17-19-mavzu. Kitob. (3 soat, A1+ 4 soat)
Lug‘at: kitoblar, kutubxona, she’rlar, ertaklar, qahramon, hikoya, kitob, do‘st, ko‘p narsa, varaqlari, ehtiyot kabi tayanch so‘zlar;
rangli, rasmli, qiziqarli, yangi kabi belgi bildiruvchi so‘zlar; o‘qiymiz, yod olamiz, so‘zlab beramiz, yirtmang, asrang, buklamang, o‘rganamiz, ehtiyot qiling kabi faoliyatni bildiruvchi so‘zlar;
haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari (1 soat);
-gan qo‘shimchasi va uning birlik sonda tuslanishi (2 soat).
Nutq namunalari: Maktabimizda kutubxona bor. Kutubxonada har xil kitoblar ko‘p. Biz ertak, hikoya kitoblarni qiziqib o‘qiymiz.“Uch og‘a-ini botirlar” haqidagi ertakni o‘qiganmisan? Yo‘q, bu ertakni o‘qimaganman. Bu kitob kutubxonamizda bormi? Ha, kutubxonada bor.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid yangi so‘zlar, sodda savol, gaplarni, suhbatlarni tushunish; o‘qilgan ertak, hikoya yoki ko‘rilgan film mazmunini so‘zlab bera olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |