Humoyun va akbar



Download 1,25 Mb.
bet14/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

Ey, o‘zini joh ila mast aylagan,
Himmatin ul poyada past aylagan.
Himmat emas ulki, jahon olg‘asen
Himmat erur buki, borin solg‘asen*.

Komron akasi bilan xafalashib yurganda bu satrlarni unga qarshi qaratgani rost edi. Lekin hozir u she’rdagi kinoyani o‘ziga oldi:
— Bu satrlarda men o‘zimga murojaat etmishmen, hazratim! Yodingizda bo‘lsa jannatmakon otam bir qancha masnaviylarni o‘zlariga qarata bitgan edilar. Sekrida may ichishdan tavba qilganda o‘zlariga murojaat etib aytgan masnaviylarini eslang:*
— O‘zingizga murojaat etganingiz — bizga ham murojaat qilganingiz emasmu, amirzodam? — dedi Humoyun kulimsirab. — Axir biz hammamiz bir xo­n avlodidanmiz.
— Bu rost, ammo men avvalgi da’volarimdan voz kechib, o‘zligimdan forig‘bol bo‘ldim. Himmat — barini olishda emas, baridan voz kechishda ekanini endi astoydil his etdim.
— Bu his sizga ham tanish bo‘lsa kerak, hazratim?— deb Hindol Humoyunga Agrani eslatdi. — O‘shanda siz hatto taxtingizni, butun hazinangizni saqqo yigit Nizomga berib qo‘ygan ekansiz. Afsuski, biz o‘shanda yoshlik qilib bu yuksak himmatning qadriga yetmagan ekanmiz.
— Endi qadriga yetdingizmi, axir? — kulib so‘radi Humoyun. Bu savolga har uchala ini tasdiq javob berdilar.
— Undoq bo‘lsa, to‘rttalamiz bu kecha mana shu saroparda ichida birga uxlagaymiz. Damni olib, ertaga Kobulga hazrat otamning qabrini ziyorat qilgani borgaymiz.
Humoyun ataylab bek-u a’yonlarni oraga qo‘sh­maslikka harakat qilar, chunki ularning Komronga bog‘liq gina-kuduratlari ko‘p — Bopusxon qamal paytida birining akasini o‘ldirtirgan, birining singlisini benomus qilgan, lekin odamlar buni Komrondan ko‘rar edi.
To‘rt og‘ayni qo‘riqchi yigitlari bilan Kobul ko‘chalarini to‘ldirib o‘tdilar, minglab odamlarning e’tibori ostida baland tepalik ustidagi Bobur maqba­rasiga ko‘tarildilar.
Otalari hayotligida tog‘dagi chashmalardan bu yergacha ariq qazdirib, suv olib kelgan va to‘rtta chinor ektirgan edi. Yigirma yil ichida ular yuqoriga bo‘y cho‘zib, katta daraxtlarga aylangan.
Bu xushhavo joyga shimoldan — Amudaryo va Sirdaryo tomondan esgan shamollar Bobur tug‘ilib o‘sgan joylarning ezg-u isini olib kelardi. Janubdan esgan shamollar esa Bobur Kobul daryosi bo‘yida va Jamna qirgoqlarida barpo etgan bog‘larning muattar hidini keltirib turganday bo‘lardi.
Otalarining vasiyatiga binoan, uning xoki Agradan hind tuprog‘i bilan birga keltirilib qabr ichiga solingan edi. Qabr ustidagi oltinrang marmar esa Samar­qandning G‘ozg‘onidan tuyalarga ortib kelingan va Kobulda tarashlanib, sayqal olgan edi. To‘rt o‘g‘il maqbara ichiga chuqur sukut bilan kirib, qabr toshi­ning ikki yoniga va oyoq tomoniga cho‘k tushib o‘ltirdilar va tilovat qildilar. Humoyun otasining o‘lmas ruhini tirik his qilib, unga hayotligidagidek murojaat etdi:
— Hazrat otajon, shukur, mana, barcha o‘g‘illa­ringiz sog‘, omon. Huzuringizga birga kelish orzusida edik. Bugun shu orzuga yetdik. — U inilariga yuzlandi: — Padari buzrukvorning ruhlari oldida ahd qilaylik, Komron, Askariy, Hindol — barchamiz minba’d ahillikni hech buzmaylik! Hech bir kimsa oramizga nifoq sololmasin. Omin!
— Omin!
Hindol akasining so‘zlaridan qattiq ta’sirlanib, ko‘ziga yosh oldi.
Komron esa bosiqlik bilan:
— Omin! — dedi-yu, ichida hindolni «hali ham bola» deb qo‘ydi. Askariy ham Komrondek bosiq. U Humoyundan ko‘ra Komronni tezroq tushunadi. Humoyunning odam erishib bo‘lmaydigan narsalarga ishonishi va intilishi, hozirgiday otalarining qabri oldida tirik odamga so‘zlagandek gapirishlari Komron bilan Askariyga kitobiy bir xayolparastlikdek tuyuladi. Agrada Humoyunnig oliy tabaqani «ahli davlat», «ahli saodat», «ahli murod» kabi qismlarga bo‘lganlari, butun jamiyatga esa tabiatdagi chor unsur asosida tartib bermoqchi bo‘lganlarini, eshkakchi Nizomni podsho qilib ko‘targanlari hozir Komronning esiga tushib kulgisini keltirdi.
Bobur maqbarasidan nariroqda Xonzoda begim­ning qabri ustiga qo‘yilgan odam bo‘yidan balandroq oq marmarga Humoyun shikasta harflar bilan dil so‘zlarini o‘ydirib yozdirgan edi. Hozir u ukalarini ammasining qabri oldiga boshlab keldi-da:
— Bu ulug‘ ayol umr bo‘yi otamizga-yu bizga o‘zini fido qilib yashadi, — dedi. — Hayotining oxirgi daqiqalarigacha to‘rtovimizni birga ko‘rish orzusida bo‘ldi. — Humoyun ammasining ruhiga ham xuddi tirik paytidagidek murojaat etdi: — Hazrat ammajon, arvohingiz shod bo‘lsin, siz orzu qilgan kunlarga yetishdik. Ulug‘ ruhingiz bizga hamisha madad bersin! Omin!
Komron bu gal yuziga istar-istamas fotiha tortdi, akasining bu gaplari, uning nazarida, ulkan podshoga yarashmaydigan bachkanalikday tuyulardi.
Humoyun ertalab bu yoqqa kelayotib, maqbara etagiga ko‘chat olib chiqishni va chuqurchalar qazib qo‘yishni buyurgan edi. Pastdagi ariq bo‘yida Tur­dibek u aytgan ishlarni taxt qilib, to‘rt og‘aynini kutib turgan edi. Humoyun xilxonadan chiqib buni ko‘rdi-yu, inilariga:
— Hozir ilk bahor, ayni nihol o‘tqazadigan payt,— dedi. — Yuringlar, otamiz qazdirgan ariq bo‘yiga biz ham ko‘chat ekaylik, hozirgi mas’ud damlardan xotira bo‘lib qolsin.
Humoyun chinor ko‘chatini chuqurchaga solib, o‘zi tuproq tortmoqchi bo‘lgan edi, navkari ketmonni bermadi:
— Hazratim, siz tutib tursangiz bas!
Ammo Humoyun bunga ko‘nmay ketmonni tortib oldi-da, ko‘chat tagiga o‘zi tuproq tashlay boshladi. Umrida qilmagan bu ishga uning qo‘li kelishmayotganini ko‘rgan Komron akasining kulgi bo‘lishidan ozorlanib:
— Bas, hazratim! — dedi. Komronning hokimona ishorasi bilan navkar tez ketmonni Humoyunning qo‘lidan oldi.
Komronning o‘zi esa ko‘chatni tutib turdi, ammo ketmonsopga qo‘l tekkizmadi. Aslzodalarga xos nazokat bilan tarbiya ko‘rib o‘sgan Komron, «avomga o‘zingni teng tutsang, darhol tepangga chiqgay», degan e’tiqodda edi. Humoyun esa beg‘ubor oddiy odamlarga yaqin bo‘lishni yaxshi ko‘rar, o‘g‘li Akbarning to‘yida u hatto Imomquli degan navkari bilan kurash tushgan edi.
To‘rt og‘ayni faqat o‘zlari qolganda uncha bilinmaydigan bunday farqlar ular jamiyat orasiga kirgan sari ko‘zga yaqqol tashlanadi va birini biridan uzoq­lashtira boshlaydi. Ko‘pchilik Humoyundan mamnun. Og‘a-inining olishuvlaridan bezor bo‘lganlar, «xay­riyat, endi tinchidik», deb quvonadi, «Humoyun inilari qilgan yomonliklarni yuzlariga solmay, hurmatla­rini joyiga qo‘yib, yonida e’zozlab olib yuribdir, bag‘rikenglik bundan ortiq bo‘lg‘aymi?» degan maqtovlar Komronning qulog‘iga ham chalinadi. Hozir bu yarashish nuqul Humoyunning obro‘sini oshirayotganday, Komron esa Kobuldagi avvalgi nufuzini yo‘qotib, pastlab ketayotganday tuyuladi-yu, kun sayin qattiq botadi. Ayniqsa, qamal paytda undan jabr ko‘rgan odamlarning ko‘zlaridagi kudurat Komronga tikanday sanchiladi, qarindosh ayollar bilan ko‘rishganda Hamida bonu unga ko‘zlari to‘la musibat bilan shunday tikildiki, Komronning ko‘ngli allaqanday bo‘lib ketdi. U Humoyunning qamal paytida zindonda jon bergan qizi — ikki yoshli Jahon Sulton begimning o‘limi uchun javobgar ekanini mungli onaning nigohidan sezganda, bu ko‘zlarning o‘tkir dardi go‘yo nayza bo‘lib otildi-yu, Komronning diliga qadaldi. Eshik darichalariga g‘isht qalanib, qamoq­xonaga aylantirilgan qorong‘i uyda singillari gulbadan ham bir necha oy zindon azobini tortgan, endi u ham Komrondan ko‘rgan azoblarini unuta olmas edi... Humoyunga sadoqatli beklardan bir qanchasi Bopus­xon tomonidan ayovsiz o‘ldirilgan, ba’zilarining xotinlari bozorda xaloyiqning oldida benomus qilingan, ularning tirik qolgan og‘a-inilari buni ham Komrondan ko‘rishardi. «Sen farmon bergansen, qasdini sendan olmog‘imiz kerak!» degilari kelib, Komronga intiqom to‘la ko‘zlar bilan tikilishardi. Humoyun qasoskorlarning hovurini bosish uchun Bopusxonni hibs qildirdi. Afzalbek Sindga borganda Sherxonning o‘g‘li Islomshoh tomonga o‘tib ketgan, Qorachaxon kechasi darvozani yashiriqcha ochib bergandan beri humoyun xizmatida yurar edi. Lekin bek-u a’yonlar orasida Qoracha­xonning e’tibori yo‘q, soliq yig‘uvchi mahkamada uchinchi darajali bir lavozimdagi ishlar, hech kim uni pisand qilmas edi. Bundan alamzada bo‘lib yurgan Qorachaxon paytini topib Komronning qarorgohiga keldi, tiz cho‘kib, undan uzr so‘radi.
— Men hali ham sizni valine’matim deb tan olurmen! — deb shivirladi. — Oh, qani o‘sha davr-u davronlarimiz? Agar men sizga kerak bo‘lsam, chorlang, yerning ostidan bo‘lsa ham huzuringizga yetib kelurmen!
— Fitna-yu sho‘rish endi bas! — deb Komron unga yon bermadi. Chunki hozir Komron qarorgoh qilgan Bog‘i Navro‘ziyda Humoyunga gap yetkazadigan xufiyalar bo‘lishi mumkin edi. — Yaxshilik yo‘lidan yursangiz, bir kun yana uchrashgaymiz. Unutmaga­ningiz uchun tashakkur!
Bu tashakkur — uning Qorachaxonni kechirgani edi. Har qalay, Komronni Humoyundan baland qo‘yib e’zozlaydigan odam ham borligi Komronning diliga taskin berdi. U Qorachaxondan Said Xalilni so‘radi.
— Bechora qiltomoq bo‘lib qoldi, — dedi Qorachaxon. — Ikki oydan beri tomog‘idan ovqat o‘tmay qoqsuyak bo‘lib yotibdir. Bilmadim, necha kunligi bor...
Komron Said Xalilni ko‘rgani bordi. Bir vaqtlar yerni bosaymi-bosmaymi deb kekkayib yuradigan Said Xalil hozir odam ko‘rsa seskanadigan ko‘kish-sariq murdaga o‘xshardi. Lablari qimirlaganda xuddi o‘lik yotgan odam gapirib yuborganday Komronning eti jimirladi.
— Siz... — deb pichirladi Said Xalil Komronga...— Siz taxtni oling! Og‘ongiz... nomunosib!..
Bir tomonda — Humoyunni Komrondan yuz chandon baland qo‘yib maqtayotgan bek-u a’yonlar, ikkinchi tomonda ozchilik bo‘lsa ham, har qalay, Komronni otasining taxtiga eng munosib deb biladigan eski qadrdonlar... Komronga bu ikki muhit — qaychining ikki tig‘idek tuyular, Kobulda yurganda ruhi shu tig‘lar orasida qolib qiymalanayotganday azob tortar edi.
Bu, ehtimol, ona suti bilan kirgan g‘ayrishuuriy bir tuyg‘udir. Chunki Komronning onasi Gulruh begim kundoshi Mohim quvonganda ezilar, aksincha, Mohimning boshiga farzand dog‘imi yoki boshqa biron kulfat tushsa o‘zini undan baxtiyorroq sezib, dili taskin topardi.
Komron ham Humoyunnnig obro‘si ortganidan quvonolmas, balki ruhi tushar edi. Akasining ma’naviy g‘alabasi unga o‘zining ma’naviy mag‘lubiya­tidek tuyulardi. Uning ko‘zini kuydirib, raqobat hissini xurujga keltirayotgan narsalar ko‘paygan sari kechalari uxlay olmay chiqdi-yu, siniqqan yuz bilan Humoyunga murojaat qildi:
— Men bu jamiyatdan uzoqroqqa ketay, hazratim. Ulug‘ muruvvatlaringizni toabad unutmagaymen. Endi... tinch bir go‘sha bo‘lsa, ijod qilsam...
O‘sha kezlarda Humoyunning qalamravidagi eng uzoq o‘lka — shayboniyzodalar davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Ko‘lob edi. Komron Ko‘lobga, Askariy esa unga qo‘shni Toliqonga tayin bo‘ldi va tez kunda o‘z viloyatlariga jo‘nab ketdi.
Kobulda Hindol bilan qolgan Humoyun endi Hindistonga qanday qilib qaytish yo‘llarini o‘ylar edi. Bu yo‘llar Humoyun uchun hali ham berk. Sher­xonning o‘g‘illari orasida eng g‘ayratlisi bo‘lgan Islomshoh o‘ziga qarshi bosh ko‘targan kuchli sarkardalar — Havasxon va Haybatxonlarni yengib, Gvalior qal’asiga hibs qilgan. U Panjobda zo‘r davlat tuzib, qo‘shinini yuz mingga yetkazgan. Humoyunda hali Islomshohga bas keladigan kuch yo‘q. Dehli, Agra, hatto uzoq Bihar va Bangoladan Kobulga, Humoyun saroyiga eski qadrdonlaridan xat-xabarlar, vakillar kelib turibdi. O‘sha yoqlarda bir-biri bilan hokimiyat talashib, el-ulusning boshiga behisob baxtsizliklar keltirayotgan Ahmadxon va Odilxon surlar­ning zulmidan bezor bo‘lgan odamlar Humoyunni tezroq Hindistonga qaytishga va o‘z tarafdorlarini bu balolardan qutqarishga undaydilar. Humoyunning o‘zi­dagi eng zo‘r istak ham shu. Ammo yoshi qirqdan oshib, mulohazakor bo‘lib qolgan Humoyun hali Hindga qaytishi uchun fursat yetilmaganini, tarix qozoni yana uzoq qaynashi kerakligini sezadi. Islom­shoh ming urinsa ham to‘xtatolmaydigan ichki bir nurash xuddi tog‘ yonbag‘rining asta-sekin ko‘chishiga o‘xshab, Sherxon tuzgan davlatni ichdan yemib bormoqda. Buni Humoyun Hindistonga maxfiy tarzda borib kelayotgan o‘z mushriflarining axborotidan bilib turibdi. Bu ichki nurash o‘z ishini qilib bo‘lguncha Humoyun shoshmasdan kuch to‘playdi va qulay vaziyatni sabr-bardosh bilan kutadi.

____________


* H o l — bu yerda qaror topish, maqsadga yetish.
* F o r i g‘ — ozod bo‘lish, tashvishdan qutulish; bol — dil, jon; f o - r i g‘ b o l — dil-u jonning ozod bo‘lishi.
* S o l g‘ a s ye n — «baridan voz kechgaysen» ma’nosida.
* Necha nafsingga bo‘lursen tob’e?
Necha umringni qulursan zoye’.

* * *


Bahor suvlaridan loyqalanib oqayotgan Kobul daryosining shovullashi O‘rta* bog‘dan baralla eshitilib turadi. Chorchamanlari va marmar ko‘shklari Bobur tomonidan rejalashtirilgan bu markaziy bog‘ning nomini ham uning o‘zi qo‘yib ketgan. Bu bog‘ning qizg‘ish qum to‘shalgan orasta yo‘lkalarida ko‘kal­doshlari bilan chopib o‘ynab yurgan olti yashar Akbar:
— Adham, Aziz, kelinglar «Bayramxon» o‘ynay­miz, — deb qoldi.
Bu o‘yninni uch o‘rtoqdan boshqa hech kim bilmaydi. Otasining beklari orasida Akbarga eng yoqadigani Bayramxon. Otasidan ham bu odam to‘g‘risida ko‘p g‘aroyib hikoyalar eshitgan. Bayramxon hozir Qandahorda, Kobulga kam keladi. Lekin har kelganda Akbarga fil suyagidan va sandal daraxtidan yasalgan g‘alati o‘yinchoqlar sovg‘a qiladi. Bir marta mana shu bog‘da u Akbarga va ko‘kaldoshlariga qilichbozlikdan saboq ham berdi. O‘shanda Akbar o‘z otasining ikki qo‘llab qilich chopishini, Elbrus tog‘ida ov paytida Yoqub Sherafkan bilan bo‘lgan xatarli jangda chap qo‘l bilan qilich urib qanday g‘olib chiqanini aytib berdi.
Bayramxonning bu hikoyasi Akbarga shunday ta’sir qildiki, u ham o‘ng qo‘lini belboqchasi bilan yonboshiga bog‘latib qo‘yib, bo‘yiga yarasha yog‘och qilichini chap qo‘li bilan ishlatishga o‘rgandi. Hali qo‘li qotmagan yosh bola uchun chap qo‘lini ham o‘ng qo‘liday yaxshi ishlatishga o‘rgatish uncha qiyin emas edi. Shundan keyin tengdosh-ko‘kaldoshlari orasida Akbar yog‘och qilichni hammadan yaxshi chopadigan bo‘ldi. Bayramxonga ixlosi ortib, uni:
— Xonbobo! — deb ulug‘ladi.
Soqoli Humoyunnikidan oqishroq va bo‘liqroq, yoshi ham kattaroq bo‘lgan Bayramxon bolaning topag‘onligidan zavq qilib kuldi:
— Shahzodaga bobo bo‘lish ham katta sharaf! Mayli, meni xonbobo deyvering.
Shundan keyin Adham bilan Aziz ham Bayram­xonni «xonbobo» deb ataydigan bo‘ldilar va undan o‘z sarguzashtlarini aytib berishini iltimos qildillar. Shoirlikda so‘z ta’sirini oshirib o‘rgangan Bayramxon og‘zaki hikoyani ham juda maroqli qilib aytar edi. Ayniqsa, uning Sherxonga qanday asir tushgani, so‘ng Abulqosim Jaloyir uni qanday qutqargani bolalar diliga go‘yo naqshlanib qoldi. Bayramxon Qandahorga qaytib ketgandan so‘ng, uch o‘rtoq uning shu hiko­yasi asosida bir o‘yin o‘ylab chiqardilar. Adham Sherxon bo‘lib yog‘och qilich taqdi. Akbar — Bayramxon bo‘ldi. Aziz — Abulqosim. Sherxon — Adham ular­ning ikkovini tutib oldi-da:
— Kim Bayramxon? — deb o‘shqirdi. — Chiq oldinga, hozir boshingni kesgaymen!
Shunda Akbar:
— Men Bayramxon, — deb oldinga chiqdi. Ammo Aziz Abulqosim bo‘lib, undan oldinroqqa o‘tdi-da:
— Bu Bayramxon emas, — dedi. — Men Bayramxon! Bu mening navkarim!
— Yo‘q, men Bayramxonmen! — deb Akbar yana oldinga chiqdi.
Shu payt qoidaga binoan Aziz Akbarning yuziga bir shapati urishi:
— Jim tur, sen navkarsen, Bayramxon — men! — deyishi kerak edi. Ammo Akbarning shahzodaligini doim esda tutish, hatto o‘yinda ham unga qattiq teg­maslik kerakligi Azizning qulog‘iga ota-onasi tomoni­dan qayta-qayta quyilgan edi. Akbar uch yoshida to‘p o‘qiga nishon qilib qo‘yilgandan beri qattiq jahli chiq­sa o‘zini bilmay qolar, rangi oqarib to‘polon ko‘tarar edi. Shuning uchun Aziz unga shapati urolmadi.
— Yo‘q, men Abulqosim bo‘lmagaymen! — dedi.— adham, sen bo‘l. Qilichni menga ber! Men — Sherxon.
Ikki ko‘kaldosh o‘rin almashtirishgandan so‘ng o‘yin boshidan boshlandi. Shapati uriladigan joyiga yetganda Adham Abulqosim bo‘lib:
— Men — Bayramxon, sen jim tur! — dedi-yu, Akbarning yuziga tarsaki tushirdi. Umrida bunday tarsaki yemagan bolaning ko‘zlarida og‘riqdan yosh halqalandi. Adham uning qulog‘iga shivirladi:
— Men siz uchun jon bermoqchimen, xayr, do‘stim!
So‘ng u Sherxon — Azizning oldiga borib, uning yog‘och qilichiga bo‘ynini tutdi. O‘yin yana bir takrorlanganida endi Adham Bayramxon bo‘ldi, Akbar esa Abulqosim qiyofasiga kirib, undan shapatining qasdini oldi. Bayramxon bo‘lish qiyin edi. Adham shapati og‘rig‘iga chidamay urishib ketdi.
Shunda ichkaridan Hamida bonu chiqdi-yu ularni yarashtirib qo‘ydi.
— Endi o‘yin bas, Akbarjon yuring, men sizga dutor chalib beray.
Hamida bonu ilgaridan dutorni yaxshi chalar, so‘nggi yillarda ko‘nglining chigalini tanbur va sato chalib yozadigan bo‘lgan edi. Akbarga dutorning tovushidan ham ko‘ra satoning nafis va cho‘ziq ohanglari ko‘proq yoqardi. Shuning uchun ko‘shkka kirganda:
— Hazrat ayajon, dutor emas, sato chalib bering,— deb iltimos qildi. Ona-bola uch yildan beri birga yurib, avvalgi ayriliqlar dardini unutgan, bir-birining diydoriga qongan shu kunlarda Hamida bonuning qalbi boshqa bir mung bilan ma’yuslanib yurardi. So‘nggi paytda u humoyun bilan kam ko‘rishar, doim uning diydoriga zor bo‘lib yurardi. Mana shu sog‘inch mungi segohning ma’yus ohanglariga yo‘g‘rilib, satoni go‘yo yig‘lata boshladi. Onasining qalbida to‘planib qolgan mungni satodan eshitgan sari Akbarning, negadir o‘pkasi to‘lib, yig‘lagisi keldi. Ayajoniga ne bo‘lgan? Buncha mung uning diliga qa­yoqdan yig‘ilgan? Bola bilmaydi. Ammo yangroq sato buni go‘yo bilganday Hamida­ning dard-u alamlarini go‘zal va ma’yus ohanglarga solib kuylaydi.
Hamidani o‘rtab yurgan g‘am — bevaqt o‘lgan ikki farzandining dog‘igina emas. Suyuklisi Humoyun, podshohlik an’analariga berilib, uning ustiga yana bir xotin olgani Hamidani do‘zax azobiga soldi.
Hamida ikki yil burun bo‘lgan bu hodisani hech unutolmaydi. O‘shanda Badaxshon yurishi va Kobul qamali cho‘zilib ketib, Humoyun Hamida bonu bilan bir yilcha ko‘risholmadi. Bu orada beklar humoyunni katta bir viloyatning hokimi bilan yarashtirish uchun, shu hokimning Norchuchuk ismli qizini unga olib bermoqchi bo‘lishdi. Odatga binoan, Humoyun bu qizni nikohiga olishdan oldin katta xotinlaridan rozilik olmog‘i kerak edi. Xo‘ja Muazzam Badax­shondan Kobulga kelib, jiyanidan rozilik so‘raganda Hamida o‘rtanib yig‘ladi:
— Tog‘am bo‘laturib siz ham mening yuragimga tig‘ urgaymisiz?
— Iloj qancha, jiyanjonim! Humoyun hazratlari yigit yoshidalar, hali ellikka kirganlari yo‘q. Bir yildan ortiq haramsiz yurmoq podsholar uchun mumkin bo‘lmagan hol. Zino yo‘liga kirmaslik uchun halol-u pokiza bir nikohga zarurat...
— Biz bir umr halol-u pokiza yuribmiz-ku, mulla tog‘a? Nechun u kishi bir yilda zino yo‘liga kirgaylar?
— Siz-u biz podsho emasmiz, begim, nechunligini bilolmasmiz. Shariat o‘zi to‘rt xotinga yo‘l berib qo‘ygan bo‘lsa ne iloj? Podshoni kuyov qilishga havasmandlar ko‘p. Ota-bobolardan qolgan udum... Balki hali Akbaringiz ham shundoq qilgay. Tojdor­larning azaliy odati shu bo‘lsa biz ne qilaylik, jiyanjon! Mening ham sizga dilim kuyib, ezilib yuribmen!
— Menga qayishsangiz, borib ayting! Hali endi yigirma birga kirdim. Nahotki shu yoshda qari kampirga aylansam-u ustimga xotin olsalar? Men rizo emasmen!
— Men... bunday gapni borib aytolmagaymen... Nazardan qolsam, keyin boshqa beklar meni tepkilab tashlagay. Chunki bizga dushmanlik maqomida bo‘lgan katta bir viloyatning hokimi endi sulh yo‘liga o‘tib, hazratimga qizini bermoqchi. Agar bu nikoh buzilsa, sulh ham yana urushga aylangay, qancha begunoh qonlar to‘kilgay. Nahotki siz tog‘oyingizning zabun bo‘lishini istaysiz? Yana urush bo‘lishini, behuda qonlar to‘kilishini istasangiz, mayli, rozi bo‘lmang!
Hamida bonu Sind viloyatida Humoyunga qirq kungacha ro‘yxushlik bermay yurgan paytlarini esla­di-yu:
— O‘zimdan ham o‘tgan! — dedi. — O‘shanda ko‘nmasligim kerak edi. Ilkimni cho‘zsam, etagiga ham yetmasligini o‘shanda sezgan edim!
— Ammo hali hazratimning sizga mehrlari cheksiz...
— Mehrdan gapirmang! — deb Hamida tog‘a­sini jerkib tashladi. — Hammalaringiz birsiz! Bo­ring ayting, uylanaversinlar! Ammo ikkinchi me­ning yonimga kelmasinlar! Bas!
Humoyun o‘n yetti yoshli Badaxshon go‘zali Norchuchuk begimga uylanib, Kobulga qaytguncha Komron Sinddan o‘g‘rincha kelib shaharni oldi. Qamal dahshatlarida ikki yoshli qizalog‘i Jahon Sultondan ajralgan Hamida bonu keyin Humoyun xotinini ozod qilganda ham boshqalar qatori quvona olmadi. Chunki Humoyunning yonida yangi xotini Norchuchuk begim ham Kobulga kirib keldi, uni daryo bo‘yidagi Bog‘i Binafshaga joylashtirdilar. Bir yil o‘tmay Norchuchuk begim Humoyunga o‘g‘il tug‘ib berdi, otini Muhammad Hakim qo‘yishdi. Shuni eshitgan kuni Hamida bonu Akbarni bag‘riga bosib ko‘ziga yosh oldi:
— Bolajonim, xudo senga ham o‘gay ini berdi!
Akbar onasining bundan nega iztirob chekayotganini tushunmadi:
— Ini... yomonmi, ayajon? Men uni o‘ynatamen-ku.
— Sen o‘ynatadigan ining Qandahor yo‘lida o‘lmaganda hozir to‘rt yashar bo‘lur edi! Amaking Komron esingda bormi? Seni arkda to‘pning o‘qiga ro‘baro‘ qilgani yodingdami? O‘gaylik ana shunday bo‘lur, bolam!
O‘shanda Komron mirzo uni qanday shafqatsiz o‘limning tig‘iga to‘g‘rilab qo‘yganini bola hali ham onasi tushunganchalik fahmlagan emas, lekin baribir o‘sha damlar esiga tushsa, yaqindan ko‘rgan to‘plari­ning dahshat solib otilishi ko‘z oldiga keladi-yu, uni beixtiyor seskantirib yuboradi. Shu xotira ta’sirida bola Komron amakisini g‘ayrishuuriy bir tuyg‘u bilan yomon ko‘radi, uni uchratsa yotsirab, o‘zini olib qochadi...
...Satodan chiqayotgan mungli kuylar pastda shovullayotgan Kobul daryosining ovozini bosib ketguday bo‘lar va bog‘ yo‘lkalariga, gullagan behi va olmalar orasiga sekin taralar edi. Hamida bonu Humoyunni hali ham yaxshi ko‘rar, uni sog‘inib yashar, mana shu sog‘inch hozir ma’yus va yorug‘ kuyga aylanib satoni yangratardi.
Humoyun hukumat ishlari bilan band bo‘lganda o‘z davlatxonasiga yaqin bo‘lgan Bog‘i Dilkushoda tunab qoladi. Hamida bonu esa uni «yana Bog‘i Binafshaga, Norchuchuk begimning xobgohiga ketgan» deb iztirob chekadi. Kobulning Bog‘i Yo‘n­g‘ichqasida Humoyunning katta xotini Beka begim o‘z yaqinlari bilan turadi. Hajdan qaytgandan beri Hoji begim nomini olgan bu taqvodor ayol Humoyunning nazaridan qolgan, Hamidaning unga rashki kelmaydi. Ammo Humoyun endi o‘n sakkizga kirgan Norchu­chuk begimning oldida tunagan kunlari Hamida bonu O‘rta bog‘da tikanga ag‘anaganday qiynalib chiqadi.
Shu ichki azob ta’sirida u goho Humoyundan araz­laydi. Odatda, Humoyun O‘rta boqqa kelib tunaydigan bo‘lsa kunduz odam yuborib xabar qiladi. Bog‘da shunga yarasha tayyorgarlik ko‘riladi.
Bugun peshinda xuddi shunday xabar keldi. Hamida bonu Humoyunning diydoriga zor bo‘lsa ham, biroq uning o‘n kundan beri kelmaganiga, bu orada balki Norchuchuk begim xobgohida tunaganiga achchiq qilib, rad javobi berdi:
— Hazratim meni ma’zur tutsinlar. Tobim yo‘q. Xizmatlarida bo‘lolmagaymen. Binafsha bog‘iga bora­qolsinlar.
Haram bekasi ul-bul deb, uni achchig‘idan tushirmoqchi bo‘ldi, lekin bir so‘zli Hamida aytgan gapida turib oldi.
Hozir u Akbarga satoda chalib berayotgan mungli kuyda mana shu arazning dardi ham goh nola, goh girya shakliga kirib yangramoqda edi.
Kutilmaganda O‘rta boqqa kirib kelgan Humoyun xizmatkorlarni sarosimaga solib qo‘ydi. Ular ikkinchi oshiyonda sato chalayotgan Hamida bonuni chaqirib tushmoqchi bo‘ldilar. Lekin Humoyun ruxsat ber­madi:
— Bezovta qilmanglar, o‘zim chiqgaymen, — dedi va kuy ovozi kelayotgan tillakori boloxonoga sekin ko‘tarildi. Eshik ochiq qolgan edi. Humoyun qadamini sekin bosib bo‘sag‘aga kelganda ichkarida banoras ko‘rpacha ustida yuzma-yuz o‘ltirgan ona-bola unga yon tomondan ko‘rindi. Ular kuyga mahliyo bo‘lib, eshik oldida to‘xtagan Humoyunning sharpasini payqamadilar.
Hamidaning boshida havorang durra, ikki o‘rim uzun sochlarining uchi ko‘rpacha ustiga to‘shalib yotibdi. O‘ng qo‘lidagi kamon munojot kuyiga mo­nand nafis harakatlar qiladi. Chap qo‘lining barmoq­lari pardalarni mohirona bosadi. Endi yigirma ikki yoshga kirgan va husn-u jamoli yetilib, tengsiz bir go‘zalga aylangan Hamidaning yuzlarida Humoyun haligacha ko‘rmagan sog‘inch, qo‘msash, o‘ksinish mungi. Qarshisidagi Akbar goh onasining yuziga, goh uning qo‘llariga qaraydi, go‘zal kuy bolani sehrlaydi! Ammo onasining g‘amgin ko‘rinishi bolani ham beixtiyor ma’yuslantiradi.
Hamida shu mungli kuy bilan yuragini bo‘shatganday bo‘ldi. Munojotni chalib tugatgach, Akbarga:
— Endi bas-a? — dedi.
Shu payt Humoyun:
— Ijozat bering, begim, — dedi. — Betobligingizni eshitib ko‘rgani keldim...
Ona-bola o‘rinlaridan tez turib, odatdagiday Humoyunga ta’zim qildilar. Besh-olti kundan beri otasini ko‘rmagan Akbar unga qarab talpindi. Humoyun cho‘k tushib, bo‘yini o‘g‘li barobarli past qildi-da, unga quchoq ochdi. Akbar chopib borib, otasining bag‘riga otildi.
Achomlashganlaridan so‘ng Humoyun qaddini rostladi-da, ovoziga rasmiyroq tus berdi:
— Amirzoda, — dedi o‘g‘liga, — mavlono Aso­mid­din sizga xat-savod o‘rgatmoqchi bo‘lsa, rasm chizib o‘ltirar emishsiz.
Akbar besh yoshga yetar-yetmas muallimlar unga saboq bera boshlagan, arab alifbosining murakkab qoidalari bolani qiynar, u erkalik qilib, ko‘p darslardan qochib ketar va ko‘kaldoshlari bilan urush-urush o‘ynardi. Kobulning eng taniqli mudarrisi mavlono Asomiddin kamoli jiddiyat bilan unga harf o‘rgatar:
— Mana bu «mim», bu esa «nun», orasiga «yoy» qo‘yib yozsak, «men» bo‘lur, — desa Akbar bu harf­lardan qush yo boshqa biron jonvorning rasmini yasar, nuqtalarini ko‘zga, zabarlari*ni qoshga aylantirib yubo­rar edi. Hozir u otasiga rostini aytdi:
— Menga mudarris emas... anu... surat chizadigan... Qazvindan kelgan mulla amak... saboq bersa bas-da.
Humoyun Qazvin Nigorxonasida qilingan ahdga binoan, Behzodning shogirdlari Xo‘ja Abdusamad va Mirsaid Ali ikkovi uchun shoh Tahmaspga katta mablag‘ to‘lab, maxsus odamlar vositasida musavvirlarni Kobulga ko‘chirtirib keltirgan edi... Hozir Mirsaid Ali Humoyun kutubxonasining kitobdori qilib tayinlangan. Xo‘ja Abdusamad esa olti yashar Akbarga musavvirlikdan ilk saboqlar bermoqda edi.
— Amirzodamda tug‘ma bir iste’dod bor, — degan edi kecha Xo‘ja Abdusamad Humoyunga. — Ranglarni yaxshi his qilurlar. Mutanosiblik tuyg‘usi kuchli. Binolar-u daraxtlar rasmini yaxshiroq chizur­lar. Ehtimolki, musavvirlikdan ham ko‘ra me’morlikka ko‘proq salohiyat namoyon qilurlar. Ammo me’morlik iste’dodini kamolga yetkizish uchun ham xat-savodli bo‘lmoqlari, ko‘p kitoblar mutolaa qilmoqlari zarur.
Humoyun, hozir bu gaplarni Akbarning qulog‘iga yaxshilab quydi-da, minba’d xat-savodga zo‘r berish haqida undan so‘z oldi, so‘ng ko‘kaldoshlari oldiga qaytishga ruxsat berdi.
Hamida bonu Humoyunning kelishiga odatda­gidek tayyorgarlik ko‘rolmaganidan xijolat bo‘lib:
— ma’zur tuting, — dedi. — Kutmagan edik...
Uning tani sog‘ ekanini, faqat araz qilib «betobmen» deganini payqagan Humoyun bir oz tovushi olinib, o‘pkalab gapirdi:
— Diydor ham g‘animat, Hamida. Men qirqdan oshdim, yana shuncha umr ko‘rishim gumon. Ko‘pi ketib ozi qoldi.
— Ne qilay? Men yoshligimda so‘lib bormoqdamen! Tanim sog‘ bo‘lsa-da, ko‘nglim o‘ksik, ruhim pajmurda...
Hamidaning ko‘zlarida yosh g‘iltillaganini ko‘rgan Humoyun uning oldida hamon gunohkor ekanini eslab o‘ng‘aysizlandi:
— Osiy banda ekanmiz, bobolar an’anasi-yu davlat manfaatlariga bo‘ysunib qilgan gunohimni kechiring, Hamida bonu!
— O‘g‘il ko‘ribsiz, muborak bo‘lsin...
Humoyunning Norchuchuk begimdan ko‘rgan o‘g‘li Hamida bonuga quvonch emas, alam keltirganini uning ovozidan sezgan Humoyun:
— Shoyadki, bu o‘g‘il sizga ham farzandlik qil­sa,— dedi. — Hindol Dildor og‘achadan tug‘ilganda mening xudo rahmati onam uni mana shu bog‘da o‘z farzandidek tarbiya qilgan edi.
— Endi men ham shundoq qilmog‘im kerakmi?
— Yo‘q, nechun? Siz hali yoshsiz, yana qancha o‘g‘illar ko‘rmog‘ingiz mumkin. Men... sizga... tanadan kor‘a ruh oliyroq ekanini aytmoqchi edim. Bu besh kunlik o‘tkinchi dunyoda eng yuksak sadoqatning makoni ham ruhdir. O‘lsak qurtlarga yem bo‘laturgan tanamiz tirikligida bizni nafs-u tama balolariga giriftor qilur ekan. Mening yoshimda odam jismoniy yaqinlikdan ko‘ra ma’naviy yaqinlikning beqiyos darajada afzal bo‘lishini fahmlar ekan. Men inilar tashvishidan forig‘ bo‘ldim-u ruhimni bir yayratgim keldi. Shunda dilim sizga qarab talpindi... Sind bo‘ylari, Tar sahrosi, Qandahor-u Qazvin — shuncha yo‘llarni birga bosib o‘tdik, Hamida. Siz yonimda bo‘lmasangiz, o‘sha dahshatlarga men bardosh berolmas edim. Bunday betakror davr kishining hayotida faqat bir marta bo‘lg‘ay. Nahotki shunday muhabbatni unutib bo‘lsa? Faqat tanam yoki ko‘nglim emas, butun ruhim, bor ma’naviy olamim bu dunyoda sizdan yaqinroq, sizdan suyukliroq yor topgani yo‘q, Hamida, ishoning!..
Humoyunning bu gaplaridangina emas, ikkovi birga o‘tkazgan unutilmas kunlar xotirasidan ham dili xiyol yorishgan Hamida kulumsirab hazil qildi:
— Balki kelgusida suyukliroq yor yana uchrab qolar, hazratim?
— Suyukliroq deb, yana qayta o‘zingizni uchratsakchi?
— Koshki! — deb kuldi Hamida.
Shu bilan arazlar unutildi-yu, Hamida bonu Humoyunni ichki xonaga taklif qildi. Alohida did bilan yasatilgan bu tanobiy uyga avval sharbatchi oltin ko‘zachada gulob keltirdi. Keyin bovurchilar bor san’atlarini ishga solib ikki kishilik quyuq-quyuq ziyofat tayyorlashga kirishdi. Oftobachi ayol g‘usl­xonaga iliq suv olib o‘tdi. Ko‘p o‘tmay sozandalar ham paydo bo‘ldi, sho‘x, quvnoq kuylar yangray boshladi.
Butun bog‘ to‘yxonaga aylanganday serharakat, quvnoq tus oldi. Bu holat bog‘ yo‘lkalarida ko‘kal­doshlari bilan chopib yurgan Akbarga ham ta’sir qildi.
— «Yor-yor» o‘ynaymiz! — dedi u.
—Kelin yo‘q-ku.
Charchamanlar orasida besh yoshli Salima Sulton begim ko‘rindi. Uning otasi mirzo Nuriddin jangda halok bo‘lgan, onasi Gulrang begim bultur xasba*dan vafot etgan, shundan so‘ng uni Hamida bonu o‘z tarbiyasiga olgan edi. Salimaning murabbiyasi ichkarida ish bilan band. Akbar ikki ko‘kaldoshi bilan qizcha­ning oldiga keldi.
— Biz bilan o‘ynaysenmi? — so‘radi Akbar.
O‘g‘il bolalar ilgari uni ko‘pda o‘yinlariga qo‘shishmas edi.Bugun qanday bo‘lib birga o‘ynagani taklif qilganlaridan quvongan Salima old tishlari tushib, kemshik bo‘lib qolgan og‘zini qiya ochib kulumsiradi:
— Mayli. Ne o‘yin?
— Oq ro‘moling bormi? — so‘radi Akbar.
— Bor.
— Boshingga yopib chiq.
Salima o‘zidan yarim yosh katta bo‘lgan Akbar­ning qarshisida allanechuk yuvosh, itoatkor bo‘lib qolardi. Uning aytganini qilib, ichkaridan oq ro‘mol yopinib chiqdi. Shunda Akbar:
— Kelin-kuyov o‘ynaymiz, — yedi. — salima, sen kelin. Kuyov kim bo‘lsin? Adhammi?
Salima bosh chayqadi. Akbar Azizni ko‘rsatgan edi, qizcha yana bosh chayqadi. Shunda Aziz:
— Akbarmi? — deb so‘radi.
Salima ohunikiday chiroyli ko‘zlarini yerga qara­tib sukut saqladi. Bu uning rozi bo‘lgani edi.
Aziz behi gulining kichik bir shoxchasini sindirib, Akbarning bejirim sallachasiga jig‘a qilib qadadi. Kelin-kuyov yonma-yon yerga qarab bog‘ yo‘lkasidan kela boshlashdi. Ikki ko‘kaldosh ularning ikki yonida turib yor-yor aytishdi:


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish