30. Semantik -funksional shakllangan gap
Semantik-funksional shakllangan gap.Semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi:
1) modal so‘z-gap (Кelasizmi?- Albatta);
2) undov so‘z- gap (Beh-beh! Oh-oh);
3) tasdiq/inkor so‘z- gap (Ha, yo‘q);
4) taklif-ishora so‘z-gap (Ma ).
Bu so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSh) so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi. Shuning uchun bunday so‘z-gap:
a) hech qachon kesimlik qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi;
b) nutqda alohida gap bo‘lib keladi;
d) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo‘lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o‘z mustaqilligini saqlab qolaveradi.
Semantik-funksional shakllangan so‘z-gapda kesimlik ma’nosi atov birligi [W]ning lug‘aviy ma’nosi tarkibida mujassamlashgan, bunday gaplar kesimi [Wm] ramzi bilan beriladi.
Semantik-funksional shakllangan gaplarda kesimlik ma’nosi so‘z-gapning lug‘aviy ma’nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo‘lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) ma’nolarining rang-barangligi yo‘q. Bunda ham kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolari uchburchak burchaklarining yig‘indisiga o‘xshaydi. Aytilganidek, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 1800ga teng bo‘lib, bir burchak kattaroq bo‘lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funksional shakllangan gaplarda ham kesimlikning to‘rtta ma’nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga teng bo‘ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarining har biri uchun alohida-alohida so‘zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat’iy bo‘lishlilik» ma’nosi (ya’ni mayl ma’nosining ko‘rinishi) albatta so‘zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi -ma qo‘shimchasi ifodalaydigan shunday bo‘lishsiz ma’no mutlaqo so‘z-gapi bilan beriladi. Ha so‘zida tasdiq, yo‘q so‘zida inkor ma’nosi mavjud.
31. Ism bilan ifodalangan kesimlar.Misollar bilan tushuntiring
O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. Yomg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lur edik.
Ism bilan ifodalangan kesimlar.
Ot: Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u qarg‘a, biz – odam. («Husnobod»)
Sifat: E taqsir, qissamiz uzun. (Oyb.)
Son: Ikki karra ikki – to‘rt.
Ravish: O‘zlashtirishing – yodaki.
Taqlid: Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur, tinchlik yo‘q.
Olmosh: Sen – mensan-u, men – senman, qissamni bayon etsam.
Fe’l bilan ifodalangan kesim:
1. Maqsadim – o‘qimoq. 2. Qarasam, qaramaysan. 3. Ishning boshi boshlanguncha. 4. Yashnaganim – yashnagan. 5. Yigit kishining uyalgani – o‘lgani. 6. Кo‘rdi-yu, kapalagi uchib ketdi.
Кesim tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va tarkibli bo‘ladi.
Sodda kesim bir mustaqil so‘z bilan ifodalanadi:
1. Sen bahorni sog‘inmadingmi? (A.Orip.)
2. Majlis shunga qaror qildi.
3. Mana bu – yeryong‘oq.
4. Sherzod – talaba.
Murakkab kesim so‘z birikmasi holidagi kengaygan so‘z bilan ifodalanadi:
1. Bu kun biz uchun og‘ir kun.
2.Sherzod yulduzni benarvon uradigan yigit.
Do'stlaringiz bilan baham: |