiga sabab 
bo’ladi, binobarin “insonlarning maqsad va niyatlari har xil bo’lgach, san’at va hunar ham 
turlicha bo’la boshladi”, ya’ni bu mehnatning taqsimlanishiga olib keladi, deydi. “Ruh ko’p 
holatda tana mijozatiga bo’ysunadi”, deb yozadi. Beruniy fikri bo’yicha, jamiyatdagi 
ko’pgina narsalar ob’ektiv ehtiyojlar tufayli, kishilar o’rtasidagi kelishuv orqali yuzaga 
kelgan. 
Uning fikricha, pullar o’zicha inson o’rtasida oltin va kumush sifatida 
muomalada bo’lishi maxsus qimmatga ega emas, chunki ular insonning hech qanday 
ehtiyojini qondira olmaydi. Faqat ayirboshlash tufayli pullar qiymatga ega bo’ladi. Pullar 
jamiyatda faqat umumiy o’lchov sifatida, umumiy ekvivalent sifatida ahamiyatga ega, chunki 
bular pulning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Lekin bu ularning tabiati hamda ma’lum tabiiy 
qonun asosida bo’lmay, balki shartli kelishuv tufayli sodir bo’lgan. Chunki ularning 
ikkisi ham (oltin va kumush - A.SH.) dastavval o’z mazmuni bilan insonni na to’ydiradi, na 
chanqog’ini qondiradi, na zo’rlik yoki na zulm xavfidan qutqaza oladi. Insonni hayotini 
saqlay oladigan, uning urug’ini davom ettiradigan, iste’mol qiladigan mol bo’lmasa, 
yoki yomonlikdan yohud issiq va sovuq azobidan qo’riqlaydigan kiyim-bosh bo’lmasa, 
yoki o’zi uchun boshpana, yoki zulmdan qutulish chorasi bo’lmasa, o’z tabiati jihatdan 
tahsinga sazovor bo’lmaydi. Pulning noto’g’ri ishlatilishi tufayli yovuzlik keltiruvchi 
boylik yuzaga keldi. Bu o’z navbatida majburiy mehnat va zulmni keltirib chiqardi. 
Puldan o’z tabiati va belgilanishiga ko’ra, “hayotning haqiqiy tartibi” va “savdoning tabiiy 
shakli bo’yicha”, umumiy o’lchov sifatida foydalanmoq lozim. “Hayotning haqiqiy 
tartibi” va «savdoning tabiiy shakli» shunday ekvivalentlar almashtirilishidan iboratki, toki 
ular insonning biron bir ehtiyojini qondirishda foyda keltirsin. Beruniy fikricha, pul 
tufayli faqat turli tovarlar ayirbosh qilinmay, balki begona kuch ham yollanadi. “Biri 
ikkinchisini yollaydi, ya’ni bir kishi ikkinchisiga adolatli shartnoma tufayli doimo 
ishlashi kerak, buning evaziga u mukofotlanadi”. Biroq yollanma mehnatni tushunishda 
Beruniy yanada ilgari ketib, unda faqat odil shartnomani ko’ribgina qolmaydi; har 
qanday majburiy mehnatga qarshi chiqib, quyidagilarni yozadi: «Zo’rlik va yollash orqali 
amalga oshadigan majburiy mehnat doimiy va to’g’ri emas». Beruniyning buyukligi yana 
shundaki, u majburiy mehnatga, shuningdek, yollanma mehnatni kiritdi. 
Beruniy jamiyatni boshqarishda davlat homiylari o’ylagancha, jamiyat 
podshoga xizmat qilmay, podsho jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan: “Idora 
qilish va boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat chekkanlarning 
huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligani yo’qotishdir. Bu 
ularning oilasini, ularning hayoti va mol-mulkini himoya qilish va qo’riqlash yo’lida 
badan charchashidan iborat”. 
Beruniy hamdardlik bilan Mag’ribdagi bir shahar to’g’risida ma’lumotlar keltirib, u 
erda davlatni idora qilishlik navbatma-navbat “Taniqli kishilar bilan dehqonlar o’rtasida” 
qo’ldan-qo’lga o’tar ekan, deydi. Davlat boshqarishini shunday talqin qilinishi katta 
gumanistik ahamiyatga egadir. 
“Tabiatni boshqarishga moyil” bo’lgan hokim o’z fikri va qarorlarida qat’iy 
bo’lishi kerak, o’z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga, Aleksandr 
Makedonskiy Aristotelning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo’ysunishlik 
lozim; shohning o’zi ham “yaratuvchanlik ongiga” ega bo’lmog’i, ayniqsa dehqonlar 


to’g’risida ko’proq g’am eyishi kerak. “Podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi”, deydi 
Beruniy. 
Beruniyda shunday fikrlar bor: odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, 
kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o’rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim 
vazifalaridan biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g’amxo’rlik qilishdir. Beruniy bunga 
afsonaviy Pishdadidlar sulolasini misol qilib keltirib, bu sulola “yangi shaharlar 
qurdilar, konlarga asos soldilar, er yuzida adolat barpo etdilar”, deydi. 
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysidir. U mamlakat ravnaqini 
fan ravnaqida ko’rdi. Ilm-fan, diniy chegaralarga qaramay, saxovatli xizmatini o’tashi mumkin 
deb bildi. Hindlar uchun tarjimalar bilan shug’ullanar ekan, “ilm tarqatishga va ularda 
yo’q ilmning ularda ham bo’lishiga qizikdi”. Garchand bunday ish diniy ideologiya 
tomonidan tahsinga sazovor bo’lmasligini ham bilgan. “Mening butun fikri-yodim, qalbim - 
deb yozgan u, - bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan 
bahramand bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”. 
Beruniy nazarida, insonning eng oliy baxti bilishda, chunki u aqlga ega. Baxt ana 
shu nuqtai nazardan tushunilsagina jamiyatga tinchlik va farovonlik keltiradi. «Haqiqiy 
huzur-xalovat inson biror narsaga ega bo’lgan sari ana shu narsaga ko’proq ega bo’lish 
maqsadida intilishining tobora ortib borishidan iborat. Inson ruhida avval bilmagan narsasini 
bilib olishda ana shunday holat paydo bo’ladi. Insonning oliy fazilati esa, Beruniy fikricha, 
boshqalar haqida, ayniqsa kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. 
Beruiiy ijtimoiy qarashlarining muhim tarkibiy qismi bo’lgan axloqiy g’oyalari chuqur 
gumanistik mohiyatga ega. “Abu Rayhon Beruniy inson axloqiy kategoriyalari haqida 
“to’g’rilik va haqiqat”, “yaxshilik va yomonlik”, “rostgo’ylik va yolg’onchilik”, “faxrlanish 
va g’amginlik”, “g’azab va ilmsizlik”, “halol va haromlik”, “do’stlik-inoqlik va dushmanlik”, 
“xalqlar do’stligi va tinchiligi uchun kurash va boshqa xususiyatlarni kishilarning tabiati 
bilan bog’laydi”. U Sharq xususan musulmon xalqlari axloqiga xos “muruvvat”, “futuvvat” 
va “mardlik” tushunchalariga katta e’tibor bergan: “Odamgarchilik, ya’ni muruvvat kishining 
o’zi, urug’-aymog’i va o’z ahvoliga ta’sir etish bilan chegaralanadi. Mardlik -futuvvat 
esa undan ham ustup turib, o’zidan tashqariga ham o’tadi. Muruvvatli mard kishi o’zidagi 
va o’ziniki ekanligiga hech kim tortishib o’tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi”. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish