Hujayra va gen ingenerligi



Download 23,72 Mb.
bet121/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

B12 vitaminini olish va uni qo’llash
B12 vitaminining dubyo bo’yicha bir yilda ishlab chiqarilish hajmi 9-12 ming kg ni tashkil qiladi. Undan 6500 kgi tibbiyot maqsadlari uchun foydalaniladi, qolgan qismi esa chorvachilikda qo’llaniladi. Vitamin B12 ishlab chiqarish asosan propion kislotali bakteriyalarni o’stirishga asoslangan (Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Vengriyada). Rossiya va Vengriyada mezofil va termofil metonogen bakteriyalardan ham foydalaniladi. Italiyada aktinomisetlar va shunga yaqin bakteriyalar asosida vitamin B12 olinadi.
Vitamin B12 ni olish uchun bakteriya anaerob muhitda, makkajo’xori ekstrakti solingan glukoza, kobalt tuzi, ammoniy sulfatli aralashmada o’stiriladi. Bijg’ish jarayonida hosil bo’lgan kislota ishqor eritmasi bilan neytrallashtiriladi, 72 soatdan keyin muhitga vitamin tarkibiga kiruvchi oraliq modda-5.6-DMB (5.6-dimetilbenzimidazol) solinadi.
Fermentatsiya 72 soatdan keyin tamomlanadi. Vitamin B12 bakteriya hujayrasida to’planadi. Shuning uchun bijg’itish tamom bo’lgandan keyin separatsiya qilinadi, undan vitamin, pH 4.5-5.0 gacha nordonlashtirilgan suv bilan, 85-900C da 60 min, stabilizator sifatida 0.25% li NaNO2 solingan eritma bilan ekstraksiya qilinadi.
Vitamin B12 ning suvdagi eritmasi sovutiladi, pH ni 5.0% li NaOH eritmasi bilan 6.8-7.0 gacha olib boriladi. Eritmaga oqsilni kaogulyatsiya qilish uchun Al(SO4)3 x18H2O va suvsiz FeCl3 qo’shiladi songra zich-filtr orqali filtrlanadi. Eritmani tozalash ion almashuvchi smolali SG-1 da olib boriladi, undan kobolaminning ammiak eritmasi bilan elyutsiya qilinadi. Keyin vitaminning suvdagi eritmasida organik eritmalar bilan qo’shimcha tozalash ishlari olib boriladi, parlantiriladi va kolonkada Al2O3 bilan tozalanadi. Ammoniy oksididan kobolamin suvli aseton bilan elyutsiya qilinadi.
Vitaminning suv-aseton eritmasiga aseton qo’shiladi va 3-4oC, 24-48 soat ushlab turiladi. Cho’kmaga tushgan vitamin kristali filtrlanadi, toza aseton va tibbiyotda ishlatiladigan efir bilan yuviladi so’ngra vacuum-eksikatorda P2O5 ustida quritiladi. Ko-B12ni parchalanib ketmasligi uchun hamma jarayonlar kuchli qorong’i qilingan xonalarda yoki qizil nurli yorug’likda olib boriladi. Shunday qilib, faqatgina CN-kobolamin oksidi aralashmasini olish mumkingina bo’lib qolmasdan, yuqori terapevtik samaraga ega bo’lgan vitaminning koferment ko’rinishini ham olish mumkin.
Rossiyaning mikrobiologiya sanoati kobalaminlarning turli xil ko’rinishdagi davolash preparatlarini ishlab chiqaradi: ampulada (CN-B12 sterilizatsiya qilingan eritmasi bilan, 0.9% li NaCl eritmasi aralashmasi), tabletkada (CN-B12 foliyevoy kislota bilan aralashmasi), (mukovit), tarkibida CN-B12 mukoproteid shaklida tayyorlanib, dorixonalarda sotiladi.
Ampulada sotiladigan: kompolon, antianemin va gepovit kabi davolash preparatlarining-tarkibiga katta shoxli mollar jigarining suvdagi ekstrakti qo’shilgan. Rossiyada sanoat miqyosida vitamin B12 ni propion kislotali bakteriyalardan olish yo’lga qo’yilgan va u tibbiyot talabini to’laligicha qondiradi. Sut achituvchi mahsulotlarni vitamin B12 bilan boyitish maqsadida, toza holdagi propion kislotali bakteriyalar hamda sut zardobidan tayyorlangan konsentrat ko’rinishda foydalaniladi.
Chorvachilik amaliyotida ishlatish uchun vitamin B12 ni termofil metan hosil qiluvchi bakteriya bilan aralashgan kulturalardan foydalaniladi. Korrinoidlar hosil bo’lishi faqat aralashgan kulturada emas, balki metan hosil qiluvchi bakteriyalarning toza kulturasidayam aniqlangan. Metan hosil qiluvchi bakteriyalarda korrinoidlarning miqdori quruq biomassada 1.0-6.5 mg gacha to’planadi.
Metan hosil qiluvchi bakteriyalarning aralash kulturasi yordamida ozuqa preparati B12 vitamini (KMB-12) olish usuli ishlab chiqilgan.
B12 –vitamini ozuqa konsentrati ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

  • Aseton-butilli bardalarni bijg’itish;

  • Metanli brajkani bijg’itish;

  • Brajkani quyultirish;

  • Quyultirilgan brajkani quritish;

  • KMB-12 preparatini joylash va qadoqlash.

Metanli bijg’ish uchun substrat sifatida aseton butilli va spirtli barda xizmat qiladi. KMB-12 vitamin B12 (100 mg/kg preparatda) quruq konsentrati tarkibida boshqa bir qancha o’sishni tezlashtiruvchu moddalar ham bor. Ayniqsa, vitamin B12 antibiotiklar, aynan biomitsinning, kichik miqdori bilan birgalikda ishlatilganda chorvachilikda yaxshi natijalar beradi.
Amerikada cho’chqa va parrandalar uchun maxsus ishlab chiqarilayotgan omuxta ozuqalarning hammasi vitamin B12 bilan boyitiladi.
Vitaminlar guruhiga mikroorganizmlar orqali sanoatda olinadigan riboflavinni (vitamin B2), ergosterinni (yog’da eriydigan vitamin D2 olish uchun asosiy mahsulot hisoblanadi), korotinoidlarni va boshqalarni kiritish ham mumkin.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish