Nazorat ishi: test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun. (1 soat, A1+: 2 soat)
23-25-mavzu. Do‘konda. (3 soat, A1+: 4 soat)
Lug‘at: do‘kon, ust kiyim, oyoq kiyim, ipak mato, paxtali, tugmali, yoqali, ko‘k rangli, kiyaman, yoqtiraman, yarashadi kabi tayanch so‘zlar.
-dan qo‘shimchasi, kimdan? qayerdan? qachon? so‘rog‘i (1 soat).
-qanday? so‘rog‘i (1 soat), “sifat+ot” qolipidagi so‘zlar (1 soat).
Nutq namunalari: Otam bilan kiyim do‘koniga bordim. Bu ko‘ylak ipak matodan ekan. Shu ko‘ylakni sotib oldik.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: do‘kon, savdo-sotiq mavzusiga oid so‘zlarni, matnlarni tushunish, savollarga javob berish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qilish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, sodda yig‘iq gaplar tuza olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |