26-27-mavzu. Maktab oshxonasi. (2 soat, A1+:3 soat)
Lug‘at: maktab oshxonasi, oshpaz, milliy taomlar, choy, sharbat, non, somsa, sho‘rva, chuchvara, palov, kabob, manti, shirin, mazali, bemaza, sho‘r, tuzsiz, achchiq, ovqatlanamiz, ichamiz, yeymiz kabi tayanch so‘zlar.
Nutq namunalari: Tanaffusda maktab oshxonasiga kirdik. Men somsa bilan choy oldim. Anvar palov oldi. Palov juda mazali ekan.(1 soat).
Nima? Nimani? Nima qilasiz? so‘roqlari (1 soat); Sifat+ekan tuzilishli fe’l shakllari (1 soat).
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Tinglab tushunish va so‘zlash: mavzuga oid tayanch so‘zlar, berilgan savollarni, shu mavzudagi kichik matnlarni tushunish, savollarga javob bera olish.
Talaffuz qilish, o‘qish va yozish: mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qila olish, ularni nutqda belgi va faoliyat bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llab, gaplar tuza olish. Shu mavzuda berilgan gaplar va matnlarni o‘qish va topshiriqlarni yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |