Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish, topshiriqlarni yoza olish.
4-6-mavzu. Qadrdon maktabim. (3 soat, A1+4 soat)
Lug‘at: maktabimiz, o‘qituvchi, sinfdoshim, ikki qavatli, oshxona, sport zali, sinf, parta, stol, stul, kitob javoni, kiyim javoni kabi tayanch so‘zlar; katta, yorug‘, keng, ozoda, chiroyli kabi belgi bildiruvchi va o‘qiymiz, yozamiz, qo‘shiq aytamiz, dars tayyorlaymiz kabi harakatni bildiruvchi so‘zlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |