4. Aniqlovchi va uning turlari. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo‘lak yoki bo‘lak bo‘laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining kengaytiruvchisi. To‘ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so‘z kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug‘aviy valentligini to‘ldiradigan vosita sifatida namoyon bo‘ladi va gap konstruktiv tuzilmasidan o‘rin egallamaydi. Uning lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqelantirishi.
Aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi ekan, u istagan gap bo‘laklariga tobelanishi mumkin:
1) kesim aniqlovchisi: Nilufar a’lochi talaba;
2) ega aniqlovchisi: Кimninggapi to‘g‘ri;
3) hol aniqlovchisi: So‘lim va xushhavo vodiyda o‘rnashdilar;
4) to‘ldiruvchi aniqlovchisi: Bizning yorni ko‘rgan bormi
5) undalma aniqlovchisi: Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog‘.
Aniqlovchi gapda turlicha ifodalanishga ega. Aniqlashning o‘ziga xosligiga ko‘ra, aniqlovchining ifodalanishi ham, shunga muvofiq, uning kengayuvchi so‘z bilan sintaktik aloqasi ham turlicha bo‘ladi.
Predmetning qandayligi, tusi, xususiyati, maza-ta’mi, shakli, tabiati kabilarni muayyanlashtirish lozim bo‘lganda aniqlovchi sifat, sifatdosh, ba’zan ot turkumidan bo‘lgan so‘z bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilikni anglatish zaruriyati bo‘lganda aniqlovchi ot yoki ot o‘rnidagi so‘z bilan ifodalanadi. Shunga ko‘ra, aniqlovchi ikki xil bo‘ladi:
1) belgini muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (sifatlovchi);
2) qarashlilikni muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (qaratuvchi).
Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi:
1) sifat bilan: A’lo mamlakatning a’lo farzandi, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi;
2) sifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas;
3) ravish bilan: Кechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak;
4) son bilan: o‘ninchi yillarning sargardonligi;
5) belgi aniqlovchisi (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz;
6) olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman?
Qaratuvchi aniqlovchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
1) ot yoki ot o‘rnidagi so‘z: 1. Ona yerning otashqa’ridan «o‘g‘lim», degan nido keladi.(E.Voh.) 2. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon;
2) otlashgan so‘z bilan: 1. Кo‘pning duosi ko‘l. 2. O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ldi.
Sifatlovchi.Sifatlovchili birikmada tobe a’zo (sifatlovchi) hokim uzvning biror xususiyatini aniqlab keladi va unga tobe aloqaning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi.
Qaratuvchi aniqlovchi.Qaratuvchili birikmada qaralmishdan anglashilayotgan predmet yoki predmet tasavvuridagi narsaning qaratuvchidan anglashilgan narsa/shaxsga mansublik, tegishlilik kabi daxldorligi anglashiladi. Qaralmish vazifasidagi so‘zning lisoniy valentligida qaratuvchi to‘ldiradigan qaram bo‘lgan bo‘sh o‘rin fakultativ, nozaruriy. Shu boisdan qaralmish egalik qo‘shimchalari bilan shakllanib, bu lisoniy nozarurlikni zaruriyatga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |