Humoyun va akbar



Download 1,25 Mb.
bet22/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

Hajringni xayol qilmoq mushkul,
Sendin talabi visol qilmoq mushkul.
Holimni senga arz qilsam deydurmen,
Ammo menga arzi hol qilmoq mushkul.

Akbar Bayramxonning dastxatini tanirdi. she’rdagi rostgo‘ylik, haroratli qalbning dardi va shoir qala­mi­­­ning ta’sir kuchi uni o‘ziga rom qildi. Bayramxon yoshligida Gulrang begimga oshiq bo‘lib, yetisholmaganini Akbar ham bilardi. Salima onasiga juda o‘xsha­shini u ham eshitgan edi. O‘sha eski dard yangilanib otalig‘ini ne chog‘lik mushkul ahvolga solib qo‘yganini uning o‘zi she’riy satrlarda rostgo‘ylik bilan aytgani Akbarni lol qoldirdi. Chindan ham, xonboboning yoshgina Salimadan visol talab qilishi juda mushkul, arzihol qilishi bundan ham mushkul, uning hajrida kuyishi esa hammasidan mushkulroq. Ko‘ngil kishini ne ko‘ylarga solishini Akbar o‘sha kuni xonbobo yosh yigitlarday iymanib gaplashganda ham ko‘rgan edi-ku.


— Endi ne qilurmiz? — deb Akbar onasiga qaradi.
Shu qiyin asnoda Hamida begim Humoyunning ruhiga suyandi:
— Hazrat otangiz va’da bergan ekanlar... o‘zingiz eshitdingiz, bolam.
Salima begim yig‘lab gapirdi:
— Hazrat tog‘am tirik bo‘lganlarida menga rahm qilmasmidilar? Axir men ham hazrati Boburning nevarasi emasmenmi? Bobomiz o‘z qizlarini uch xotinli keksa beklarga berib, xor qilgan emas edilar-ku? Menga ham o‘zimga munosib yigit topilmagaymi?
she’r mashq qilib yurib dilidagini ravon aytishga o‘rgangan Salimaning bu gaplari Akbarni larzaga soldi. Unda ham birdan boburiylarga xos g‘urur, izzat-nafs uyg‘ondi.
— Biz hali shunchalik himoyasiz, notavon oila bo‘lib qoldikmi, onajon? Mening podsholigim qayoqda qoldi? Xonbobo tepamizga chiqib ketmoqda-ku! Uning katta o‘g‘li Mirzoxon hozir yigirma besh yoshda! o‘n to‘qqiz yoshli xotini Noziya bor! Yana Salimaga... Soqolini bo‘yab... axir bu...
Akbar bilan otalig‘ining orasi birdan darz ketganday bo‘ldi. Hamida begim buning oqibatidan qo‘rqdi.
— Bayramxon siz uchun ota o‘rnida-ya, Akbarjon! Zinhor unga qarshi gapirishga o‘rganmang! Ig‘vogarlar ko‘p, darrov yetkazgay!
Yetkazsa, yetkazsin! — dedi Akbar. — Qo‘rqib, xor bo‘lib yashagandan, mardona olishib, o‘lgan yaxshi!
Hamida begim talpinib Akbarning oldiga bordi-yu, uning yelkasidan quchdi:
— Bolajonim, botirlar avlodidansiz, sizning sherdil yigit bo‘lishingizga ishonchim komil! Faqat endi o‘n oltiga kirdingiz. Shoshilmang, bir-ikki yil kuch yig‘ing. Hech bo‘lmasa o‘n sakkizga kiring, davlatni o‘zingiz boshqaradigan bo‘ling. Biz buni sabr-bardosh bilan kutgaymiz!
Akbar Salimaga savol nazari bilan qaradi. Qiz ham kuta olarmikan? Lekin Salima ixtiyori o‘zida emasli­gini bilardi. Akbardan himoya so‘rash esa xatarli ekanini, yosh o‘spirin hozir Bayramxon bilan olishsa halok bo‘lib ketishi muqarrarligini Salima sezib turardi. U o‘zini yig‘idan zo‘rg‘a tutib:
— Amirzodam, onamiz haqlar, — dedi. — Men baxti qora qiz ekanmen, yetim o‘sdim. Endi meni deb bunday balo-qazoni bo‘yningizga olmang. Men ham taqdirimda borini ko‘rgaymen. Lekin to o‘lguncha sizga... Sizni qalbim to‘rida saqlagaymen! Xayr!
Salima yig‘laganicha xonadan chopib chiqib ketdi. Uning alamli so‘zlari va achchiq yig‘isi Akbarning qalbidagi qudratli bir tuyg‘uni junbushga keltirganday bo‘ldi. Bu tuyg‘u muhabbatmidi yoki faqat rahm-shafqatmi, hali uning o‘zi ham bilmaydi. Faqat tomog‘iga bir narsa tiqilib, ovozi bo‘g‘ilib gapirdi:
— Salimaga bunchalik jabr qilinsa, biz qandoq qarab turgaymiz, onajon? Men hozir borib otalig‘im bilan so‘zlashgaymen!
Bayramxon o‘tgan kuni Dehlidan Agraga jo‘nab ketgan edi. Buni biladigan Hamida begim:
— Shoh o‘g‘lim, siz bu mojaroga aralashmang, — dedi. — O‘spirinlar hal qiladigan ish emas bu! Bay­ramxon otangizni necha o‘limlardan olib qolgan, sizni ham yomon falokatlardan qutqargan. Yaxshilikni qaytarish oson emas, bu ham goho qurbon talab qilgay! Men o‘zim bir hisobini topgaymen... Odam­laringiz kutib turgandir. Yo‘ldan qolmang.
Hamida begim o‘g‘lidan biror kun ajragisi kelmasa ham, lekin shu ishkallik tufayli Akbarni tezroq Panjobga jo‘natishga intilardi.
— Ammo shayx Gadoyi kelsa rizolik bermang, shoshilmasinlar, — dedi Akbar. — Bir-ikki yil kutsinlar.
Hamida begim ikki-uch oy muhlat so‘raganda shunchalik ozorlangan Bayramxonning bir-ikki yil sabr qilishi imkondan xoli edi. Ayniqsa, yoshi o‘tib borayotgan odamlar bu nozik ishda har bir kunni g‘animat bilishidan begim xabardor edi. Lekin u Akbarni yupatish uchun:
— Xo‘p, xo‘p, siz xotirjam bo‘ling, bolam! — deb, o‘g‘lini kuzatib qo‘ydi. Yolg‘iz qolganda esa hamma baloga endi o‘zi balogardon bo‘lishini sezib, vujudini vahm bosdi.

_____________


* U m r i j o v i d o n — o‘lmas umr, mangu tirik hayot.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish