Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”



Download 2,12 Mb.
bet7/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

1. 2. Mamlakatimizda zamonaviy talim tizimining tarkibiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari
Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar.
Ta’lim jamiyat rivoji uchun beqiyos darajada muhim, ahamiyatli soha hisoblanadi. Shu o‘rinda ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta’kidlash mumkin.
Haqiqatan ham, jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. Chunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ta’lim tizimida hamon tizimli muammolar borligi, maktablarning moddiy-texnik bazasi, ayrim pedagog xodimlarning bilim va malakasi bugungi zamon talablari darajasida emas.
Hozirgi kunda maktablardagi kamchiliklarni tuzatish, ta’lim sifatini nazorat qilish uchun ota-onalar, keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligiga alohida e’tibor berilmoqda “Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak».
Ta’limni geografik jihatdan ikkita tarmoqqa ajratilsa, uning birinchisi ta’lim tizimi va to‘ri, ikkinchi tarmog‘ini esa hudud, makon tashkil qiladi. Sababi ta’lim tizimining, aynan, joylardagi vaziyati ko‘p jihatdan o‘sha hududlar tabiiy - iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bilan chambarchas bog‘iqligini inkor etib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizdagi ta’lim tizimining turlari ularning maqsadiga ko‘ra bir biridan farqini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

  • maktabgacha ta’lim tizimi bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi;

  • boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir;

  • umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning asosiy bazasini shakllantirib beradigan va inson kamolotining rivojlanish xususiyatlarini shakllantiradi;

  • o‘rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi insonni ma’lum bir kasb va hunar olish ehtiyojlarini qondirib, oliy ta’lim uchun zamin yataradi;

  • oliy ta’lim, ya’ni universitet, institut, akademiya va oliy maktablarning boshqa ta’lim muassasalariga yuqori malakali hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura, doktorantura) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Mazkur ta’lim tizimining qirralari mintaqalar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Shu boisdan, ta’lim geografiyasining mohiyati va mazmuni respublikamiz hamda ba’zi rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonidagi ahvol, davlatning bu boradagi olib borayotgan siyosati, asosiy yo‘nalishlari hamda hududiy tafovutlari doirasida o‘z aksini topadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, ta’limning sifatini yildan yilga oshirib borilmoqda hamda zamonaviy o’quv xonalarda darslar olib borilmoqda. Ta’lim-tarbiya islohoti va ularni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma - bosqich o‘tkazish tamoyili qo‘yilgan.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab, ta’limning sifatini yildan yilga oshirib borilmoqda hamda zamonaviy xonalarda darslar olib borilmoqda. Ta’lim-tarbiya islohoti va ularni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma - bosqich o‘tkazish tamoyili qo‘yilgan.
Xususan, maktablar 11 yillik tizimga qaytdi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tugatilib, faoliyati o‘zgartirildi. Oliy ta’limda esa qabul kvotalari soni oshirildi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki o‘qish turlari qaytadan joriy etildi va h. k.
Kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • barcha xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;

  • davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish;

  • ixtisosliklar, malaka darajasiga ko‘ra mutaxassislarga bo‘lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash;

  • ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;

  • o‘quvchi yoshlarni vatanga sadoqat, yuksak axloq, mana’viyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;

  • ta’lim muassasalarini, birinchi navbatda umumta’lim maktablarini davlat tomonidan moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan to‘liq ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish;

  • kadrlar tayyorlash tizimi iste’molchilari korxonalar, muassasalar, firmalar, hissadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa tuzilmalarning imkoniyatlaridan, birinchi navbatda, oliy o‘quv yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish;

  • kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasiga chet el sarmoyalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va jamg‘armalarining mablag‘larini jalb etish;

  • qonun doirasida o‘quv rejalari, dasturlari va o‘qitish yo‘riqlari, ta’limiy xizmatlarni belgilanganda ta’lim muassasalariga, birinchi navbatda, oliy o‘quv yurtlariga mustaqillik berish va o‘zini - o‘zi boshqarish usullarini joriy etish va boshqalar.

Mamlakatda ta’limni izga solish uchun, avvalo, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va tizimlashtirish lozim bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti - etti yoshgacha oila, bolalar bog‘chasi va mulkchilik ko‘rinishidan qat’iy nazar, boshqa xil ta’lim tashkilotlarida olib boriladi. Keyingi yillarda e’tibor kuchaytirilib, alohida vazirlik sifatida shakllantirildi. Xususiy bog‘chalar faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratilib, chet tillari va boshlang‘ich bilimlarni chuqur o‘rgatiladigan muassasaga aylantirilmoqda.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish