Hozirgi o‘zbek tili Moslashuvli birikmalar


Sintaktik aloqada so‘z tartibi



Download 62,67 Kb.
bet11/34
Sana08.07.2022
Hajmi62,67 Kb.
#756554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
2 5240395945534823463

17.Sintaktik aloqada so‘z tartibi. Sintagmatik aloqani sintaktik aloqadan farqlash lozim. Sintagmatik aloqa barcha til birliklariga xos ketma-ket bog‘lanish bo‘lsa, sintaktik aloqa so‘z va gaplarning hokim-tobelik munosabati. Demak, sintagmatik aloqa va sintaktik aloqani butunlay boshqa-boshqa hodisalar deb ham, shuningdek, ularni bir-biriga aynan tenglashtirish, bir-birini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik va sintaktik aloqa butun-bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa sintagmatik aloqaning bir ko‘rinishi. So‘z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o‘zgarishi so‘z grammatik ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, Dalalar yam-yashil birikuvi gap bo‘lsa, yam-yashil dalalar birikuvi so‘z birikmasi. «Gap» va «so‘zbirikmasi» grammatik ma’noning sintaktik turi. Grammatik ma’no ifodalashda so‘z tartibiga ohang hamrohlik qiladi. Ya’ni yuqoridagi gap va so‘z birikmasida tartib o‘zgarishi bilan ularning ohangi ham o‘zgarib ketgan (so‘z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang mavjud).
18. SBda hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘z. SBda ma’nosi muayyanlashtirilayotgan so‘z hokim va uning ma’nosini muayyanlashtiruvchi so‘z tobe a’zo deyiladi (masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida kitobni tobe va o‘qimoq hokim a’zo). Bir so‘z bir nechta so‘zni o‘ziga tobe a’zo sifatida biriktirishi mumkin. Lekin SBda bir so‘z faqat bir a’zogagina tobe a’zo sifatida bog‘lanishi mumkin, xolos. Masalan, katta, chiroyli gulchambar birikmasida gulchambar so‘zi ikkita so‘zga hokim. Lekin chiroyli so‘zi bir so‘zgagina tobe. Hokim mavqeda yuzaga chiqayotgan leksema o‘zining hokim, tobe vazifada yuzaga chiqayotgan leksema esa o‘zining tobe valentligini namoyon qiladi. Hokim va tobe a’zo vazifalari, grammatik shakli va sintaktik o‘rni asosida belgilanadi. Tobe a’zo oldin kelib, keyingisining ma’nosini izohlashga xoslangan bo‘ladi va bunga mos grammatik ko‘rsatkich bilan shakllanadi, ma’lum sintaktik o‘ringa ega bo‘ladi. O‘zbek nutqida, odatda, hokim so‘z keyin tobe so‘z oldin keladi. Nutqiy inversiya (hokim va tobe so‘z tartibining buzilishi) asosidagi so‘z birikmalarigina bundan mustasno: o‘qidim kitobni, Dilshoda, hamshira kabi. Hokim so‘z kengayuvchi va tobe so‘z kengaytiruvchiso‘z deb ham yuritiladi. Кengayuvchi va kengaytiruvchi atamalari nisbiy mohiyatga ega bo‘lib, shaklga nisbatan aytilgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan,kitobni o‘qimoq birikmasida (o‘qimoq) so‘ziga yana bir so‘z birikadi va so‘zlar soni ikkita bo‘lib, shakliy «yoyilish», ya’ni kengayish yuz berdi. Shakliy kengayish esa ma’noviy torayishni vujudga keltiradi. Bunda shakl va mazmun dialektikasi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki o‘qimoq leksemasining ma’nosi keng, u o‘qiladigan barcha narsalar ustida yuz beradigan tegishli harakatni ifodalaydi. Кitobni o‘qimoq birikmasida esa aytilgan «barcha narsalar»dan asosan «kitob ustida bajariladigan harakat» mohiyatli toraygan ma’nosi qoladi. Кengayuvchi atamasini faqat bosh so‘zga, kengaytiruvchi atamasini faqat ergash so‘zgagina xos qilib qo‘yish ham biryoqlamalik. Zero, kitobni o‘qimoq birikmasida kitob leksemasi tobe, o‘qi leksemasi hokim valentligini namoyon qilganligi kabi unda o‘qimoq so‘zi kitobni so‘zshakli uchun ma’noviy toraytiruvchi va shakliy kengaytiruvchi vazifani namoyon qiladi. Zero, kitobni so‘zshakli o‘timli harakatni ifodalovchi cheksiz leksema bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega. O‘qimoq so‘zshakli bilan birikish asosida unda ma’noviy torayish, shakliy kengayish yuz beradi.

Download 62,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish