Humoyun va akbar


D E H L I ZAFARDAN KEYINGI JUDOLIK



Download 1,25 Mb.
bet18/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

D E H L I
ZAFARDAN KEYINGI JUDOLIK

Akbar Dehlini o‘n uch yoshida g‘alaba shodi­yonasi kunida birinchi marta ko‘rdi. Sherxon avlodlari Panjobda mag‘lub bo‘lganlaridan keyin Dehlini ham tashlab qochishdi. Shaharda qolgan a’yonlar Humo­yunga peshvoz chiqib, qal’a darvozalarining kalitini topshirdilar. Shundan so‘ng tuya mingan jarchilar Humoyunning g‘alaba munosabati bilan afvi umumiy e’lon qilinganligi haqidagi farmonini ko‘cha-ko‘yda aytib o‘tdilar.


Humoyunning o‘zi ham shaharning mashhur Puran* qal’asiga boradigan markaziy ko‘chadan mingtacha odami bilan naqoralar va karnay-surnaylar chaldirib, tantana bilan o‘tdi. Ko‘chaning ikki chetida xaloyiq g‘uj-g‘uj bo‘lib turibdi. Ularning orasida yengilgan Iskandarshohning alamzada odamlari ham bo‘lishi va pistirmadan o‘q otishi mumkin. Shuning uchun ulkan qora fil ustida oltin ko‘shkday bezatilgan shiypon tagida o‘ltirgan Humoyun boshiga dubulg‘a, egniga zirhli kiyim kiygan.
Xartumidan dumigacha cho‘g‘day bezatilgan, bo‘yniga ulkan gulshodalar osilgan podsho filini yuzlab otliqlar o‘rab qo‘riqlab bormoqda.
Akbar ana shu otliqlarning oldingi safida, otasi­ning o‘ng yonida Hayron nomli go‘zal saman otini minib kelmoqda. Undan orqaroqda — Bayramxon, turdibek, Aliqulixon o‘zbek, Qilichxon Andijoniy kabi ahli davlat... Abdulla Ansoriy boshliq din peshvolari podsho filining orqarog‘ida bormoqda. Abdulla Ansoriy xuddi Islomshoh saroyidagi kabi Humoyun saroyida ham diniy peshvo bo‘lib olganligi rost edi. Lekin Humoyun uni birinchi kunlardanoq qattiq itoatda tutishga intilar, mavkabda ahli davlat-dan keyingi ikkinchi o‘rinda borishi kerakligini miri tuzukka o‘zi tayinlagan edi.
Dehli ko‘chalaridagi xaloyiq podshoning filini kim minib borayotganiga ham e’tibor berib qarar edi. Filbon La’l Chand Qandahor va Kobulga yetolmay, Hindistonda qolgan, lekin Humoyun Laxo‘rga qaytganini eshitgan zahoti yana uning huzuriga borgan va Sirhinddagi jangda qo‘lidan kelgan ko‘maklarni bergan edi... Humoyun eski qadrdonining ko‘p yillik yaxshiliklarini qaytarish uchun bugun Dehli markazidan minib o‘tayotgan shohona filni boshqarishni La’l Chandga topshirdi. Yo‘l chetidagi odamlarning ba’zisi Dehlida ko‘p yil yashagan La’l Chandni tanib, bir-birlariga iftixor bilan ko‘rsatishardi.
Bir vaqtlar Humoyun Agrada shu ishni qilmoq­chi bo‘lganda yo‘l bermagan Said Xalil endi yo‘q, hozirgi shayxulislom Abdulla Ansoriy esa Islom-shohga ko‘p yil xizmat qilganligi uchun tili qisiq, «g‘ayridin podshoning filini minmasin!» deb e’tiroz qila olmaydi. Din peshvolari «g‘ayridin» deb xushlamaydigan La’l Chand kabi hindlar Kalanjarda Sherxon bilan qahramonlarcha jang qilib, uni qanday halokatga uchratganligi Humoyunning yodidan chiqmaydi. U dini boshqa bo‘lsa ham, dili insoniy fazilatlarga to‘la bo‘lgan mana shu ulug‘ elga o‘z ehtiromini bildirish uchun bugun Dehlidan hindlar juda e’zozlaydigan jonivor — filda o‘tishni va bu filning izmini La’l Chandga topshirishni lozim ko‘rgan edi.
Karnay-surnaylar va naqora tovushlari baland joydagi qizil tosh devorli Puron qal’a darvozasiga yetganda tindi. Bu yerga oldinroq kelgan maxsus qo‘riqchilar va xizmatkorlar qal’ani orasta qilib jihoz­lab, yo‘lkalarga poyandozlar to‘shatib qo‘ygan edilar. Qal’a hovlisi juda keng, u boshidan bu boshigacha ming qadamdan ortiq.
Kech kirgan bo‘lsa ham saraton issig‘i juda baland. Humoyun kuni bo‘yi zirhli kiyimda yurib, issiqda juda lohas bo‘lgani uchun xonayi xosda eng avval yengil ipak kiyimlarini kiydi, sovutilgan lim-u sharbatidan ichdi. Bari bir bino ichi issiq va dim tuyulib, nafasi qaytganday bo‘laverdi. Shundan keyin Akbarni yoniga olib hovliga chiqdi va shabada tegadigan ochiqroq joy izladi.
Oftob botgan, lekin osmonning g‘arb tomoni hamon lovullab yonib turibdi. Yo‘lkalarga to‘shalgan qizg‘ish toshlardan ham kunduzgi issiqning tafti uryapti. Qal’aning eng baland joyi kunbotish tomonda — Sherxonning masjidi va shermandal deb ata­ladigan tepasi ochiq tosh bino turgan joyda edi. Humoyun Sherxon qurdirgan masjidning o‘rni yaxshi tanlanganiga, bino peshtoqi salobatli, tosh bezaklari o‘ziga yarashib tushganiga tan berdi-yu:
— Durust, Sherxon o‘zidan yaxshi xotira ham qoldiribdir, — deb qo‘ydi.
Masjiddan o‘ngda — baland va xushmanazara bir joyda sakkiz burchakli, ikki oshiyonli mo‘jaz bino turibdi. Buning tarxini bir vaqtlar Humoyun chiz­dirgan va kitobxona uchun mo‘ljallagan edi. Lekin to‘polonlar boshlangandan so‘ng qurilishlar to‘xtab, bu bino ham chala qolib ketdi. Keyin uni Sherxon o‘z didiga moslab, uchinchi qavatini shabada tegadigan ochiq sahn qilib qurdiribdi. Salqin shamol esib turadigan bu shinam joy xursandchilik qilinadigan manzil — mandal nomini olibdi.
Humoyunning odamlari bugun shermandalni ham yuvib, tozalab, tepadagi shiyponiga gilam va ko‘r­pa­chalar to‘shab qo‘yishgan edi.
Zinapoya oldida turgan soqchi yigit ota-bolaga yo‘l berib, o‘zini darhol chetga oldi. Humoyun yaxlit va dag‘al kulrang toshlardan tarashlangan zinapoyaga oyoq qo‘yib yuqoriga qaradi. Zinapoya tik va tor, unga faqat bitta odam sig‘adi, ichi nimqorong‘i. Besh-olti qadam narida yana xuddi shunga o‘xshash ikkinchi zinapoya bor — bunisi chiqish uchun bo‘sa, narigisi pastga tushish uchunmi? Tosh quduqqa o‘xshaydigan va yuqoriga parmaday buralib chiqadigan har ikki zinapoya ham Humoyunga yoqmadi.
— Ikkalasini birga qo‘shib tarashlatsa quduqday tor bo‘mas edi, — dedi Akbarga o‘girilib. Zinapoyada qo‘l bilan tutadigan qanot ham yo‘q. Humoyun Ak­barni ergashtirib ikkinchi qavatiga chiqdi. Bu yerda­gi xonalar shinam, kitob javonlari o‘rnatsa bo‘ladigan joylari ham bor. Ayniqsa, uchinchi qavatdagi orasta shiypon va sakkizta oq marmar ustunchalarga soya­bon kabi o‘rnatilgan naqshin gumbaz juda ko‘rkam edi. Shiyponda g‘ir-g‘ir shabada esib turibdi.
Tik zinapoyadan chiqquncha entikib, terlab ketgan Humoyun ko‘rpacha ustiga o‘ltirib, o‘zini shaba­daga soldi. U to nafasini rostlaguncha bir necha daqiqa o‘tdi. Bu orada Akbar shiypondan kaftda turganday aniq ko‘rinayotgan ulug‘vor shahar— Dehlini tomosha qildi. Qal’a devorining tagidan buralib oqib o‘tadigan Jamnaning g‘arbdagi qip-qizil shafaq rangiga bo‘yalib, yonib oqayotganidan hayratga tushdi.
— Sen issiqni sezmaysan-a? — unga havasi kelib so‘radi Humoyun. — Tar sahrosida tug‘ilgansen, bu issiqlar qoningda bor. Lekin meni bugungi harorat g‘oyat betoqat qildi. Yoshlikda uncha sezmas edim.
Humoyun Akbarga sinchiklab qaradi-yu, birdan Hamida bonu yodiga tushdi. Akbarning novdaday egiluvchan qomati va yuz-ko‘zining jozibasi Hamida­ning chavgon o‘ynab yurgandagi yoshligini eslatardi. Humoyunning yuragini sog‘inch tuyg‘usi orziqtirib o‘tdi. Kobulda qolgan Hamidani ko‘rmaganiga olti oy bo‘ldi. Yana ko‘rishish nasib etarmikin? Ammo, shukur, ota-onasining suratini ham, siyratini ham o‘zida jam etgan o‘g‘li yonida yuribdi-ku. Avlodlar taqdiri bir-biriga naqadar kirishib ketishini Humoyun endi astoydil his qilmoqda. Akbarning taqdiri tug‘il­masidan ancha oldin — Hamida bilan Humoyun bir-birlari bilan ilk bor uchrashgan navro‘z kunlaridan boshlangan emasmi? Agar Humoyun Ganga va Karamnasa daryolariga cho‘kib ketganda Akbar ham dunyoga kelmas edi-ku. O‘shanda suvchi Nizom Humoyun bilan birga uning bo‘lajak o‘g‘lini — mana shu Akbarni ham qutqargan ekan-da. Odamning taqdiri uning o‘zidan oldin tug‘ilishi rost.
Lekin Akbar o‘ng oylik bola paytida Qandahorda arosatda qolgani, uch yoshida Kobulda to‘p o‘qiga nishon qilib qo‘yilgani, kichiklikda boshdan kechirgan boshqa tahlika-yu tashvishlari uni tez ulg‘aytirdi. O‘g‘lining fahmi kattalarnikidan qolishmaydi. Shuning uchun Humoyun unga dil yorib so‘zladi:
— Otang ham keksaygani endi bilinmoqda, o‘g‘lim! Bu yil qirq yettiga kirdim. Otam shu yoshda qolgan umrlarini menga baxsh etib shunqor bo‘lgan edilar. Deydilarki, otasining yoshiga yetgan odamni Azroil bir silkitib ko‘rarmish, bo‘sh kelsa olib ketarmish.
Azroil — o‘lim timsoli ekanini biladigan Akbar otasiga xavotirli ko‘zlar bilan qaradi:
— Nechun bunday dedingiz, hazratim? Men sizga munosib o‘g‘il bo‘lish orzusida yuribmen. Lekin hali bu orzuimning o‘ndan biri ham ushalgani yo‘q. Tangriga iltijo qilurmen: barcha orzularimning ushalganini siz bilan birga ko‘raylik!
Mo‘ylabi sabza urib, ovozi yo‘g‘onlashib qolgan Akbarning bo‘liq gavdasi, o‘tkir fahmi, ayniqsa, hozir aytgan so‘zlari o‘n yetti-o‘n sakkiz yoshli yigitnikiga o‘xshar edi. Humoyun o‘zining o‘n uch yoshda hali qiyinchilik ko‘rmagan arzanda o‘smir bo‘lganini esladi. Akbarni esa boshidan kechirgan tahlikalari, yaqindan ko‘rgan fojealari qanchalik tez ulg‘aytirganini otasi bugun aniqroq sezganday bo‘ldi. O‘g‘liga iliq bir gap aytgisi kelgan Humoyun:
— Jamna bo‘yidagi kiyik ovi yodingdami? — deb kulumsirab so‘radi.
Akbar bu ovga otalig‘i Bayramxon bilan chiqqan edi. Ishi o‘ngidan kelib, semiz bir qizil kiyikka duch keldi, uchqur oti Hayron ustida uni quvib borib, yoy o‘qi bilan biqiniga urib yiqitdi.
Ovingiz muborak, amirzodam! — deb Bayram­xon Akbarni tabrikladi. — Endi bu kiykdan qanday taom pishirtirmoqchisiz?
— Buni hazrat otamdan so‘raylik.
Akbar kiyikni navkarlaridan ikkitasiga ko‘tartirib, otasining huzuriga olib keldi-da, uning oyog‘i oldiga qo‘ydi:
— Hazratim, o‘g‘lingizning birinchi ovi sizga peshkash!
Humoyun bo‘yi cho‘zilib otasiga tenglashib qolgan Akbarni bag‘riga bosdi.
Kunlar issiq, Akbar ovda terga botib ketganini sezgan Humoyun o‘g‘lini Jamnaning salqin qirg‘o­g‘ida langar tashlab turgan kemaga boshlab chiqdi. Bovurchilar kiyik go‘shtidan og‘izda eridigan qilib kabob tayyorladilar. Kemaning tolorida ota-bola va Bayramxon uchovlari kabobni yeb bo‘lishgach, Hu­moyun oftobachi keltirgan suvda qo‘l yuvdi-da, qog‘oz-qalam so‘radi, u hozir shu dasturxon ustida xayoliga quyulib kelgan satrlarni masnaviy shaklida tez-tez yozdi:


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish