Hujayra va gen ingenerligi


Aksinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar



Download 23,72 Mb.
bet125/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Aksinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Bu antibiotik moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologic ta’sirga ega bo’lgan, bir necha guruhga kiruvchi birikmalardan iborat:
1-guruh. Aminoglikozidlar. Bu guruhga kiruvchi antibiotiklar molekulasida glikozid bog’I bo’ladi, ularga: streptomisin (Streptomyces gri-seus sintez qiladi), neomisinlar ( Str.kanamyceticus sintez qiladi), gentomisinlar (Micromonospora purpurea sintez qiladi), fortimisin (Micromonospora olivoasterospora), sporarisin (Saccharopoly spora hisuta subsp. Kobensis sintez qiladi), sannamisinlar (Str.sannanensis sintez qiladi) va boshqa bir qancha antibiotiklar kiradilar.
Kanamisin-Mycobacterium tuberculosislarga ta’siri bo’yicha streptomisinga nisbatan bir qadar faol bo’lib, tuberkulyozga qarshi antibiotic hisoblanadi. 1972-yil kanamisinning kimyoviy modifikatsiyalangan variant-amikasin olindi. Bu yarim sintetik antibiotik, kanamisin, gentamisin va boshqa bir qator aminoglikozidlarga rezistentli bo’lgan pathogen bakteriyalarning o’sishini to’xtatadi.
Fortimisinlar- dastlab 1976-yili Xirosima (Yaponiya) shahri tuproqlaridan ajratib olingan Micromonospora olivoasterospora kulturasidan ajratilgan bo’lib, ularning fortimisin A va fortimisin B deb atalgan shakllari tibbiyot amaliyotida grammanfiy patogen bakteriyalarning o’sishini to’xtatuvchi antibiotiklar sifatida ishlatiladilar.
2-guruh. Tetrasiklinlar-ushbu antibiotiklarga: Streptomyces aureofaciens hosil qiladigan-xlortetrasiklin; Str.rimosus kulturasi sintez qiladigan-oksitetrasiklin; Str.aureofaciensning ba’zi bir shtammlari sintez qiladigan-tetrasiklin kiradi. Tabiiy holda olinadigan tetrasiklinlarni kimyoviy modifikatsiya qilish orqali, antimikrob xususiyati o’zgartirilgan antibiotik preparatlar olish imkoniyati aniqlandi. Masalan, oksitetrasiklin molekulalarini modifikatsiya qilib, yangi antibiotiklar metasiklin (rondomisin) va doksisiklin tayyorlangan bo’lsa, 6-metitet-rasiklinning molekulasini o’zgartirish natijasida esa minosiklin olingan. Mikrobiologik va biokimyoviy sintez birlashmasi natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklin chidamli bo’lgan bir qancha mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan.
3-guruh. Aktinomisinlar-bu antibiotiklar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh bo’lib, kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan 20 dan ortiqroq moddalardir. Ulardan Streptomyces antibioticus, Str.chrysomallus, Str.flavus kabi aktinomisetlar sintez qiladilar. Aktinomisetlar kimyoviy tuzilishi bo’yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo’lgan fenoksazin zromofor guruhi va ikkita polipeptiddan tashkil topgandir. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo’qolishiga olib keladi. Aktinomisinlarning xilma-xilligi polipeptidlar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarni xilma-xilligiga bog’liq. Bu guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati shundaki ayrim aktinomisinlar rak hosil qiluvchi hujayralar rivojini to’xtatish qobiliyatiga egadirlar.
4-guruh. Makrolidlar-bir qancha sonli birikmalarni birlashtiradilar, bular ichida eng muhimlari eritromisin, megnamisin, oleandomisin va boshqalar. Biologik ta’siri bo’yicha makrolidlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: grammusbat bakteriyalarning taraqqiyotini to’xtatuvchi antibiotiklar va zamburug’larga qarshi faollikka ega bo’lgan, ammo bakteriyalarga kam ta’sir qiladigan antibiotiklar.
Birinchi guruhga: Str.erythreus hosil qiladigan eritromisin, oleandomisin (Str.antibioticus sintezlaydigan), Str.halstedii kulturasidan ajratilgan magnomisin va boshqalar kiradilar;
Ikkinchi guruhga: Str.filipensis sintezlaydigan filipin, Str.notalensis dan olingan pimorisin va boshqalar kiradi. Antibiotik-makrolidlar penisillin, tetrasiklin va streptomisinga chidamli bakteriyalarning o’sishini to’xtatadi.
5-guruh. Anzamisinlar-bu guruhga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o’simliklar sintez qiladilar. Bu guruhga kiruvchi birikmalar aromatic yadroga va u bilan bog’langan makrosiklik alifatik bog’ga ega, anza-bog’ deb aytiladi (anda-lotincha qalam degani). Shuni aytib o’tish kerakki, anzamisinlarning makrolitik antibiotiklardan farqi, ularning lakton bog’iga ega emasligidir. Anzamisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga kuchliroq biologik ta’sir ko’rsatadilar. Ma’lum, tabiiy, anizomisinlardan quyidagilarni keltirish mumkin: streptovarisinlar (Str.spectabilis kulturasi hosil qiladi); rafomisinlar (Nocardia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari hosil qiladi); tolipomisinlar (Str.tolyphophorus sintezlaydi); galamisinlar (Micromonospora halophytica sintez qiladi); maytanzinoidlar (Nocordia va ayrim o’simliklar turlari sintez qiladi; Mautenis, Colubrina); naftomisin Str.collinus sintezlaydi; geldanamisin (Str.hygroscopicus hayot faoliyatidagi mahsulot) va boshqalar. Eng katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan antibiotiklar-anzamisin, rifampisinlardir. Bular juda katta guruhni tashkil qiladigan (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar orasida rafamisin SV (rifosin); rifampisin va rifamid kabi keng spektrli ta’sirga ega antibiotiklar bor bo’lib, ulardan tibbiyot amaliyotida keng qo’llanilib kelinmoqda.
Rifampisin klinikada tuberkulyozga qarshi qimmatli preparat sifatida qo’llaniladi. Bu antibiotic bakteriya DNK siga bog’liq bo’lgan, RNK-polimerazani sintezini to’xtatadi.
Novobiosin. Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklardan muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan novobiosinni albatta aytib o’tish lozim bo’ladi. Bu antibiotik Streptomyces spheroids kulturasidan iborat. U grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarning o’sishini to’xtatadi. Antibiotiklarning muhim xususiyati bu penisillinga, streptomisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni o’ldirishidir. Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, flegmon, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish