Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”



Download 2,12 Mb.
bet17/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

2.3. Ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish

O‘zbekiston hozirgi ta’lim muassasalari istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o‘zimizning mumtoz an’analari bilan boyitish xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish yangi samarali o‘quv muassasalarini yangi tiplarda jahon davlat standartlari darajasiga olib chiqish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimiga qo‘llay bilish maqsadga muvofiqdir.


Oliy o‘quv muassasalarini hududiy tashkil etish va rivojlantirish, oliy ta’lim standartlari me’yoriy o‘quv rejalari, modernizatsiya qilingan dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda, rivojlangan xorijiy tajribalar keng tadbiq etilmoqda.
Mamlakatimiz Prizedentining takidlashicha “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur”7 .
Bugungi kunda yurtimizda AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston, Singapur, Malayziya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda 22 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi va filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro huquq va munosabatlar, biznesni boshqarish, dasturlash va boshqa zamonaviy yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filialida hamda TEAM universiteti, Farg’ona shahrida Koreya xalqaro universiteti kabi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridir.
Shuningdek, yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari huzurida tayyorlov kurslari faoliyati yo’lga qo’yilib, qulay shartlar va qator imtiyozlar asosida abiturientlarni o’qishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda tayyorlov kurslari tashkil etilgan. O’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan va sertifikatni qo’lga kiritgan tinglovchilar qo’shma dasturga o’qishga to’g’ridan to’g’ri qabul qilinadi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan to‘rtta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi, umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, Yaponiya ta’lim tizimida «Oila» omiliga katta e’tibor berilgan bo‘lsa, Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tadbiq etib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib,
milliy hamda O‘zbekiston respublikasiga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimlari yaxlit ma’rifiy- tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’naviy ierarxiyasi (hukmronligi)ning uzviy mushtarakligidan tashkil topgan.
Magistrlik ishi muammolarini o‘rganishda xorijiy davlatlar ta’lim tizimini mazmuni va shakllarini ayrim rivojlangan mamlakatlar misolida ko‘rib chiqildi.
AQSh fuqarolari Konstitutsiyani, Amerika davlatchiligini asoslari va demokratik tamoyillarini muqaddas deb biladilar va bu tuyg‘uni yoshlar ongiga singdirish haqida tinimsiz qayg‘uradilar.
Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuyg‘usi shakllantiriladi. Har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa
qilishga emas, balki o‘z kuchiga tayanishga, kelajakka ishonch uyg‘otishga o‘rgatiladi, xuddi ana shu «Amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag‘batlantiradi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga shavq uyg‘otadi. AQSh ta’lim tizimidan-bolani o‘z kuchi imkoniyatiga ishonch ruxida tarbiyalash, talabani eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurashish, bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini, g‘ururini yerga urmaslik, o‘quvchilarning ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vatanga fahr va iftixor ruhiyatida tarbiyalashni kabilarni.
Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga bemalol tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olgan baholarining o‘rtacha miqdori talabani universitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. Amerika kollejlari ikki yillik va to‘rt yillik bo‘ladi. Ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog‘onasidagi eng birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar.
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari milliy ta’lim tizimimizning magistratura bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi.
O‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertatsiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga «falsafa doktori» ilmiy unvoni beriladi.
Sharqning eng ilg‘or mamlakatlaridan biri Yaponiyada ta’lim tizimining tarixi va tarkibi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va ta’lim-tarbiyaning eng samarali va ta’sirchan usulidan foydalaniladi unda tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Yaponiya ta’limidagi - bolani maktabgacha puxta tayyorlash, kichkintoylar ta’limi-tarbiyasiga ota-onamasuliyatini kuchaytirish, o‘quvchilarning, nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan e’tibor, o‘qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik, yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlardir. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «ahloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi.
Rasmiy hujjatlarda «ahloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi: 1)«xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim»; 2)«davlat uchun maqbul ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat»; 3) «fuqarolik ahloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida, bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini o‘taydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, aynan «ahloqiy tarbiya» tizimi Yaponiya mamlakati iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini tashkil etadi.
Yaponiya oliy ta’lim muassasalariga katta o‘rta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni tugatgan o‘quvchilar qabul qilinadi. U erda 460 ta universitet bo‘lib, 95 tasi davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1-toifadagi universitetlarda har bir o‘qituvchiga 8 nafar, 2-toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba to‘g‘ri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki bosqichga bo‘linadi: 1-bosqichi turar joyda o‘tkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, tarix bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.(4-Ilova)
Kollejlar: kichik kollej, texnik kollej, maxsus kollejlarga bo‘linadi. Uni bitirgan talabalar bakalavr diplomini oladi va universitetning 3 yoki 4 kurslariga qabul qilinadi.
Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim tizimi ham tajriba o‘rganishga loyiq o‘ziga xos jihatlarga ega. Xitoy kadimdan sharkdagi yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda pedagogik fikrlar, ta’limotlarning paydo bo‘lishi eramizdan avvalgi 2 ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi va ular asosan konfutsiylik, daotsizm, Yan Chju ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan.
Oliy ta’lim (Xigxer education) muassasalari–universitet, kollejlar va boshqalar o‘z egallagan mavqeiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Bu muasssasalarga ta’lim olish uchun xujjat topshirishda bitiruv imtihonlarida olingan ballar miqdori katta ahamiyatga ega. Har bir to‘plagan ball miqdori ma’lum turdagi oliygohga hujjat topshirish imkonini beradi. Mamlakat aholisining orasida yoshlar salmog‘ining yuqoriligi, o‘qish istagida kelgan xorijiy talabalar miqdorining yildan-yilga ortib borayotganligi natijasida bir o‘rin uchun 200-300 atrofida talabgor mavjud bo‘ladi. Kirish imtihonlari yo‘nalishiga qarab etti fan bo‘icha o‘tkaziladi.
XXR oliy ta’lim tizimi universitetlar, kollejlar va professional oliy maktablardan tashkil topgan. Mazkur o‘quv yurtlari fan, texnika va madaniyatni rivojlantirish hamda jahon ta’lim tizimida raqobatbardosh ilmiy markazlarga aylanishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar.
Xitoy oliygohlari politexnik va biron ma’lum texnik yo‘nalishga egaligi bilan ajralib turadi. Politexnik yo‘nalishdagi universitetlar tabiiy va texnik soha vakillarini tayyorlab bersalar, ma’lum yo‘nalishdagi texnik universitetlar aniq biron texnik kasb vakillarini o‘qitadilar. Bu erda 2 mingdan ortiq kollejlar, universitetlar va professional oliy maktablar mavjud. Bundan tashqari universitetlar tarkibida 100 ta ilmiy tadqiqot laboratoriyalari va 36 ta davlat muhandislik markazlari ham mavjud.
Hozirda mamlakatning 31 provinsiyasidagi 360 ta oliygoh xorijiy talabalar qabul qilish huquqiga ega. Ushbu o‘quv maskanlarida 175 davlatdan 78 mingdan ortiq xorijiy davlat talabalari tahsil oladilar. Pekin (4 ming) va Fudan (3 ming) universitetlarida eng ko‘p xorijlik talabalar tahsil oladilar. Ularning 80%ni turli Osiyo davlatlari vakillari tashkil qiladilar. XXR oliy ta’lim tizimi bir necha bosqichlardan tashkil topgan. (8-jadval)

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish