Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan tuproqning unumdorligini va ekinlarning hosildorligini azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlarsiz oshirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi


Tayyor mahsulotni saqlash va tashish



Download 1,15 Mb.
bet8/10
Sana13.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#788638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
normurodova h pechatga

2.2. Tayyor mahsulotni saqlash va tashish
Tayyor mahsulot suyuq azotli o’g’itlar olish qurilmasidan o‘tkazish quvuri orqali har birining hajmi 20000 m3 bo‘lgan omborga yuboriladi. Saqlash paytida aylanma harakat yordamida suyuq azotli o’g’itlar ni muntazam aralashtirib turish amalga oshiriladi, bunda eritma tarkibi ombor hajmi bo‘yicha bir xil bo‘ladi va uning ostiga cho‘kma tushishi oldi olinadi. Buning uchun rezurvuarlar ostiga injeksiya turidagi forsunkalar bilan kollektorlar o‘rnatiladi. Ombor osti yuzasi 5 ta seksiyaga ajratiladi, ularning har birida alohida kirish bo‘ladi. Suyuq azotli o’g’itlar eritmasi ombordan P51(P52) nasoslar bilan 400 m3/soat tezlikda chiqariladi va yana sektorlardan biridagi kollektor orqali rezervuarga qaytariladi.
Sirkulyatsiya jarayonida eritma kirish joyida davriy ulanish-uzilish sodir bo‘ladi va suyuq azotli o’g’itlar idishga beshta sektorning har biridan birin-ketin qaytariladi, natijada mahsulotning barcha massasi ombor hajmi bo‘yicha bir tekisda aralashadi.
Qishki paytda suyuq azotli o’g’itlarkristallanishini oldini olish uchun sirkulyatsiya E5 issiqlik almashtirgichdan o‘tkaziladi, u orqali eritmani isitish amalga oshiriladi. Issiqlik almashtirgichga bug‘ berish ombordagi harorat bo‘yicha avtomatik boshqariladi.
P51(P52) nasos suyuq azotli o’g’itlar bir ombordan ikkinchisiga o‘tkazishda ishlatilishi mumkin.
Tayyor mahsulot iste’molchiga temiryo‘l yoki avtosisternalarda yetkazilishi mumkin.
Temiryo‘l sisternalariga suyuq azotli o’g’itlar quyish P51(P52) nasoslari bilan amalga oshiriladi. Bunda bir vaqtning o‘zida to‘rtta sisterna to‘ldiriladi. Avtosisternalarga P53(P54) nasoslar bilan 50 m3/soat tezlikda eritma to‘ldiriladi. To‘ldirilgan temiryo‘l va avtosisternalar og‘irligi tortiladi
Tayyor mahsulotni saqlash va tashish tarmog‘i texnologik sxemasi:
R5, R6 suyuq azotli o’g’itlar ombori; E5 – issiqlik almashtirgich; P51(P52), P53(P54) – nasoslar
Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish texnologik tartibi va texnologik sxemasini ishlatish Texnologik tartib me’yori – texnologik jarayonni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlaydigan harorat, bosim, daraja, sarf, pH, zichlik qiymatlariga talablar hamda texnik shartlar barcha talablariga javob beradigan tayyor mahsulot olish bo‘yicha o‘rnatiladi.
Suyuq azotli o’g’itlar issiq va sovuq aralashtirish usullari bilan ishlab chiqariladi. Yirik korxonalarda fosfat yoki polifosfat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali issiq aralashtirishda ammoniy orto- va polifosfatlarining asosiy eritmalari olinadi. Sovuq aralashtirish usuli iste’molchiga yaqin hududda kichik qurilmalarda ishlatiladi. Bunda o‘g‘it – asosiy eritmaga karbamid, ammoniy nitrat, kaliy tuzlari qo‘shish orqali ozuqa moddalarining talab etiladigan nisbatida tayyorlanadi.
5.10-rasmda suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish sxemalaridan biri tasvirlangan. Bu sxema bo‘yicha termik fosfat kislota 60OC haroratda ammiakli suv bilan neytrallanadi. So‘ngra eritmaga (pH 6,57,5; NH3:H3PO4 1,81,9 molyar nisbati) karbamid va kaliy xlorid qo‘shiladi. Olinadigan suyuq o‘g‘it tarkibida 27% ozuqa elementlari (9–9–9) bo‘ladi

.Suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarish sxemasi:
1-vakuum-nasos; 2-temiryo‘l sisternasi; 3-markazdan qochma nasoslar; 4-sifonli qurilma; 5-fosfat kislota saqlagichi; 6 - quyuvchi bak; 7-rotametrlar; 8-ammiakli suv bilan ta’minlash baki; 9-fosfat kislota neytrallagichi; 10-tuzlarni eritish uchun jihoz; 11-oxirgi aralashtirish (aralashtirishni tugallash) uchun jihoz; 12-SUYUQ AZOTLI O’G’ITLAR ombori; 13,14-ta’minlagichli bunker
1 t o‘g‘it ishlab chiqarish uchun: 0,17 t fosfat kislota (53% P2O5), 0,155 t ammiakli suv (20,5% N), 0,126 t karbamid (46% N), 0,150 t KCl (60% K2O) va 0,4 m3 suv sarflanadi.
Ortofosfat (40-54% P2O5) yoki polifosfat (68-88% P2O5) kislotalarni yuqori haroratli (210-250OC) ammoniylashtirish orqali olinadigan ammoniy polifosfatlar eritmalari asosida yuqori konsentratsiyali o‘g‘itlar asosi: 10–34–0, 11–37–0 va boshqalar tayyorlanadi. Bu eritmalarni uchlamchi suyuq o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun ishlatish naf keltirmaydi, chunki ulardagi ozuqa moddalar konsentratsiyasining yig‘indisi ortofosfat kislota ishlatilgandagiga nisbatan ko‘p bo‘lmaydi.
10–34–0 markali suyuq azotli o’g’itlar ishlab chiqarishda odatda 68-72% P2O5 li, ma’lum miqdori (25-40%) kondensirlangan shakldagi ekstraksion polifosfat kislota ishlatiladi. Jarayon – 70-120OC haroratgacha qizdirilgan kislotani kichik hajmdagi (o‘tish vaqti 0,1-0,2 s) quvurli reaktorda 1,38 MPa bosim ostida beriladigan gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash orqali amalga oshiriladi (5.11-rasm). Reaktorning bir soatdagi ishlab chiqarish unumdorligi kislota bo‘yicha 17 t (50 t/soat 10–34–0 markalisuyuq azotli o’g’itlar bo‘lganda uning hajmi 0,3-0,4 m3 tashkil etadi; reaktordagi harorat 270-380OC ga teng. Neytrallanishni NH3:P2O5 molyar nisbati 3 ga yaqin bo‘lganda o‘tkaziladi. Reaktordan chiqadigan suyuqlanma dastlabki ammoniylashtirgichga tushadi, u yerga ammiakli suv va gaz holatdagi ammiak, shuningdek issiqlik almashtirgichning sovuq eritmasi ham kiritiladi. Ammoniylashtirgichda 50-90OC haroratda va pH 56,2 da hosil bo‘ladigan eritmaning qisman issiqlik almashtirgichga – birin-ketin reaktor va dastlabki ammoniylashtirishga qaytib kelish orqali uzatiladi, qisman esa – suyuq ammiakni bug‘latgichga va so‘ngra gaz holatdagi ammiak pH 6,26,7 gacha bilan qo‘shimcha neytrallanishga uzatiladi. 25-35OC haroratli tayyor suyuq azotli o’g’itlar omborga yuboriladi.
Tarkibida 10,8% N va 33,8% P2O5 bo‘lgan mahsulotdagi fosfatli komponentlarning taxminiy tarkibi: 14% orto-, 13% piro-, 4% tripoli-, 3% tetrapoli-shakllarda (poli-shakllarning ulushi 58%) bo‘ladi; uning kristallanish harorati –17,5OC, pH 6, 25OC haroratdagi zichligi – 1420 kg/m3 ga teng. 10–34–0 markalisuyuq azotli o’g’itlar – 52-54% P2O5 konsentratsiyagacha bug‘latilgan ekstraksion fosfat kislotani aralashtirgichli silindrik reaktorlarda gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash asosida ham olinishi mumkin. Boshlang‘ich kislota 150-200OC haroratgacha qizdiriladi hamda reaktordan va aralashtirgichdan ajralib chiqadigan ammiakni tutib qolish uchun skrubberga beriladi. So‘ngra belgilangan me’yordagi kislota reaktorga berib turiladi, u yerda 240OCharoratda ammoniy polifosfatlarining suyuqlanmasi hosil bo‘ladi. Suyuqlanmani eritish 80-85OC haroratda aralashtirgichda amalga oshiriladi, u yerga ammiakli suv va (agar lozim bo‘lsa) gaz holatdagi ammiak beriladi. Aralashtirgichda hosil qilinadigan suyuq azotli o’g’itlar tarkibida muallaq mayda qattiq zarrachalar (aluminiy va temir fosfatlari) bo‘ladi. Mahsulotdagi kondensirlangan fosfatlar ulushining 20-40 dan 50-60% gacha ortishi natijasida muallaq zarrachalar keskin kamayadi.
Qoratog‘ fosforitidan (NamMPI, prof.Q.G‘afurov boshchiligidagi izlanishlar natijalari asosida) olingan, ionitli usul bilan ma’lum darajada tozalangan va ammoniy nitrat ishtirokida 50-60% P2O5 gacha bug‘latilgan ekstraksion fosfat kislota tarkibida ham qandaydir darajadagi polifosfatlar bo‘ladi, chunki kislota tarkibidagi qo‘shimchalar polifosfatlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Shunday kislotani 180-220OC haroratdagi quvurli reaktorda dastlab gaz holatdagi ammiak bilan neytrallash, hosil qilingan suyuqlanmani sirkulyatsiyali sovutilgan (35-40OC gacha) suyuq azotli o’g’itlar eritmasi va ammiakli suv (lozim bo‘lsa gaz holatdagi ammiak) bilan 50-90OC haroratda pH 6,26,7 gacha bilan qo‘shimcha neytrallanish orqali yaxshi fizik-kimyoviy xossaga ega bo‘lgan suyuq azotli o’g’itlar ham olingan.
Talab etilgan tarkibdagi suyuq azotli o’g’itlar olish uchun 10–34–0 va 11–37–0 eritmalar asosi kichik quvvatli (0,2-2,5 ming t/yil) qo‘zg‘olmas va harakatlanuvchi qurilmalarda azot va kaliy tutgan komponentlar bilan aralashtiriladi. Buning uchun aalashtirgichga sovuq eritma asosi, karbamid, ammoniy nitrat, kaliyli tuz, mikroelementlar beriladi. Aralashtirishni 35-45OC haroratda va komponentlarni jadal aralashtirilgan holda o‘tkaziladi; tayyor suyuq azotli o’g’itlar omborga jo‘natiladi. Buday qurilmalar ko‘pincha 50 km masofagacha joylashgan iste’molchiga suyuq o‘g‘it yetkazib berishda foydalaniladi.
Muallaq holatda erimaydigan tuzlar, stabilizatorlar va boshqa moddalardan iborat mayda dispersiyali suyuq azotli o’g’itlar – suspenziyali suyuq kompleks o‘g‘it (suyuq azotli o’g’itlar deyiladi. Suyuq azotli o’g’itlar sifati – uning zichligi, qovushqoqligi, qattiq zarrachalar o‘lchami, qattiq fazaning cho‘kish darajasi va pH bilan tavsiflanadi.
Suyuq azotli o’g’itlar ning turg‘unligini oshirish uchun bentonitli gillar va shunga o‘xshash qo‘shimchalardan foydalaniladi. Ular suspenziyani quyultirsada, ammo kristallar o‘sishini to‘xtatadi, ularning cho‘kish tezligini kamaytiradi va kristallarning muallaq holatda turishini ta’minlaydi. Bunda ammiak qo‘shilganda (kislota kiritilgandan so‘ng yoki ularni bir vaqtda kiritish) suspenziyalovchi agent ta’siri yanada samaraliroq bo‘ladi
Suyuq azotli o’g’itlarni texnologik tayyorlashda ularning juda sekin taqsimlanishi
ta’minlab turilishiga rioya qilinadi. Barqaror suspenziyalangan o‘g‘itlar turg‘unlashtiruvchi agentlarsiz ham olinishi mumkin, bunda komponentlar kiritishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilinishi kerak. Suyuq azotli o’g’itlarga kiritishdan oldin barcha qattiq komponentlar 0,85 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamgacha maydalanishi kerak.
KCl mayda kristallarini ishlatish suyuq azotli o’g’itlarda uning cho‘kishini bartaraf etadi. Eritmani 25OC gacha sovutilishi natijasida kaliy xloridning eruvchanligi kamayadi. Uning sekinlik bilan eritilishi kaliy nitratning beqaror shakldagi kristallari hosil bo‘lishini yo‘qotadi.
Bir xil shakldagi va belgilangan o‘lchamdagi kristallar hosil qilish uchun kaliyli komponentlar qo‘shishdan oldin gilli suspenziya sovutiladi. O‘g‘itlarni issiq aralashtirishda ammoniy fosfatning qaynoq eritmasiga qattiq tuzlarni qo‘shmaslik kerak. Bunda tuzlarning yirik kristallar hosil qilgan holda qayta kristallanishi kuzatiladi. Yaxshisi dastlab ammoniy fosfat eritmasi tayyorlanadi, uni sovutiladi, so‘ngra 0,85 mm dan mayda o‘lchamdagi kaliy xlorid zarrachalari qo‘shiladi.
Suyuq azotli o’g’itlar konsentratsiyasining ortishi kristallarning o‘sishi va cho‘kish tezligiga ta’sir etmaydi, ammo sistemaning qovushqoqligi ortadi. Shuning uchun talab etiladigan konsentratsiya va qovushqoqlikni ta’minlab turish kerak. Bu esa qattiq zarrachalarning tez cho‘kib qolishini oldini oladi. Suyuq azotli o’g’itlar konsentratsiyasining yuqori chegarasi uning jihozlar texnik tavsifiga muvofiq keladigan maksimal qovushqoqligi orqali aniqlanadi.
7–20–0 markali suspenziyalantirilgan suyuq kompleks o‘g‘suyuqazotli o’g’itlar – ekstraksion fosfat kislota va ammiakli suv asosidagi sekin yoyiladigan, loyqali suspenziyadir. Uning tarkibida 6,5-8%N, 19-21% P2O5 bo‘ladi. O‘g‘itning pH 67,5 ga teng bo‘lishi kerak; tinilish darajasi – 50% dan kam emas; uni saqlash va tashish –15OC dan past bo‘lmagan haroratda yopiq uglerodli po‘latdan yasalgan ishdishlarda amalga oshirilishi kerak.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish