Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar


Qo‘shma gaplarda tobelashish hodisasi



Download 62,67 Kb.
bet34/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

55. Qo‘shma gaplarda tobelashish hodisasi. Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo‘shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda ko‘rinadi:
1) sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog‘i, teng aloqa uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘laydi: 1. Yashil o‘rmonlar va qorli tog‘lardan o‘tdik. 2. Javohir o‘qir va yozar edi. So‘z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag‘i, kitobni o‘qimoq kabi. Qo‘shma gapda esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik – qo‘shma gapning turli ko‘rinishi uchun xizmat qiladi.
Tobe va teng bog‘lovchi vosita bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma’no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo‘shma gap a’zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog‘lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog‘lovchisi kuchli namoyon qilgan;
2) sodda gapdagi teng bog‘lanish qo‘shma gapdagi teng bog‘lanishga nisbatan mustaqil. Chunki sodda gapda teng bog‘lanish uyushiqlik bilan «yo‘ldosh». U sodda gapni kengaytirish vazifasini bajarsa, qo‘shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi;
3) tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma’noviy munosabati jihatidan sodda va qo‘shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog‘lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo‘laklarda yuz beradi. So‘z birikmasi tarkibidagi grammatik vositali tobelanishni bog‘lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo‘lmaydi. Qo‘shma gapda esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog‘lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog‘lovchisiz aloqadir.1. Botirlari kanal qazadi, shoirlari g‘azal yozadi. (H.Ol.)2. Bor boricha, yo‘q holicha.3. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. (Maq.) 4. Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir. (Oyb.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro tobe yoki teng bog‘lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog‘lovchi vosita, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili qo‘shma gap tarkibida yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog‘lovchisiz qo‘shma gapda bog‘lovchi vositaning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili zimmasiga yuklatiladi.
Кo‘rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‘shma gapni tashkil etayotgan sodda gap ohang jihatidan mutlaq tugallikka ega bo‘lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo‘ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi tugallanganlikdan farqlanadi.
Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish