Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar
Miselial zamburug’lar boshqa mikroorganizmlarga nisbatan ko’proq miqdorda antibiotik moddalar hosil qiladilar (1200 atrofida). Bu antibiotiklar orasida eng katta qiziqish uyg’otadiganlari: penisillinlar, sefalosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va boshqalardir. Ulardan tibbiyot amaliyotida va qishloq xo’jaligida keng foydalaniladi.
Penicillin. Penisillinlarni Penicillium avlodiga kiruvchi zamburug’larning har xil turlari (P.chrysogenum, P.brevicompactum, P.nigricans va boshqalar) va Aspergillusning ba’zi turlari (Asp.flavus, Asp.flavipes, Asp.nidulans va boshqalar) sintez qiladilar. Asosan bu antibiotikni Penicillium chrysogenum zamburug’idan olinadi. Bu zamburug’ o’zining hayot faoliyatida mikroblarga qarshi ra’sir spektri, biologic faolligi, antibiotikning asosiy molekulasining zanjir tuzilishi bilan farqlanadigan, penisillin radikalining turli xil shakllarini sintez qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega bo’lgan zamburug’larning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.
Sefalosporinlar. Sefalosporinlar B-laktamli antibiotiklar guruhiga kiruvchi antibiotic bo’lib, u penisillinlarga o’xshab ketadi. Sefalosporin-C bu guruhning biribchi antibiotigi bo’lib, 1955-yilda Cephalosporium acemonium zamburug’idan ajratib olingan. Sefalosporinlar tuzilishining o’ziga xosligi ularning molekulasini B-laktamli va digidrotiazinli halqalardan tashkil topgan, bisiklik tizim ko’rinishda ekanligi bilan bog’liq. Sefalosporinlar ikki asosiy zanjirga ega bo’ladi: uglerodning yettinchi va uchinchi atomlari(C-7 va C-3). Bu birikmalar antibiotiklarning antibakterial faolligi o’ta darajada yuqori, ularning zaharliligini esa kam namoyon bo’lishiga xizmat qiladi. O’zining xususiyatlariga ko’ra penisillinga yaqin, lekin penisillinaza fermenti ta’siriga kam sezgirligi bilan harakterlanadi. Shunday xususiyatlari borligiga qaramasdan, tabiiy sefalosporinlardan tibbiyot amaliyotida foydalanimaydi. Hozirgi vaqtda sefalosporin-C ning kimyoviy modifikatsiya qilingan analoglarining ko’plari kimyoterapiyada keng miqyosda qo’llanilmoqda. Uning asosida minglab polisintetik sefalosporinlar olingan bo’lib, ularning orasidan eng yuqori samarador va amaliy ahamiyati qimmatli bo’lgan preparatlar sifatida sefalotin, sefaloridin, sefaloglisin, sefaleksin kabilar e’tirof etilgan. Sefalosporin-C ga yaqin bo’lgan sefamisin-C antibiotigini Str.clavuligereus aktinomiseti sintez qiladi. Sefamisin-C grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori biologik faollikka ega bo’lib, B-laktamazalar ta’siriga bardoshlidir. Bu antibiotik asosida yuqori samarali yarimsintetik sefoksin preparati sintez qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |