Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/119
Sana24.02.2022
Hajmi2,06 Mb.
#206625
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Bog'liq
5297 252 Дефектологоия тўплам (респ-ка) (1)

 
 
BOSHLANG„ICH SINF О„QISH DARSLARIDA О„QUVCHILARNING 
IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH 
G. Mamatova TDPU  
huzuridagi XTXQTUMOHM 
katta о„qituvchisi 
Boshlang‗ich ta‘lim jarayonida о‗qish ta‘limining ahamiyati beqiyosdir. Bu 
ta‘lim jarayoni о‗quv fanlarini о‗qitish samaradorligi va sifatini belgilaydi.
Zamonaviy o‗qish ta‘limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini 
kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, о‗z fikrlarini og‗zaki va yozma ravishda 
ravon bayon qila olishga, jamiyat a‘zolari bilan erkin muloqotda bо‗la olish kо‗nikma 
va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan bо‗lishi lozim. 
О‗quvchilarni san‘at olamiga olib kirish natijasida ularda bir qator ruhiy 
imkoniyatlar tarkib topadi. Bunday ruhiy imkoniyatlardan biri – faraz qila olish 
imkoniyatidir. Chunki, bolada faraz qila olish kо‗nikmasi shakllanmas ekan, unda 
ijodiy tafakkur va yuksak darajadagi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish mumkin emas. 
Shu bilan bir qatorda, faraz qila olish kо‗nikmasi inson faoliyatining barcha 
sohalarida muvaffaqiyatni ta‘minlaydi. 
Maktab ta‘limi, asosan, bolaning mantiqiy tafakkuriga asoslangan holda ish 
kо‗rishi lozim. Bunda obrazli tafakkur mantiqiy tafakkurning bir qadar past va oddiy 
shakli ekanligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Shu bilan bir qatorda, obrazli 
tafakkur kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurining asosiy shaklidir. Shuning 
uchun ham, obrazli tafakkur boshlang‗ich sinf о‗quvchilariga chizmalar, modellar, 
atrof-muhitdagi turli jismlar yordamida bilimlarni puxta о‗zlashtirish imkonini 
beradi. Shu asosga kо‗ra, boshlang‗ich ta‘lim mazmunida bolalarning tasavvurini va 
ijodiy tafakkurini о‗stirishga qaratilgan, muayyan maqsadga yо‗naltirilgan о‗quv 
materiallari ajratilishi lozim. 


100 
Bugungi kunda о‗qish darslarining mazmuni va shakllarining zamon talablari 
asosida о‗zgarib, takomillashib borishini о‗qituvchi va о‗quvchining hamkorligisiz
tasavvur qilib bо‗lmaydi. Negaki ularning birgalikdagi amaliy faoliyati tufayligina 
sog‗lom ijodiy muhit uchun zamin yaratilishi mumkin. Shunday sharoitda о‗quvchi 
egallashi kо‗zda tutilgan bilim, kо‗nikma va malakalarni mustaqil holda о‗zlashtira 
boradi. Shu jarayonda о‗quvchi о‗z bilimlariga tayangan holda о‗qigan badiiy asarlari 
yuzasidan tegishli xulosalar chiqaradi. Ammo har bir о‗quvchida bilimlarni ixtiyoriy, 
faol, ongli ehtiyoj sifatida qiziqish va intilish bilan egallash tuyg‗usini uyg‗otmay 
turib, kо‗zlangan natijaga erishib bо‗lmaydi. Xilma-xil badiiy asarlarga baho berishda 
о‗quvchi birinchi galda о‗z ruhiyati va hissiyotlariga tayanadi. 
Boshlang‗ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash 
o‗quvchilarning ijodiy tafakkurini o‗stirishga, ularda jonlantirish, o‗xshatish, 
mubolag‗a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga 
yordam beradi. 
O‗qish ta‘limi bo‗yicha o‗quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida 
dastur talablariga javob berib bo‗lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy 
g‗oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har 
qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab 
еtilganda o‗quvchi diqqatini o‗ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy 
tushunchalarni o‗zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. 
Asar tahlili jarayonida o‗qituvchi savollariga o‗quvchilarning o‗z so‗zlari bilan 
javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy 
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‗g‗ri baholashga yaqindan yordam 
beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‗lmasdan, qat‘iy maqsad asosida izchil 
berilishi o‗quvchilarning o‗qilgan matn mohiyatini chuqur anglab еtishlariga imkon 
yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. 
O‗qish darslarida masal janriga oid asarlarni o‗rganishda bolalarning ijodiy 
tafakkurini shakllantirishga yaxshi shart-sharoitlar yaratish mumkin. 
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan 
aksariyat kichik she‘riy, ba‘zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar 
masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o‗simliklar dunyosiga 
ko‗chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo‗lishidan tashqari, kulgili savol-
javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko‗pincha masalning kirish 
qismida, ba‘zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi. 
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo‗ndaligi, soddaligi, o‗tkirligi 
va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta‘sir qiladi. Bular o‗quvchilar nutqini 
o‗stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-
harakatlari, fe‘l-atvorlari, nutqiy o‗ziga xosliklari o‗quvchining diqqatini o‗ziga jalb 
qiladi. 
3-sinf ―O‗qish kitobi‖da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo„chqorbekov), “Chumoli va 
Tipratikan”, “O„jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “Chayondan so„radilar” kabi 
masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham 
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar 
arqondan bo‗shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar 


101 
buzoqcha ham to‗dasidan ajralib, bo‗riga duch keladi, ya‘ni ko‗ngilsiz voqea yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 
4-sinf «O‗qish kitobi»da berilgan Sh. Sa‘dullaning ―Laqma it‖ masalida it 
markaziy timsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo‗roz, tovuq va kurkalar timsolini it 
birlashtirib turadi. Shuning o‗ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi 
timsollarning xarakter-xususiyatini bilishni talab etadi. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang‗ich sinf o‗qish darslari o‗quvchilarning ijodiy 
tafakkurini rivojlantirishda еtakchi o‗rinni egallaydi. Shu bilan birga o‗quvchining 
ijodkorligi o‗qituvchining kasbiy kompetentligini belgilab beradi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish