Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”


Istiqbolda Namangan viloyatida ta’lim



Download 2,12 Mb.
bet20/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

3. 2. Istiqbolda Namangan viloyatida ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirish va takomillashtirish
Mamlakatimiz iqtisodiyotni tarkibini tubdan o‘zgartirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash va uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.
Mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini yuqori bosqichlarga olib chiqish, ta’lim tizimidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarimizga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, yangicha va mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh va kelajakda mamlkatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan kadrlar tayyorlash uchun nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish vaqti allaqachon etib kelgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalardagi keng ko‘lamli islohotlar xalq bilan muloqot prinsipiga uyg‘un va hamohanglikda amalga oshirilayapti. Ta’lim tizimidagi strategik o‘zgarishlar ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Raqobat bor joyda esa o‘sish bo‘ladi, o‘sish bor joyda sifat bo‘ladi, sifat bor joyda esa natija bo‘ladi. Eng muhimi, milliy qadriyatlar va zamonaviy yutuqlarni o‘zida jamlagan ilm maskanlaridan buyuk ajdodlarga munosib, Vatan ravnaqiga ulkan hissa qo‘sha oladigan avlodlar etishtirib chiqarishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ta’lim sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni tashkil etilishiga imkon yaratadi.
“Ta’lim sohasida o‘quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. O‘tgan yillarda hammasi bo‘lib 540 dan ziyod obyekt, shu jumladan, 380 ta maktab va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so‘m sarflandi. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimediya vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi“9 .
Shuningdek, bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq farmon va farmoyishlar qabul qilindi bu milliy ta’lim rivojida yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mohiyatiga ko‘ra oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Oliy ta’lim tizimi moddiy texnik ba’zasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularning zamonaviy o‘quv va ilmiy labaratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobidan ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida talab 142019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari
qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan, hamda davlat ta’lim standartlari (DTS)ni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.
Viloyat xokimligining 2021 yilda hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022 yil, oliy ta’lim tizimidagi rejalar doirasida Namanganda istiqbolda 10 ta oliy o‘quv yurti tashkil etiladi. Jumladan:- Xalqaro raqamli universitet (IDU-International digital university) Namangan filiali (Buyuk Britaniyaning Vulverxempton universiteti bilan); - Pokiston Islom Respublikasining Lahor Universiteti bilan hamkorlikda "The international university of Namangan" universiteti;- "IMPULS BSR" MCHJ tomonidan Davlat xususiy sherikchilik asosida Nodavlat oliy ta’lim muassasasi;- "QAQNUS INDUSTRY" MCHJ ustav kapitali asosida davlat ulushi bo‘lmagan "Usmon Nosir nomidagi Namangan universiteti";- "Yangi asr universiteti" xususiy universitet;- Qozog‘iston bilan hamkorlikda "Outlet vodiy" MCHJ tomonidan Ijtimoiy-gumanitar halqaro universitet;- Ixtisoslashtirilgan Ibrat maktabi qoshida xorijiy tillar universiteti;- Namangan davlat universiteti qoshida Pedagogika instituti;- Namangan Davlat universiteti qoshida Jismoniy madaniyat instituti;- Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida "Namangan to‘qimachilik sanoati texnologiyasi instituti" tashkil etiladi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman degan yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratilmoqda. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kelgusida 50-60 foizga yetkazish lozim.
Mamlakatimizda amalga oshirilyatgan islohotlarga ko’ra, qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi,xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak, unda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur.Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutahassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi. Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
Istiqbolda oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tdi. Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilishni boshlanadi.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olinadi. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun bizning mamlakatimizda ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi shart.
Keyingi yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish lozim. Joriy yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilish kerak.
Birinchi navbatda, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim. Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini, amalga oshirilayotgan dasturlar va loyihalarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etish zarur.
Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “IT-park” barpo etilmoqda. U hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Bunday “IT-park”lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi.
Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.
Shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.
O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor Internet bilan ta’minlanishi kerak.
Har bir ota-ona o‘z farzandini kelajakda yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga harakat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining mavjud holati ularning faoliyatidagi tizimli muammolar va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini yaratish, qishloq va shahar maktablarining moddiy-texnik ta’minoti va ta’lim berish sifatidagi tafovutni qisqartirish hamda o‘quvchi-yoshlarning ta’lim olishlari uchun teng shart-sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish