Qayerda? Qayerga? so‘roqlari (1 soat); X va H tovushlari.(1 soat)
Nutq namunalari: Biz uch xonali uyda yashaymiz. Xonalarga keng dahlizdan kirasiz. Oshxonamiz o‘ng tomonda, mening xonam esa chap tomonda. Uyimiz juda shinam va yorug‘. Sizni uyimizga taklif qilamiz. Qachon biznikiga kelasiz?
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid berilgan savollarni tushunib, ularga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish, topshiriqlarni yoza olish.
11-13-mavzu. Bog‘da. (3 soat, A1+:4 soat)
Lug‘at: bog‘, dala, hovli, daraxtlar, olma, uzum, anor, nok, ko‘chat, bog‘bon kabi mavzuga oid tayanch so‘zlar; shirin, achchiq, suvli, suvsiz kabi belgi bildiruvchi va parvarish qiladi, sug‘oradi, o‘tqazadi, teradi kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar ( 1 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |