Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar


To‘ldiruvchi va uning turlari



Download 62,67 Kb.
bet6/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

6. To‘ldiruvchi va uning turlari. So‘z kengaytiruvchisi gapning konstruktiv bo‘laklari sirasiga kirmaydi, balki gapdagi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini muayyanlashtiruvchi vosita sanaladi. To‘ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so‘z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi va fe’l bilan ifodalangan har qanday bo‘lak yoki bo‘lak qismining ma’noviy valentligini to‘ldiradi. To‘ldiruvchi faqat kesimgagina bog‘lanmaydi. Quyidagi gaplarga diqqat qiling: 1. Кitobni olib kel. 2. Кitobni olib kelishni unutma.
To‘ldiruvchining ma’no turlari.To‘ldiruvchi o‘zi birikayotgan fe’lning tabiatiga ko‘ra vositali va vositasiz turga ajraladi. Vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish faqat o‘timli fe’lga xos. Shu boisdan vositasiz to‘ldiruvchi – o‘timli fe’lning obyekt valentligini to‘ldiruvchi so‘z kengaytiruvchisi. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bosh yoki tushum kelishigidagi so‘z keladi: 1. Bosh kelishikdagi vositasiz to‘ldiruvchi: 1. Bunda bulbul kitob o‘qiydi. 2. Bunda qurtlar ipak to‘qiydi.
Vositasiz to‘ldiruvchi bevosita harakatni o‘z ustiga olgan predmetni anglatsa, vositali to‘ldiruvchi harakatni qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo‘lmagan predmetni ifodalaydi. Vositali to‘ldiruvchi turli grammatik ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
1) jo‘nalish kelishigi: Senga oldim.
2) chiqish kelishigi: Sendan oldim.
3) o‘rin-payt kelishigi: Menda qoldi.
4) ko‘makchi: Sen uchun oldim.
To‘ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo‘lak kabi to‘ldiruvchi ham sodda yoki murakkab bo‘ladi:
1) sodda to‘ldiruvchi bir so‘z yoki bir so‘zga teng birlik bilan ifodalanadi: 1. Xotirangiz mening xotiramdan o‘tkir ekan. 2. U yana Pushkinga murojaat qildi. 3. Turmushimizda hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq;
2)murakkab to‘ldiruvchi kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: 1. Men Mirzacho‘lni ham, Surxon diyorining Sherobod dashtini ham, Farg‘ona vodiysining Yozyovon qumliklarini ham ko‘rganman. 2. Hasharchilarning shart-sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam ko‘rsatish to‘grisida ko‘rsatma berildi. 3. Tevarak-atrof qushlar chug‘uriga, anvoyi gullar isiga to‘lib ketdi.
7. Murakkab qo‘shma gap tarkibiy qismi tushunchasi. Bunday gaplar tarkibida uchta va undan ortiq sodda gap o‘zaro bog‘lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog‘langan bo‘ladi (avvalgi mavzuda bu gaplar bog‘lovchilarsiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap deb atalgan edi): Bu sahroda maysalar ham, chechaklar ham yo‘q, qushlar, bulbullar ham sayramaydi, buloqlar qaynab toshmaydi.
Aralash murakkab qo‘shma gaplar
Tarkibida ham ergashgan qo‘shma gap, ham bog‘langan qo‘shma gap yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gap ishtirok etgan gaplar aralash turdagi qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gaplar to‘rt va undan ortiq sodda gaplardan tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Bunday gaplar tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo‘ladi: Tog’ va osmon shunday tiniqki, nafas olish shunday yengilki, keksa odam ham bu yerda musaffo bolalik yillarini eslaydi
Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gaplar tarkibidagi ergash gaplar bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Botirjon klubdan chiqqanida, quyosh sharq ufqida terak bo‘yi ko‘tarilib, bulut darvoza oralig‘ida charaqlab turardi.
Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap
Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap
Ergash gaplarni bosh gapga bog’lanishi
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish).
Ketma-ket ergash gap.
To‘g’ridan-to‘g’ri ergashish (birgalik ergashish). Ergash gaplarning har biri to‘g’ridan-to‘g’ri bosh gapga bog‘lansa, birgalik ergash gap deyiladi. Bunday gaplardagi ergash gaplar
1) bir xil ergash gaplar (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi;
2) har xil ergash gaplar (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku!

Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish