Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”



Download 2,12 Mb.
bet6/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

Ish tuzilmasining tavsifi: magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish, uchta bob, 8 ta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. Magistrlik dissertatsiyasi ishning xajmi, 84-betdan iborat.
Tadqiqotning birinchi bobida, mamlakatimizda ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirishda islohotlarning o’rni va ahamiyati. Ikkinchi bobida, ta’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashtirish va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarning xususiyatlari.
Uchinchi bobda, ta’lim xizmatlari muassasalarining hududiy rivojlantirish va samaradorligini takomillashtirish deb nomlangan.
I BOB. MAMLAKATIMIZDA TA’LIM XIZMATI MUASSASALARINING RIVOJLANTIRISHDA ISLOHOTLARNING O’RNI VA AHAMIYATI
1.1. Ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora - tadbirlar
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi.
Mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va qator chora-tadbirlar ko’rishni: yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etgan.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi“Ta’lim to’g’risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentabr kuni qabul qilingan bo’lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo’yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog’idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.Qonunda tamoyillari,ta’lim turlari belgilab qo’yilgan bo’lib unda “Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim”3 deb belgilangan.
Shuningdek, Qonunga ko’ra, davlat oliy ta’lim, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o’rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo’ldi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo’ldi.
Qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bo’lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to’g’risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
O’zbekistonda qabul qilingan yangi mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog’chalari hamda «bolalar bog’chasi-maktab» majmuyi tarmog’i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografik, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o’quv yurtlari tarmog’i rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda «Sog’lom avlod uchun», «Ma’naviyat va ma’rifat», «Iqtisodiy ta’lim», «Qishloq maktabi»,
«Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash» va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga chiqarilmoqda.
Respublika umumta’lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy ma’lumotlidir. Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazish kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so’m subsidiya berish hisobidan qo’shimcha ravishda 2 mingta nodavlat bog’cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi. Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YUNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli ham yo’lga qo’yiladi. Ikkinchidan, maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettiriladi. Kelgusi yili 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion so’m ajratiladi. Sohada yagona “elektron ta’lim” tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard so’m yo’naltiriladi.
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang’ich kasb-hunar ta’limi o’quv yurtlarida qariyb 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.Respublikada jami 197 ming kishi ta’lim olayotgan 258 o’rta kasb-hunar ta’limi o’quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.
O’zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan hududiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv yurtlarining tarmog’i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abuturentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etilmoqda.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’lum qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.Hususan, O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda.
Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o’smir va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va satjirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi.
Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori bo’lishi shart. Buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o’qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to’lanadi. Shuningdek, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag’batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratiladi. Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to’g’ri yo’naltirishga qaratilgan uzluksiz tizim yaratiladi. Kelgusi yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o’z faoliyatini boshlaydi. Iqtidorli o’g’il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va bilimlarni chuqur o’zlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etiladi.
Oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo’g’inlari o’rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o’quv yurtlari tasarrufiga o’tkaziladi. Shuningdek, 187 ta texnikum ham o’z yo’nalishi bo’yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktiriladi. Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlikni yanada kengaytirishimiz zarur.
«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq»4.
Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Har bir davlat o‘z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar va jamiyat maqsadlariga mos qadriyatlarni qaror toptirishga harakat qiladi. Shunday ekan, yosh avlodni tarbiyalashdek dolzarb muammolar tizimini tahlil etib tarmoqni yanada takomillashtirish va islohotlarni izchil amalga oshirish hamda istiqbolda ham rivojlanishi zarur ekanligini ilmiy jihatdan tahlil etib o‘rganildi va natijada shunday xulosalar qilindi ya’ni :
- hukumatimiz tomonidan tarmoqni rivojlantirish maqsadida qabul qilgan farmon va Qarorlarni, Davlat dasturlarini o‘z o‘rnida amalga oshirish;
- milliy ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilish;
- o‘rta ta’lim maktablar tizimi sinflarida o‘qiydigan o‘quvchi sonini me’yordan oshirmaslik;
- iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish fondlarini tashkillash;
- boshlang‘ich sinflarda til o‘rganishlari uchun qo‘shimcha soatlar ajratish;
- jahondagi eng yaxshi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini filiallarini ochish;
- o‘qitishda yangi yangi pedagogik texnologiya uslublarini yaratish va keng qo‘llash;
- jahon talablari va andozalariga mos mutahasislar tayyorlash;
- o‘qitishni barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirishga yanada e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohalarida xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida, xalq ta’limi xodimlarini mehnatiga xaq to’lashni takomillashtirilgan tizimi joriy qilindi. Bunda ushbu sohalar xodimlarining kasb malakasi va bajaradigan ishining sifati mehnat haqqini belgilashda asosiy mezon bo‘ldi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasidagi jarayonlarni tashklil etish va boshqarishning innovatsion usullarini bilish, balki ularni yaratishi zarurligi ko‘zga tashlanmoqda.
Yurtimizda umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb hunar va oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda chuqur bilim va puxta kasb hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirildi.
Har bir sohadagi kabi ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy‑huquqiy asoslari bir qator hujjatlarda belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning kafolatlarini o‘zida aks ettiradi. Uning 41-moddasida: ”Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.” deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, konstitutsiyaning 45, 66, 117 moddalarida xalqni xohish-irodasidan kelib chiqib milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda, yoshlar ongiga singdirishning huquqiy asoslarini ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi.
Namangan viloyatida ham hududlarning demografik sharoitidan kelib chiqqan holda ta’lim xizmati muassasalarini holatini yaxshilash, tashkil etish bo‘yich qator islohotlar amalga oshirilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risidagi” yangi qonunda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada Namangan viloyati ta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlariga yo‘naltirilgan tashkiliy hududiy ishlar katta ahamiyat kasb etadi.Hukumat tomonidan qabul qilingan Qonunlar, farmon va qarorlr me’yoriy-huquqiy xujjatlar asosida Namangan viloyati ham ta’lim muassasalarini joylashishi va rivojlantirishda muhim ishlarni amalga oshirilishi jadal suratlarda olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev PF-6108-son 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish” chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonlarini o’rganishda ushbu taqqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Xulosa o’rnida, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o’zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko’lamda davom ettirish davr talabidir.


Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish