Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit


Inson demografiyasi va uning o'zgarishi



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Inson demografiyasi va uning o'zgarishi
. Toshko‘mir davrida iqlim 
omillarining og'irligi, ozuqaning yetishmasligi, katta va yirtqich hayvonlarning 
xavfi, turli xil kasalliklar, epidemiyalar shu davrdagi inson umrining qisqaligiga 
sabab bo'lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, shu vaqtda neandertallar 30 yil, muzlik 
davridan keyin va mezolitda Homo sapien biroz uzoqroq yashagan. Ular yashagan 
joylarda inson soni kam bo'lib, og'ir ekologik sharoit ta'sirida bolalarning ko‘plab 
o'limiga sabab bo'lgan. 


43 
Mezolit davrida, taxminan bundan 300000 yil avval insonlar soni 1 mln. ga 
yetadi. Vlar Yevroosiyo hududlarida yashaydi. Paleolit davri oxirida, bundan 
25000 yillarcha avval neandertalitslar va kromanonslar bir vaqtda yashaganlar, ular 
soni 3 mln. dan ortgan (Klauzeevitu, 1988). 
Eramizdan 8000 yillar avval dunyodagi odamlar soni 5 mln. atrofida, bizning 
sanamiz boshlangunga qadar aholi soni 250 mln. ga yetadi. Shundan 16 asr 
o'tgandan keyin bu son 500 mln. ga ko‘tariladi. Bu sonning 1850-yili 1 mlrd. ga 
yetishi uchun insoniyatga 250 yil rivojlanish kerak bo'lgan. Dunyoda insonlar soni 
1930-yili 2 mlrd, 1960-yili 3 mlrd., 1986-yili 5 mlrd., hozirgi kunda 6,2-6,3 mlrd. 
atrofida. 1930-yildan shu kungacha yevropaliklar 100 mln. ga, Osiyo aholisi esa 
1mlrd. ga ko‘paygan.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha aholi soni yilga 90 mln.ga kupaymoqda. 
Taxminlarga qaraganda, 2012-yilda Yer yuzida 7 mlrd, 2050-yili esa 13 mlrd. 
aholi yashaydi. Yer yuzida aholi soni o'sishi bilan ularning tabiiy muhitga salbiy 
ta'siri, muhitning ifloslanishi ortib boradi, tabiiy boylik ko‘plab sarflanadi, isrof 
bo'ladi, inson salomatligiga turli xavflar tug'iladi.
Biosferada insonlarning ozuqa manbalari.
Insoniyat ham biosferadagi 
boshqa tirik organizmlar kabi ozuqaga muhtoj bo'lgan. Agar o'tgan ming 
yilliklarda inson o'ziga og'ir mehnat bilan ozuqa topgan bo'lsa, uning keyingi 
rivojlanish tarixida ham qattiq qish, suv toshqinlar, yong'in, qurg'oqchilik kabi 
tabiiy ofatlar unga ochlik va ko‘plab o'lim olib kelgan. Masalan, ozuqa 
mahsulotlari yetishmasligidan jahonning ko‘p mamlakatlarida ocharchilik bo‘lgan; 
o'tgan asrda ochlikdan 100 mln. xitoyliklar va 50 mln. hindlar o'lgan. 1992-93-
yillar Afrikaning faqat Samali davlatida 2 mln. dan ortiq aholi ochlik azobini 
tortdi, ularning qanchasi hayotdan ko‘z yumdi. 1980-yildan boshlab, jahonning 71 
rivojlanayotgan mamlakatlarida 1,4 mlrd. odam ochlikda yashagan, shundan 420 
mln. ocharchilikda, 850 mln. to'yib ovqat yemagan, undan tashqari 780 mln. juda 
kambag'al bo'lib, ozuqa, joy, kiyim olishga imkonsiz bo‘lgan. UIarni to'ydirish 
uchun 30-50 mln. t g'alla kerak bo‘lgan.


44 
Ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda Yer yuzi aholisining 2/3 qismi sifatli 
ozuqaga ega emas, undan tashqari 50% aholi to'yib ovqatlanmaydi, 25% aholida 
doimiy ochlik bo'lsa, har yili 10-30 mln. odam ochlikdan o'ladi. Shu sababli o'sib 
borayotgan aholi sonini ozuqa mahsulotlari bilan ta'minlab bo'ladimi yoki yo'qmi, 
degan muhim muammo turibdi. Birlashgan millatlar tashkilotlari qoshida xalqaro 
birlashgan koordinatsion guruhning ma'lumotiga ko‘ra, Yer yuzida yetishtirilgan 
va dengizlardan olingan ozuqa mahsulotlari asosida 31,5 mlrd. aholini boqib 
bo'ladi. Rus iqtisodchisi K.Malinning hisoblariga ko‘ra, quruqlikka faqat madaniy 
o'simliklar ekilsa, ular hosili bilan 50 mlrd. aholini boqish mumkin. Bunga dengiz 
mahsuloti va bir hujayrali suvo'tlarni ko‘paytirib, ular mahsulotidan keng 
foydalanilsa, sayyorada 290 mlrd. odamni ozuqa bilan ta'minlasa bo'ladi, degan 
ilmiy taxminlar mavjud.
Yengil va tez hazm bo'ladigan va baliqlardan olinadigan oqsil mahsulotlar
dengiz suvo'tlari ozuqaning ko‘p qismini tashkil qilinishi bashorat qilinmoqda. 
Oziq-ovqatga bo'lgan talabning ortib borishini hisobga olgan holda gen injineriyasi 
va 
biotexnologiya 
fan 
yutuqlaridan 
keng 
foydalanish 
lozim. 
Turli 
mikroorganizmlar yuqori sifatli oqsil moddalar hosil qiladi, shu sababli ular ham 
ozuqa manbaida ma'lum o'rin egallaydi. Agar 250 kg og'irlikdagi sigir hammasi 
bo'lib 250 g oqsil moddasi bersa, 250 kg og'irlikdagi achitqi zamburug'lari 650 kg 
oqsil hosil qiladi.
Oqsil muammosini hal qilishda dukkakli o'simliklardan olinadigan oqsillar 
aholini ozuqa bilan ta'minlashda katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari qishloq 
xo'jaligida turli kimyoviy moddalar, shu jumladan, o'g'itlarini ishlatish yo'li bilan 
yuqori hosildorlikka erishish mumkin. 
Bundan 10 yillar old in dunyo bo‘yicha g'alla yetishtirish: bug'doy 443 mln. t, 
guruch 397,5 mln. t, jo'xori 394,2 mln. t, kartoshka 227,3 mln. t, go'sht 
mahsulotlaridan mol go'shti 46,6 mln.t, cho'chqa go'shti 55,3 mln.t, qo'y go'shti 7 
mln.t tayyorlangan.
Inson har oyda o'z og'irligiga teng ozuqa iste'mol qiladi. Hisoblarga ko‘ra, 
insonga bir kunda 630-750 g bug'doy 2410 kkal, bir yilda esa 200-274 kg bug'doy 


45 
kerak bo'ladi. Bu mahsulotni yetishtirish uchun dehqon har bir gektar yerdan 5 t 
atrofida hosil olib, yiliga 17 odamni boqishi lozim.
Hozirgi kunda quruqlikning kerakli joylaridan yaxshi foydalanilsa, 10 mlrd. 
odamni ozuqa bilan ta'minlash mumkin. 
Sayyora katta, undan foydali yerlar maydoni 13,5 mlrd. gektarga yetadi. 
Shundan 1,4 mlrd. ga madaniy yerlar (ekinzorlar, bog'lar), 1,1 mlrd. ga yer 
buzilgan, o'simliklar o'stirish uchun keraksiz bo'lib qolgan, tejamasdan ishlatilgan 
maydonlar 4,4 mlrd. ga cho'l, yarim cho'l, Arktika, Antarktika, yuqori tog'li cho'llar 
maydoni 3,3 mlrd. ga ga teng, 1 mlrd. ga cho'llarga qo‘shilgan. Yer sharida 2,6 
mlrd. ga o'tloqzorlar bor, shundan 300 mln. ga buzilgan, sho'rlangan, foydasiz 
holga kelgan. Foydali madaniy yerlarning 50% i hosildorlik qatlamini yo'qotgan, 
600-700 mln. ga yer eroziyaga uchrab, mahsuldorligi past bo'lib qolgan. Yer yuzi 
bo‘yicha o'zlashtirilmagan 0,4-0,9 mlrd. ga yer qolgan, xolos.
Dengiz va okeanlar mahsuloti ham inson ozuqa manbasi asosi hisoblanadi. 
Agar 1960-1970-yillar dengizlardan 40,2 mln. dan 70,5 mln. t mahsulot yig'ib 
olingan bo'lsa, o'rtacha yig'ilgan mahsulot yiliga 5,8% ga ortib borgan. Keyingi 
yillarda mahsulotlar olish kamaygan. Faqat Atlantik okeanidan keyingi 10-15 yil 
ichida baliq ovlash 1,2 mln. t ga kamaygan.
Ichki suv havzalar (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, baliqchilik hovuzlari) 
ham baliq mahsulotlari beradi, lekin ozuqa manbasi hamma joylarda ham bir xil va 
yuqori emas, ayniqsa, O'zbekistonda baliq kam. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish 
uchun landshaftlarni buzish, ekinzorlarda ko‘plab o'g'itlarni ishlatish ekosistemalar 
turg'unligini buzdi. O'rmonzorlar maydoni qisqardi, tabiiy suvlarning umumiy 
oqimi o'zgarib, katta hududlarda suvdan foydalanish yo'ldan chiqdi, ekinzorlami 
begona o'tlar bosdi, tuproq unumdorligi pasaydi, eroziyaga uchradi, tuproqdan juda 
katta texnika kuchi yordamidagina hosil olinadi. Natijada ketgan xarajat olingan 
hosil qiymatidan yuqori bo'ladi.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi qo'llanilgan 60 dan ortiq kimyoviy 
birikmalarga ekinzorlarda uchraydigan ko‘pchilik organizmlar, shu jumladan, 400 
dan ortiq hasharot turlari chidamli bo'lib qolgan. Eng kuchli zaharli moddalar ham 


46 
ularga ta'sir qilmay qo'ygan. Zararkunanda va kasallik qo'zg'atuvchilarning ushbu 
moddalarga nisbatan moslachuvchanlikning paydo bo'lishi natijasida ekinzorlarda 
zararkunandalar borgan sayin ko‘payib, foydali o'simliklar hosilining kamayishiga 
sabab bo'lmoqda. Ularga qarshi zaharli moddalarni qo'llash ekologik tenglikni 
buzadi, tuproq, suvni zaharlaydi, yetishtirilgan ozuqa mahsulotlari ekologik toza 
bo'lmaydi, u o'z navbatida insonlar salomatligi yomonlashishiga olib keladi, turli 
kasalliklar paydo bo'lib, o'lim ko‘payadi va hk.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish