Humoyun va akbar



Download 1,25 Mb.
bet11/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

Q A L A N J A R
QASOSLI DUNYO

Xuddi o‘sha milodiy 1545-yilning qishida Sherxon Ganganing janubidagi Qalanjar qal’asiga hujum boshladi. Hazar dengizi bo‘yidan janubga qarab kelayotgan Humoyun bilan Qalanjar orasida minglab chaqi­rim masofa bor. Ammo Sherxonning atrof mamlakatlardan ma’lumot yuborib turgan xufiyalari Humo­yunning tarafdorlari ko‘payib borayotganini, shoh Tahmasp bergan o‘ng ikki ming askardan tashqari yana bir necha ming o‘zbek, turkman jangchilari uning qo‘shini safida kelayotganini xabar q ildilar.


Sherxonning bir yuz-u qirq ming oltig‘-u piyoda qo‘shini, besh ming jangovar fili bor. Lekin Qan­dahorga yaqin bo‘lgan Sind va Umarqutda Sherxonga bo‘ysunmasdan, Humoyunning qaytishiga ko‘z tikib turganlar ko‘p. Shimoli sharqdagi Kashmir viloyatida esa Humoyunning tog‘a avlodidan bo‘lmish Mirzo Haydar hukmronlik qilmoqda. Iloj topilsa u ham Humoyunga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin. Sherxon Qalanjar qal’asini egallasa, keyin Panjobga kelib, Kashmirdan Humoyun tomonga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan yordam qo‘lini butunlay kesadi. Ana undan keyin Sherxon bor kuchini to‘plab, Sind va Umarqutdagi dushmanlarining dodini beradi. U o‘zidan oldin hech bir podsho o‘tkazmagan katta harbiy va moliyaviy islohotlarni bekorga o‘tkazayotgani yo‘q.
Sherxon bu mamlakatni qiynab yurgan hind-musulmon diniy nizolariga chek qo‘ymoqchi, o‘zi­ning «Shershohi Odil» degan nomini oqlaydigan ulug‘ ishlar qilib, yangi sulolaga asos solmoqchi. Shuning uchun «g‘ayridin» degan tushunchalarga qarshi borib, davlat mahkamalariga ham, o‘z askarlari safiga ham ming-minglab hindlarni qabul qildi. Barcha shahar-u qishloqlarda hisob-kitob ishlarini tartibga soluvchi va amaldorlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatib, poraxo‘r­larning jazosini beruvchi markaziy mahkamaga hind rajputlari orasidan chiqqan tadbirkor Todar Malni boshliq qilib qo‘ydi.
Qalanjardagi rajputlar Kirat Sinx boshchiligida qal’ani mahkam bekitib, Sherxonga darvoza ochmaganlaridan so‘ng, u mana shu Todar Malni oraga qo‘yib, qo‘rg‘ondagilarni murosaga chaqirib ko‘rdi. Qarshilik qilish foydasiz ekanini, Sherxon Qalan­jardan zo‘rroq rajput qo‘rg‘onlarini zabt etganini Todar Mal qo‘rg‘on himoyachilariga kuyib-pishib tushuntirdi. Agar Qalanjar himoyachilari omon qo­lishni istasalar jangni to‘xtatib, Sherxon bilan sulh tuzsinlar. Shundan keyin Sherxon ularni avf-u etadi, mol-u jonlariga tegmaydi. Qalanjar rojalari va obro‘li rajputlariga Dehli atroflaridan yaxshi jogirlar beradi.
Ammo Qalanjar qal’asi juda mustahkam, unda ichadigan suv ham, zaxira ham yetarli edi. Sher­xonning avvalgi xiyla-yu nayranglaridan jabr ko‘rgan chitorlik, rayzinlik va bikanurlik rojalar Qalanjar hokimi Kirat Sinx atrofida jipslashgan edi.
Todar Mal Sherxonning xayrli ishlari ham ko‘pligini ayta boshlagan edi, Kirat Sinx uning so‘zini kesdi:
— Sherxon Rayzin qal’asida sulh tuzib, Puran Malni o‘ldirganiga ne deysan? Biz, rajputlar, mard, sodda odamlarmiz. Sherxon roja Mal Devaga o‘zini do‘st ko‘rsatib, xatlar yozgan edi, oxirida uni ne ko‘yga soldi?
Todar Mal bu savollarga javob topolmay tutilib qoldi. Sherxon Rajputana hokimi roja Mal Devaga qarshi qanday makr-u hiylalar ishlatgani uning ham esiga tusha boshladi.
Mal Deva mashhur sarkarda Rana Sangram Sinxning o‘g‘li edi. U Rajput viloyatlarini birlashtirib, Sherxonnikidan ham ulkanroq va kuchliroq qo‘shin to‘plagan edi. Joudhpurdan sharqdagi ilk to‘qnashuv­larda Sherxon bu zo‘r qo‘shinga bas kelolmay ikki oy yo‘lida to‘xtab qoldi. Ana shu oylar ichida u yov qo‘shini orasiga kirib olgan o‘z maxfiy odamlarini ishga soldi. Mal Devaning qattiqqo‘lligidan, hadikchiligidan norozi bo‘lib yurgan Bikanir, Nagor rojalari bor edi. Xufiyalar Sherxonga ularning nomlarini bilib berdilar. Sherxon xuddi Dehlidagi Amir Bahlulga yozgan maktubiga o‘xshatib, Mal Devaning qo‘l ostidagi sarkardalardan Biram Dev, Roa Kalyanlarning nomiga maxfiy xat yozib yuboradi. Bu xatda Sherxon Mal Devadan norozi bo‘lib yurgan boshqa uch-to‘rtta rajput sarkardalarining nomini ham iliq so‘zlar bilan tilga oladi. Bu rojalar Sherxonga hech qanday maktub yubormagan bo‘lsa­lar ham, Sherxon go‘yo ulardan yashirin maktub olgan-u, endi shunga javob berayotgan kishi bo‘lib yozadi:
«Mal Deva nechog‘liq zolim va qobiliyatsiz hukm­dor ekanligi maxfiy maktublaringizda keltirilgan tafsilotlardan bizga ayon bo‘ldi. Inshoollo, uning illatlari o‘zining boshiga yetkusidir. Bizga xayrixoh bo‘lgan boshqa rajput sarkardalarga ham qarorimizni ma’lum qiling. Biz zinhor din-u millat ayirmagaymiz. Sizlar bilan birgalikda ulug‘ Ashoka* davridagidek yagona va qudratli hind dalvatini barpo etmoqchimiz. Biz Mal Devani yuzma-yuz jangda ham yengishga qodirmiz. Ammo ortiqcha qon to‘kilmasligi uchun sizlar ko‘plashib Mal Devani tutib beringlar. Shun­dan so‘ng har biringiz bizning eng ulkan inoyatlari­mizga sazovor bo‘lursiz va tilagan viloyatingizga hokim etalajaksiz».
Sherxonning o‘z qo‘li bilan yozilgan va uning haqiqiy muhri bosilgan bu maktubni Mal Devaning maxsus odamlari josusning cho‘ntagidan topib olishadi. Biram Devning yaqin odami bo‘lgan bu «josus» aslida maktubning o‘z cho‘ntagiga qanday kirib qolganini mutlaqo bilmaydi. Sherxonning xufiyalari bu ishni xuddi Agradagi kabi ustalik bilan yashiriqcha qiladilar. Ammo xiyonatni ko‘p ko‘rib, hadikchi bo‘lib qolgan roja Mal Deva bechora «josus»ning «maktubni cho‘ntagimga kim solib ketganini bilmayman», degan gaplariga mutlaqo ishonmaydi. U Sherxon bilan bir necha marta xat yozishgan edi. O‘sha xatlarni hozirgisiga solishtirib ko‘rib, maktubni Sherxonning o‘zi yozganiga va haqiqiy muhrini bosganiga amin bo‘lgach, «josus»ning boshini kesdirdi. Sherxonning maktubida nomi ko‘rsatilgan «xoin» sarkardalarga qo‘shinning yarmidan ko‘pi itoat etadi. Agar Mal Deva ularni tuttiraman desa ichki urush boshlanib ketishi mumkin. Biroq Mal Deva Sherxon bilan til biriktirgan sarkardalar orasida qolsa xiyonatning qurboni bo‘lishi hech gap emas. Uning hadik­chiligi g‘olib keladi-yu, o‘ziga sodiq ellik ming odamni bir kechada qarorgohdan ko‘chiradi, Rajpu­tana yurtining poytaxti Jaudhpurni tashlab, Sivana degan joyga chekinadi. Shu tarzda bir-biriga ishonchini yo‘qotib parokanda bo‘lgan rajput sarkardalarini Sherxon bitta-bitta yengib, bartaraf qiladi. Ularning tirik qolganlari Qalanjarga kelib jon saqlaydilar.
— Endi u hodisalar takror bo‘lmagay, Shershohi odil hozir o‘z nomlariga munosib adolatli yo‘l tut­moq­chilar, sulh tuzaylik! — deb, Todal Mal Qalanjar hokimi Kirat Sinxdan qayta-qayta iltimos qildi. Ammo Kirat Sinx uni urishib tashladi:
— Sen bizni Sherxonga tutib bermoqchisan! Jo‘na bu yerdan! Haqiqiy rajput hiylai nayranglarning qurboni bo‘lgandan ko‘ra, qo‘lda qilich bilan jang maydonida halok bo‘lishni afzal ko‘rgay!
Todar Malning vositachiligidan natija chiqmagach, Sherxon qal’aning tagini kavlashni va devori ostiga borut qo‘yib portlatishni buyurdi.
O‘n minglab odamlar, ot-ulovlar, fillar Qalanjar qo‘rg‘oni atrofida oylar davomida tinimsiz ishlatildi, ularning oyoqlari ostida butalar, o‘t-o‘lanlar ezilib yo‘q bo‘ldi, yerlar titkilanib, shudgorga aylanib ketdi. Biroq qo‘rg‘on ulkan qoyatoshlar ustiga qurilgani uchun qilt etmay turaverdi. Uning devori tagidan lahim kavlashga ham iloj bo‘lmadi. Qo‘rg‘on ichida buloqlar bor, himoyachilar uchun suv yetarli. Tik qoyatosh ustidan o‘tgan baland devorlarga narvon ham qo‘yib bo‘lmaydi. Pastdan otilgan to‘p o‘qi yuqoriga chiqib borguncha kuchini yo‘qotadi-yu, metin devorlarni teshib o‘tolmaydi.
Shu tarzda qamal juda uzoqqa cho‘zildi. Hut oyidayoq boshlangan hind issiqlari hamalda muttasil ko‘tarilib borib, savrning o‘rtalarida chidab bo‘lmas darajaga yetdi. Yomg‘ir fasli oldidan qo‘zg‘aladigan to‘polon shamollar qo‘shinning oyog‘i ostida titkilanib yotgan suvsiz yonbag‘irlardan chang-to‘zon ko‘tara boshladi. Issiq va dim havoda qo‘rg‘on atrofidagi qoyatoshlar cho‘g‘day qizib ketdi. Yoshi oltmishdan oshgan Sherxon bu issiqdan va chang-to‘zondan bo‘g‘ilib, nafas olishi og‘irlasha boshladi.
Shu orada karvon bilan Qandahorga savdogar qiyo­fasida yuborilgan xufiya Sherxon uchun noxush xabarlar keltirdi. Humoyun qal’ani qirq kun qamal qilgandan so‘ng inisi Askariy ichkaridan chiqib, unga taslim bo‘libdi. Humoyun endi Kobulga ko‘z tikayotgan emish. Agar Komron ham shunday tez taslim bo‘lsa, Sherxonga shimoldan keladigan xavf ancha kuchayishi aniq. Sherxon Komronning yonida yuradigan ishonchli kishisi Said Xalilni esladi. Anchadan beri uni yo‘qlamagan edi. Ertasi kuni bitta ishonchli odamini nodir sovg‘alar bilan Kobulga, Said Xalil­ning oldiga yubordi. Yashirin maktubda Kom­ron­ning Humoyun bilan yarashishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslikni topshirdi, buning uchun qanday ko‘mak zarur bo‘lsa yuborib turishni va’da qildi.
Sherxonning hozirgi zo‘r istagi — Qalanjar qamalini tezroq tugatish edi. Shunday qudratli qo‘shin bilan besh oydan beri bitta qal’ani ololmayotgani uning sarkardalik nomi uchun ham yaxshi emas. U o‘z qo‘shinidagi hindlar orasida obro‘li roja hisoblangan Brahmajit Gaurni ertalab xos chodiriga chaqirtirdi. Uni tikka turg‘izib qo‘yib koyishga tushdi:
— Siz nuqul rajputlaringizni maqtar edingiz, «yaxshilikni biladigan tanti elmiz», der edingiz, qani o‘sha tantilik?
Yuzlari oftobda ko‘mirday qorayib ketgan, kalta soqoliga, qoshi va mo‘yloviga chang o‘tirib, kulrang tusga kirgan qirq besh yashar Brahmajit Gaur ta’zimga bosh egdi:
— Mening rajputlarimdan ne gunoh o‘tgan bo‘lsa ayting, olampanoh, darhol jazosini berurmen!
Ammo Sherxon dilida to‘planib qolgan gina-quduratni to‘kishda davom etdi:
— Men rajputlarni o‘zimga teng ko‘rib qo‘shinimga oldim, mahkamalarda hind tilini joriy etdim! Shu mamlakat obod bo‘lsin deb mingdan ortiq rabotlar, karvonsaroylar qurdim. Rajputlarga hurmat bildirib, hatto Dehlida qurdirgan masjidimning peshtoqiga hindlar muqaddas gul hisoblaydigan nilufarning marmar naqshini ishlattirdim!
— Bu hammasi rost, olampanoh! Siz hindlarga nisbatan hali hech bir musulmon hukmdori qilmagan nek ishlarni qilmoqdasiz!
— Nega bo‘lmasa sizning ko‘rnamak yurtdoshlaringiz mana bu qal’ada turib meni shuncha vaqtdan beri behurmat qilmoqda? O‘sha biz taxtdan ag‘dargan Humoyun ham Qalanjarni bundan o‘n to‘rt yil avval qamal qilgani yodimda bor. Sizning yurtdoshlaringiz Humoyunga bir oy ham qarshilik ko‘rsatmay taslim bo‘lgan edi. Nega biz kelganda rajputlaringiz besh oydan beri darvoza ochmay jinnilik qilmoqda?!
— Johillik oqibati, bu haqiqatni tushunmaslik, ko‘rlik!..
— Unday bo‘lsa, nega siz bizdan vakil bo‘lib borib, yurtdoshlaringizning ko‘zini ochmaysiz? Ularga men yomonlik qilmoqchi emasman, nahotki o‘z tilingizda rajputlaringizga shuni tushuntirib aytolmaysiz?
— Bajonidil ayturmen, olampanoh! Siz ularga afvi umumiy bergaymisiz?
— E afvi umumiydan tashqari, Ajmirmi, Banorasmi, istagan viloyatlarini beray! Mana, tepamizda Xudo turibdir! Hind ma’budlarini ham o‘rtaga qo‘yib ont iching, ishontiring, men bilan sulh tuzib, qal’ani topshirsalar, hammasining mol-u joni omon qolur, ko‘ngillari tilagan murodlariga yeturlar!
Bu gal Sherxon astoydil so‘zining ustidan chiqmoqchi edi. Bunga ishongan Brahmajit Gaur elchilarning oq bayrog‘ini ko‘tarib qal’aga qarab ketdi. Qal’adagilar uni ertalabdan peshingacha ichkariga kiritmay ovora qildilar. Buni eshitgan Sherxon o‘z askarlarini darvozadan mumkin qadar uzoqqa olib ketishni buyurdi.
Jazirama issiqda tog‘ning toshlari olov purkaydi. Sherxon o‘zi uchun qilingan maxsus soyabon tagida peshin namozini o‘qiguncha nafasi qaytib, terga botib ketdi. Shunday bo‘lsa ham, joynamoz ustida cho‘kka tushib: «E parvardigor! — deb iltijo qildi. — O‘zing ku­shoyishi korimni bergaysen! Qal’adagilar murosaga kel­sa birontasining burnini qonatmaslikka sening ol­ding­da so‘z berdim, endi o‘zing mushkulimni oson qil!».
Qal’a darvozasi yaqinida Brahmajitdan boshqa bi­ronta odam, bironta xavf qolmagach, mustahkam po‘­lat darvozani qiya ochib, uni ichkariga kirgizdi­lar-u yana darhol yopib, tanbalab oldilar. Brahmajit qal’a ichidagi ahvolni va uning ba’zi sirlarini ko‘rib-bilib olmasin uchun, elchining ko‘zini bog‘lab, qo‘lidan yetaklagancha Qalanjar himoyachilarining rahbari Kirat Sinxning oldiga boshlab bordilar. Ko‘ziga bog‘langan oq latta olingach, Brahmajit besh oy qamal azobidan ozib-to‘zib ketgan, lekin ko‘zlari g‘azab va qat’iyat bilan chaqnayotgan roja Kirat Sinxni va uning atrofidagi ellik-oltmishta qasoskorlarni ko‘rdi.
— Aziz yurtdoshlar, men bir rajput sifatida sizlarning botirliklaringizga, metin irodangizga qoyilman! — deb hayajon bilan so‘z boshladi Brahmajit Gaur. — Ulug‘ Shiva oldida qasam ichib aytamanki, hali hech qaysi rajput qal’asi o‘zidan yuz barobar ulkan yov bilan bunchalik uzoq, bunchalik dadil olishgan emas. Faqat men emas, Shershoh hazratlari ham sizlarning jasoratlaringizga tan bermoqda. Meni yuborishdan maqsadlari ham — sizlarga qoyil bo‘lib, afvi umumiy bermoqchi ekanliklarini aytishdir!
Brahmajit Gaur Sherxonning yaxshi niyat bilan qilayotgan qurilishlari, islohotlari va boshqa nek ishlarini aytayotganda Kirat Sinx sabrsizlanib uning so‘zini bo‘ldi:
— Sen uni oppoq ko‘rsatib maqtayvermasdan, va’dasini buzib qilgan makkorliklarini ham aytgin-da! Sherxonning Roxtas qal’asini Krishan Roydan qanday surbetlarcha tortib olgani esingda bormi? «Bechora ayollarimiz bilan bolalarimizga boshpana bering!» deb zaifona kiyimlarni kiyib borishgan. Ayolcha kiyingan bu erkaklarning olchoqligini Rayzin qal’asida behuda halok bo‘lgan rajputlarning tirik qolgan qarindoshlari unutolgaymi? Mana, oramizda Krishan Royning o‘g‘li turibdi, aytsin! Sherxonning va’dasiga ishonib bo‘lurmi?
Kirat Sinx qo‘li bilan ko‘rsatgan barvasta yigit:
— Yo‘q, maharoja, — dedi. — Sherxonning bironta va’dasiga ishonib bo‘lmagay. U faqat biz kabi rajputlarga emas, o‘z dinidagi musulmonlarga ham noinsoflik qilgani esimizdan chiqqani yo‘q. Ganga bo‘yida, Chausada humoyun bilan yarashib, hujum qilmaslik haqida tuzgan bitimini qanday buzgan edi, a, bir eslang!
— E, u harbiy hiyla edi-ku! Hindlarga hozir Humoyundan ko‘ra Shershoh ko‘proq yaxshilik qilmoqda!.. — deb e’tiroz qilda Brahmajit Gaur.
— Agar Shershohing bizga chindan yaxshilik qilmoqchi bo‘lsa, — dedi Kirat Sinx, — sen borib ayt, qamalni to‘xtatsin, qo‘shinini Qalanjardan olib ketsin. Bizni tinch qo‘ysa, keyin balki uning yaxshiligiga chindan ishonib, ittifoq tuzarmiz. Ammo hozir biz unga ishonmaymiz, darvoza ochib, yana biron makkorlik balosiga uchrashni istamaymiz! Agar qamalni davom etkazsa, biz ham oxirgi kishimiz qolguncha olishgaymiz. Yengilsak, ayollarimiz, qizlari­miz dushman qo‘liga tirik tushmasligi uchun o‘zlarini o‘zlari javhar qilib o‘ldirishga so‘z berganlar. Bizning Sherxonga uzil-kesil javobimiz ana shu!
Brahmajit Gaur tarvuzi qo‘ltig‘idan tushganday bo‘­shashib Sherxonning huzuriga qaytib keldi-yu, bo‘lgan gaplarni batafsil aytib berdi. Shuncha katta janglarni g‘alaba bilan tugatgan Sherxon endi Qalan­jarda qayoqdagi Kirat Sinxdan yengilib orqaga che­kinishi — uning uchun xayolga keltirib bo‘lmaydigan bir alahsirashdek eshitildi. Qal’adagilarning javoblari uning g‘azabini keltirdi. Endi bu la’nati qo‘rg‘onni yer bilan yakson qilgisi keldi-yu, o‘ttiz ming odamni issiq jazirama ostida ayamay ishlatib, qal’aga yaqin bora oladigan baland va mustahkam murchallar* yasattirdi. Bu orada Agra va Dehliga yuborilgan maxsus odamlar mamlakatda bor eng zo‘r zambaraklarni ho‘kiz va fillar yordamida Qalanjar yoniga olib keldilar va o‘sha ko‘tarmalar ustiga chiqarib o‘rnatdilar. Zambarak­larning o‘qlarini yasaydigan ustalar yetarli edi. Sakkiz juft ho‘kiz qo‘shiladigan eng zo‘r zambaraklarning har bitta tosh o‘qi yigirma besh-o‘ttiz man* og‘irlikda. Bularni otish uchun juda ko‘p borut kerak. Tuyalarda ortib kelingan borut to‘la charm meshlar maxsus omborlarda taxlanib turardi. Atrofi taxta bilan o‘ralgan bu omborlarning ustiga o‘tovning kigizlari yopildi.
Sherxon qal’aning zaifroq ko‘ringan bir devori qarshisiga eng zo‘r zambaraklarni qator qilib o‘rnattirdi-yu, o‘qlarni ketma-ket bir nuqtaga urishni buyurdi. O‘zi zambaraklardan ancha narida — borut omborla­rining yonidagi tepalikda to‘pchilar boshlig‘iga ko‘rsatmalar berib, o‘qlar mo‘ljalga qanchalik aniq tegayotganini ko‘zatib turdi. Oftob tog‘ ortidan endi chiqib kelmoqda. Sherxon turgan joydan hali ertalabki soya ketgan emas, qal’aning o‘q borib tegayotgan devoriga quyosh tushib turibdi. Devorga urilib qayta­yotgan to‘p o‘qlari orqaga sapchib ketadi, ba’zilari yigirma-o‘ttiz gaz beriga kelib tushadi. Bundan xavotirlangan to‘pchilar boshlig‘i:
— Olampanoh, siz bu yerda turmang, bexatarroq bir joyga keting! — deb iltimos qildi.
— Sen menga aql o‘rgatmay o‘z ishingni qil! — deb o‘shqirdi Sherxon. — Tomchi bilan toshni teshadiganlar bor. Sen shunday to‘plarning o‘qi bilan bitta devorni tesholmaysanmi?
— Iloj qancha, olampanoh? To‘plarning quvurlari qizib, cho‘g‘ bo‘lib ketdi. Endi sal tanaffus qilib sovutilmasa qizigan quvur yorilib ketishi mumkin.
Bu orada oftob ham ko‘tarilib, jizillatib quydira boshladi. Savrning o‘rtalari*, bu yerda issiq eng avjiga chiqadigan payt. Sherxonning o‘zini ham ter bosa boshladi. Uning xos cho‘pdori orqaga o‘tib, uzun yog‘och uchiga o‘rnatilgan soyabonni Sherxonning boshiga soya beradigan qilib tutib turdi. Yuzini borutning qurumi qoraytirgan, faqat ko‘zining va tishining oqlarigina aniq ko‘rinadigan to‘pchiboshi Sherxondan yana koyish eshitdi:
— Devor endi teshilay deganda otishini to‘xtat­dingmi? Boshqa to‘plar qani? O‘ttizta zambarak keltirilgan emasmidi? Cho‘yan o‘qi bilan otiladigan eng katta zambaraklar nechun jim?
— Eng katta zambaraklar eskiroq. Ganga bo‘yida, Chausada Humoyundan o‘lja olingan o‘sha zambaraklar olti yildan beri otilgan emas.
— Men senga aytmabmidim? Vaqtida yog‘lab tur, yaxshilab asra demaganmidim?
— Yog‘lab, yaxshi asraganmiz, olampanoh! Mayli, agar buyursangiz endi o‘sha katta to‘plarni o‘qlaymiz!
— Darhol o‘qla! Ulardan besh-olti marta o‘q otgunlaringacha avvalgi to‘plar ham sovub qolar. Bu devor qulamaguncha hamma zambaraklarni ishlataver!
— Bosh ustiga, olampanoh!
Chausada o‘lja olingan zambaraklar chindan ham juda katta, har birini o‘n olti ho‘kiz toqqa zo‘rg‘a tor­tib chiqargan edi. Ularning borut orasiga joylangan cho‘yan o‘qini bir to‘pchi ko‘tarolmaydi. Zambarakni o‘qlash va otish uchun besh-olti kishi kerak bo‘ldi. Chetroqdagi tosh ko‘tarmaga o‘rnatilgan bu zambaraklar qal’a devorining mo‘ljalga olingan joyiga sal qiyaroq turibdi. Qiyalatib otilgan cho‘yan o‘qlardan bir qanchasi devorga urilib, orqaga qaytdi. Bu zambaraklar Sherxondan uzoqroq turgan bo‘lsa ham, ularning devorga urilib qaytayotgan o‘qlari qiyalab borib Sherxon turgan tepalikning etaklariga tusha boshladi. Buni ko‘rgan Sherxonning yuragi bir seskandi. Bu qal’aning devorida jon bormi, o‘qlarni qaytarib otyapti?! Yo ichkaridagi rajputlarning metin irodasi bu devorga o‘tganmi? Sherxonning xayoliga shu gap kelganda katta cho‘yan o‘q qal’aning tepasidan bir gazcha joyini o‘pirib, naryoqqa qulatib o‘tdi. Bundan quvongan Sherxon xavf-xatarni yana unutdi-yu, navbatdagi o‘qning otilishini kutdi.
Navbatdagi o‘qqa borut ikki barovar ko‘p solingan edi. Uning cho‘yan o‘qi ikki barobar katta zarb bilan qal’aning tosh devoriga urildi, uni teshib o‘tolmagach, orqaga qiyalab qaytdi va zing‘illab uchganicha Sherxondan sal naridagi borut omborining ustiga tushdi.
Zambarak quvuridan cho‘g‘ bo‘lib yonib chiqqan cho‘yan o‘q ombor ustiga yopilgan kigizni ham, charm meshni ham tutatib, teshib o‘tdi-yu, jazirama issiqda qizib turgan quruq borutning o‘zini portlatib, yondirib yubordi. Butun bir borut omborining dahshat solib portlashidan ko‘tarilagn havo to‘lqini o‘ng qadamcha joyda turgan Sherxonga toshday qattiq urildi va uni tepalikdan pastka itqitib yubordi. Juda qattiq yiqilgan Sherxon hushidan ketdi. Portlash paytida yonib ketgan yog‘och, kigiz va charm parchalari uning ustiga alanga bo‘lib yog‘ilib tusha boshladi. Sherxon kiyimlariga ilashgan olovning achchiq og‘rig‘idan xiyol hushiga kelib, ko‘zini ochdi. Olov uning qoshlarini va soqolini ham yamlab yeb kela boshladi. Sassiq tutunda nafas olib bo‘lmaydi. U qo‘li bilan yuzini olovdan to‘smoqchi bo‘ldi, shunda yenglari ham yonayotganini ko‘rdi-yu, so‘nggi najotni yerdagi tuproqdan izladi. Yerga ag‘anab, yuzini tuproq­qa bosganicha yana hushidan ketdi...
Sherxonning yon-veridagi qo‘riqchilari ham borut omborining portlashidan halok bo‘lgan edi. Uzoq­roqda bo‘lgan va sog‘ qolgan odamlar nima voqea bo‘lganini fahmlab, yordamga kelgunlaricha Sherxon kuyib, halok bo‘lgan edi...
Sherxon yoshi oltmishdan oshgach, tug‘ilgan yurti Sasaramda chiroyli ko‘l o‘rtasidagi orolga o‘zi uchun salobatli marmar maqbara qurdirgan edi. Uni o‘sha maqbaraga dafn etdilar. Ammo Qalanjar devoridan qaytgan o‘q faqat borut omborini emac, Sherxon merosxo‘rlarining o‘zaro inoqligini ham portlatib yuborganday bo‘ldi.
Sherxonning katta o‘g‘li Odilxon janglarda ishtirok etmagan bo‘lsa ham, Agrada o‘zini otasining o‘rniga shoh deb e’lon qildi. Biroq boshqa bir qancha amirlar Sherxonning o‘rtancha o‘g‘li Jalolxonni valiahd deb tan oldilar. Faqat Sherxonning eng mashhur lashkarboshilaridan Havasxon Sirhindda Jalolxonga qarshi isyon ko‘tardi. Panjob hokimi Haybatxon ham Jalolxonni tan olmadi. Jalolxon Islomshoh degan yangi nom bilan taxtga chiqdida, Havasxon va Haybatxon­larga qarshi urush boshladi.
Chunorda Sherxonning kuyovi Ahmadxon sur, Bangolada Ibrohim sur va yana boshqa-boshqalar yagona davlatni parchalab, o‘zlaricha mustaqil podsho bo‘lish harakatiga tushdilar.
Sherxon besh yil taxtda o‘ltirib, zo‘r shiddat va sur’at bilan tuzgan yangi davlat o‘zaro urushlarda, ichki nizolarda o‘shanday shiddat va sur’at bilan parchalanib keta boshladi.

_____________


* A sh o k a — Eramizdan oldingi III asrda o‘tgan va butun Hindiston yarim orolini birlashtirib, yagona davlatga aylantirgan podsho.
* J a v h a r — ayollarnnig o‘zlarini qilich tig‘iga tutib o‘ldirish odati.
* M u r ch a l — tosh, tuproq, yog‘ochlar yordamida yasaladigan sun’iy tepalik, ko‘tarma.
* O‘ t t i z m a n — yigirma to‘rt kilogramm.
* S a v r n i n g o‘ r t a s i — 7-, 8-mayga to‘g‘ri keladi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish