Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика


MAXSUS MAKTABDA TA‟LIM MAZMUNI, MAQSADI VA



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

MAXSUS MAKTABDA TA‟LIM MAZMUNI, MAQSADI VA 
VAZIFALARI 
Z. Mamarajabova TDPU dotsenti,
N.Sh. Nuriddinova TDPU talabasi
Kar bolalar maktabida ta‘lim mazmuni deganda ta‘lim jarayonida o‗quvchilar 
egallab olishlari lozim bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalarning ma‘lum bir hajmi 
va tizimi tushuniladi. Ta‘lim mazmunini takomillashtirish o‗rganilayotgan 


107 
fanlarning ro‗yxati, har bir o‗quv fani bo‗yicha material hajmini aniqlash o‗quv 
dasturlari va darsliklarda ortiqchalarini chiqarib tashlash, asosiy tushuncha va 
g‗oyalarni aniq yoritib berish, o‗quvchilar egallashi lozim bo‗lgan ko‗nikma va 
malakalarning eng muvofiq hajmini belgilash yo‗li bilan amalga oshiriladi. Ta‘lim 
mazmuni o‗quv rejasi, o‗quv dasturlari va darsliklarda yoritilgan. 
Kar bolalar maktabining o‗quv rejasi. O‗quv rejasi davlat tomonidan 
tasdiqlangan hujjat bo‗lib, asosiy o‗quv fanlari belgilanadi. Unda o‗quv yillari 
bo‗yicha fanlarni o‗qitish tartibi, ketma-ketligi, har bir o‗quv faniga ajratilgan soatlar 
soni ko‗rsatilgan bo‗ladi.O‗quv rejasini tuzishda kar o‗quvchilarning yosh 
xususiyatlari, ularning umumiy va nutqning rivojlanish darajasi e‘tiborga olinadi, 
O‗quv rejasida kar bolaning umumiy va mehnat ta‘limining o‗zaro bog‗liqligi nazarda 
tutiladi. 
Karlar maktabida fanlar umumta‘lim maktablaridagidek bo‗lib, faqat musiqa 
va chet tili darslari o‗tilmaydi. Boshlang‗ich sinflarda esa maxsus o‗quv fani – fanli-
amaliy ta‘lim kiritilgan. Umumta‘lim maktablaridan farqli karlar maktabining o‗quv 
dasturida umumiy soatlar soni va ularning o‗quv fanlariga ajratilishida tafovutlar 
mavjud. Har bir o‗quv fanini o‗rganishga vaqtni taqsimlashda ushbu fanning 
karlarga umumiy va kasb ta‘limi berish tizimidagi ahamiyati va o‗rni, shu kurs 
bo‗yicha nazariy ma‘lumotlar va amaliy ishlar hajmi, shuningdek, ularni kar 
o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirish xususiyatlari e‘tiborga olinadi.. Kar bolalar 
maktabining o‗quv rejasi maxsus bo‗lib, ya‘ni eshitishni rivojlantirish bo‗yicha 
yakka-yakka ishlar va talaffuzni shakllantirishning kiritilganligi bilan xarakterlanadi. 
Maxsus korreksiyalash mashg‗ulotlari 0-5 sinflarida har bir o‗quvchi bilan yakka 
holda, 6-11-sinflarda esa guruhlarda olib boriladi (2-3 bola bilan). Kar bolalar 
maktabining o‗quv rejasi tushuntirish xati va o‗quv yuklamasining taqsimlanishidan 
iborat. Tushuntirish xatida o‗quv yilining tuzilishi belgilanadi (choraklar va 
ta‘tillarning ketma-ketligi, muddati), shuningdek, tashkiliy masalalar yuzasidan 
tavsiyalar beriladi. 
Kar bolalar maktabining o‗quv dasturlari. O‗quv dasturlari o‗quv rejasi asosida 
har bir fan uchun tuziladi. Dasturlarda har bir fanni o‗qitishdan maqsad, uning 
mazmuni, bolalar egallashi kerak bo‗lgan bilim, ko‗nikma, malakalar yoritib 
beriladi, o‗quv yillari bo‗yicha fanni o‗rganish tartibi ko‗rsatiladi. Kar bolalar 
maktabining boshlang‗ich va o‗rta sinflari maxsus dasturlar bo‗yicha, yuqori sinflari 
umumta‘lim maktablari dasturlari bo‗yicha ishlaydi. Kar bolalar dasturlari umumiy 
pedagogik talablar asosida tuziladi. Shu bilan birgalikda, kar bolalar tomonidan 
har bir o‗quv fani bo‗yicha bilimlarni egallash va amaliy ko‗nikma va malakalarni 
shakllantirish xususiyatlari e‘tiborga olinadi. Dasturlarda u yoki bu bo‗limni o‗rganish 
jarayonida kar bolalar tomonidan egallanishi lozim bo‗lgan nutq materialining hajmi 
va xarakteri ko‗rsatiladi. 
Kar bolalar maktablari darsliklari. O‗quv rejasi asosida va o‗quv dasturlariga 
muvofiq har bir fan bo‗yicha darsliklar tuziladi va ularda tizimli tarzda o‗quv fani 
mazmuni bayon etiladi. Darslikning asosiy vazifasi – kar o‗quvchilarning darsda 
olingan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishdir. Kar bolalar uchun maxsus 
maktablarning darsliklarini tuzishda umumiy pedagogik va maxsus talablarni 
e‘tiborga olish zarur. Maktab darsliklarining mazmuni ta‘lim maqsadlari, maktab 


108 
vazifalari, o‗quv dasturlariga, ilm-fan, texnikaning zamonaviy yutuqlari, fanlararo 
bog‗lanishlariga mos kelishi lozim. Unda asosiy ilmiy g‗oyalarning, nazariya, qonun 
tushunchalarining mohiyati yoritilishi, hayot bilan bog‗liqligi ochib berilishi kerak. 
Darslikning metodik apparati kar o‗quvchilarda o‗rganilayotgan materialga 
qiziqish uygonishini rivojlantirishga, ularni ijodiy faollashtirishga, nazariy va amaliy 
malakalarni shakllantirishga qaratilishi lozim. Metodik apparatda asosiy matnga 
kiritilgan yangi so‗zlar yuzasidan olib boriladigan lug‗at ishlari berilgan. Kar bolalar 
zamonaviy umumta‘lim maktablari umumiy pedagogikada asoslab berilgan didaktik 
tamoyillar tizimi, ilmiylik, onglilik va faollik, tushunarlilik, ko‗rgazmalilik, 
puxtalik, yakka yondashish, izchillik va muntazamlik, nazariyaning amaliyot bilan 
bog‗liqligi va boshqa tamoyillari bo‗yicha ish olib boradi.
Ilmiylik tamoyili. Ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta‘minlash uchun 
kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga 
olgan holda eng muhim ilmiy ma‘lumotlarni tanlab olish kerak. O‗quvchilarning 
idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o‗quv 
mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borish jarayonida 
kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to‗g‗ri aniqlash o‗quvchilarning idrok 
qilish imkoniyatlarining kengayib borishiga, o‗quv materialini izchillik bilan 
murakkablashib borishiga yordam beruvchi eng optimal metodik turni tanlab olishga 
imkon beradi. Bu o‗quvchilarning aqliy taraqqiyotining asta-sekin ko‗tarilishiga va 
ilmiy bilimlarni chuqurroq o‗zlashtirib olishga imkon beradi. O‗quv materialining 
ilmiyliligi tushunarli bo‗lish bilan uyg‗unlashishi kerak. Bunga uni o‗quvchilarning 
aqliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek, ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan 
erishiladi. 
Bilimlar 
mazmunining 
tushunarliligi 
kichik 
yoshdagi 
maktab 
o‗quvchilarida o‗qishga qiziqish uyg‗otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga
taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni еchishga majbur qiladi. 
Kar o‗quvchilarni o‗qitish jarayonida nazariyani amaliyot bilan bog‗lash 
tamoyili. Nazariyani amaliyot bilan bog‗lash o‗quvchilarni amaliy masalalarni hal 
qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi. Bu o‗quv 
materiallarini o‗zlashtirishda uning sifatini ko‗taradi. Bu tamoyil mehnat ta‘limi va 
o‗quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat 
kasb etadi. O‗qitishda nazariya bilan amaliyotning bog‗lanish xarakteri o‗quv 
fanining mazmuni bilan taqozo qilinadi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish