Hozirgi kunda ingliz tiliga bo’lgan e’tiborning oshishi bilan uni o’rganishga va baholashga qo’yilgan talablar xam oshib bormoqda


Baholash: O`qituvchi nazorati, qo`llab quvvatlash va baholash



Download 113,95 Kb.
bet16/18
Sana07.04.2022
Hajmi113,95 Kb.
#534246
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
gramm diplom

4.Baholash: O`qituvchi nazorati, qo`llab quvvatlash va baholash.
Malakali pedagog roli shu o`rinda juda muhimdir. An`anaviy kommunikativ yondashuvda o`qituvchining o`zi axborot manbasi bo`lganligi sabali, oz bilganlarini talabalarga etqazadi. Aylanma kommunikativ yondashuvda esa talabalar o`z o`rganganlarini o`qituvchi va auditoriya bilan baham ko`rishadi. Bunday paytlarda ba`zan o`qituvchi ham talabadan o`rganish holati kuzatiladi. Shunday holatlarin yaxshiroq qamrab olish uchun va to`g`ri baholash uchun ham o`qituvchidan malaka, bilim va keng dunyo qarash talab qilinadi. O`qituvchi roli: -Virtual nazorat ishlari har doim olib boriladi.
-sinfxonadagi bahs munozaralarda talabaning kommunikativ va lingvistik, pragmatic kompetensiyalarni egallab borishi kuzatib borilib, talaba qo`llab quvvatlanadi va baholanadi
- individual, kichik guruhlarda va juft bo`lib ishlayotgan talabalar uchun o`qituvchi kerakli paytda hozir bo`lib ular ishining mahsuliga o`z bahosini beradi va to`g`ri yo`naltiradi.
-boshqa mutaxasis o`qituvchilarbilan hamkorlikni mustahkamlab borib, o`z malakasi va tajribasini uzviy ravishda yaxshilab boorish ma’suliyaini zimmasiga oladi.
Xulosa.
Aylanma kommunikativ yondashuvda ma`ruza uyda o`rganilib, tahlillar o`qituvchi va auditoriya bilan birga sinfxonada bajariladi. Uyda yoki sinfdan tashqarida o`rganilishi kerak bo`lgan ma`ruzani talaba videoyozuv yoki ppt prezentasiyani xohlagancha tomosha qilishi, o`rtoqlari bilan muhokamada o`rganishi va tushunchaga ega bo`lishi mumkin. Talaba o`z bilim olish jarayonini o`z qo`liga oladi, ya`ni bir o`qtuvchidan emas balki turli manbalardan axborotni oladi va bilimini shakllantiradi.
Chet tilida so`zlashuv nutqni rivojlantirish uchun vaqt samarali sarflanadi. Sinfxonada o`qituvchi ko`proq talabaga vaqt ajrata oladi. O`qituvchi ingliz tilida instructor muloqotchi, talaba va auditoriya esa asosiy muloqotni olib boruvchi hisoblanadi. Sinfxonada talaba passiv bilim oluvchi emas balki aktiv qatnashuvchi vazifasida bo`ladi. Sinfdan tashqarida o`rganilgan mazmun doirasida bahs munozaralar va talabaning tanqidiy savollari tabiiy holda shakllanadi.
Ingliz tili o`rganiladigan auditoriyalarda odatda har xil til bilish darajalari va til ko`niklmalariga ega talabalar bo`lganligi sababli o`qituvchi uchun bir xil mazmunni talqin qilish o`ziga xos qiyinchiliklarga olib kelar edi, ya`ni til bilish darajasi yuqori bo`lgan talabalarning sinfxonada zerikishi, yoki til bilish darajasi past talabalarning mavzuni tushunmasligi kabi muammolarni hech qaysi til o`qituvchisi inkor eta olmaydi. Aylanma yondashuvda esa har bir talabaga individual yondashiladi va sifxonalarga oldindan mazmunni o`rganib tayyor bo`lib kelgan talabalarda tabiiy holda o`z bilimiga bo`lgan ishonch paydo bo`lib, sinfxonada tabiiy kommunikatsiya shakllanadi .
Zamonaviy metodlar o’quvchilarning chet tilida erkin so’zlashish iste’dodlarini shakillantirish bilan birga, ularning tanqidiy fikirlash (critical thinking) va jamoa bo’lib ishlash (team work) qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ko’pgina yuqori sinf o’quvchilari sinf oldida o’z fikirlarini erkin bayon etishga, ingliz tilida so’zlashga uyalishadi yoki qo’rqishadi. Qo’rquvning asosiy sababi esa o’ziga bo’lgan ishonchsizlik va yetarli bilim-ko’nikmalarga ega bo’lmaslikdir.
O’quvchilardagi bu qo’rquvini yengish uchun darslarda kommunikativ o’yinlar va mashg’ulotlarni o’z vaqtida hamda to’g’ri qo’llash yuqori natijalar beradi. Quydagi mashiqlar ko’pgina yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida, shuningdek boshlang’ich sinflarda ham katta qiziqish bilan o’ynaladi. (Boshlang’ich sinflarda ushbu o’yinlarni soddaroq so’zlar va xarakatlar bilan qo’llash mumkin.) Siz xam ularni o’z darslaringizda qo’llab, mamnun bo’lasiz degan umitdaman. Yes/No or Who am I? Ha/yo’q yoki Men kimman? O’yin maqsadi: og’zakki nutqni rivojlantirish, sifatlardan foydalangan xolda to’g’ri savol tuzish, insonlarni va turli kasblarni tasvirlashni o’rganish; Kerakli jihozlar: tayyor rasimlar yoki bo’r va doska;
O’yinning borishi: bu o’yinda bir ishtirokchi (volunteer student) doskaga chaqiriladi, u yuzini o’quvchilarga, belini esa doskaga qaratib stulga o’tiradi. Dars mavzusiga qarab biror kasb yoki mashxur inson nomi (istasangiz rasmi) doskaga yoziladi. Misol uchun “Djeki Chan” (kino yulduzi), “a doctor”. O’tirgan o’quvchi sinfga savollar berib o’zining kimligini aniqlashi kerak. Sinf esa faqatgina Ha yoki Yo’q deb javob bera oladi. Yoshroq o’quvchilar bilan “What is it?” sifatida biror xayvon yoki predmetlarni tasvirlash xam mumkin. A pupil (volunteer): Am I an actor? Class: Yes A pupil: Am I tall? Class: No A pupil: Am I from US? Class: No Vocabulary Rounds So’zlar Aylanmasi O’yin maqsadi: o’tilgan mavzu bo’yicha so’zlarni mustahkamlash, so’zlarga to’g’ri izzoh berish, o’quvchilarning tasvirlash qobilyatini oshirish; Kerakli jihozlar: so’zlar yozilgan kartochkalar; O’yinning borishi: o’quvchilar soniga qarab, o’quvchilar 3 yoki 4 guruhga bo’linadilar. Har bir guruhga bir xilda 10 ta va undan ortiq kartochkalar berilda. Kartochkada asosiy so’z va uni anglatuvchi bir nechta yordamchi so’zlar yozilgan bo’ladi. Har bir guruhdan bir ishtirokchi barcha kartochkalarni oladi, ularni boshqalarga ko’rsatmagan holda guruh a’zolariga faqatgina yordamchi so’zlarni o’qib beradi. Guruh a’zolari asosiy so’zni topshlari kerak. Agarda yordamchi sozlar yetarli bo’lmasa o’qayotgan o’quvchi yana qo’shimcha tushuntirishlar kiritishi mumkin. Shunday qilib qaysi guruh birinchi bo’lib barcha so’zlarni tushuntirib va topa olsa, shu guruh g’olib bo’ladi. O’qituvchidan guruhlarni haqqoniy o’ynayotganliklarini kuzatib borish talab qilinadi.
A Minute Talk Bir Daqiqalik Suhbat
O’yin maqsadi: O’quvchilarning so’zlashish maxorati, tez va to’g’ri ijod etish qobiliyatini rivojlantirish;
Kerakli jihozlar: mavzu yozilgan kartochkalar; (Winter, Rain, Friendship, Family…)
O’yinning borishi: sinfdan ikkita o’quvchi doskaga chaqiriladi, bunda avval eng yaxshi o’quvchilardan, so’ngra so’zlashishga qiynalayotgan o’quvchilarni taklif qilish joiz. O’yin musobaqa tarzida o’tkaziladi. O’quvchilar bittadan kartochka (mavzu) oladilar, ularga bir daqiqa tayyorlanish uchun vaqt beriladi. Qaysi o’quvchi tayyor bo’lsa shu o’quvchi boshlaydi, u o’zi tanlagan mavzusi bo’yicha bir daqiqa davomida to’xtamasdan, mavzudan chetlashmagan holda gapirishi lozim.
Family I have a big family.
I live with my mother, father, grandmother, sister and brother. My family is very friendly. I like my family. We often watch TV together. We like to go to the cinema or to the park on our weekends. ….

Download 113,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish