19. So‘z birikmasida joylashuv omili - Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:
[W→W]
[Wmorfologik vosita→Wmorfologik vosita]
[Wqaratqich kelishigi→W egalik qo‘shimchasi]
[ismqaratqich kelishigi→ismegalik qo‘shimchasi]
[otqaratqich kelishigi→otegalik qo‘shimchasi]
[otatoqliqaratqich kelishigi →otturdoshegalik qo‘shimchasi]
Кarimning kitobi
Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [otatoqliqaratqich kelishigi→otturdoshegalik qo‘shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Кarimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.
LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi.
[ismkelishik qo‘shimchasi→ fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ismkelishik qo‘shimchasi→ fe’l]LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.
Masalan:
[ismtushum kelishigi→fe’l = vositasiz obyekt-harakat];
[ismjo‘nalish kelishigi→fe’l = vositali obyekt/hol-harakat];
[ismchiqish kelishigi→fe’l = ajralish manbai/o‘rin-harakat]va hokazo.
[ism→ot] LSQi.Bu LSQ SB [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [ism→ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin
[ot→ot] [sifat→ot] [olmosh→ot] [son→ot] [ravish→ot]
asal bola yaxshibola o‘shabola birinchibola pinhonasuhbat
[ism → ot] LSQi uzvlari o‘zaro hech qanday morfologik vositasiz bog‘langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo‘ladi: MJSh-MJSh. [ism → ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo‘ladi, LSQni yaxlit holda [ism → ot=sifatlovchi–sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin.