Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit


Biosferada bayotning paydo bo'lisbi



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Biosferada bayotning paydo bo'lisbi
. Hayot organik moddalarning 
aylanishi asosida kelib chiqqan, ya‘ni ularning hosil bo‘lishi (sintezi) va buzilishi 
(destuksiya) jarayonlarining o‘zaro munosabatlari sharoitida yuzaga kelgan. Bu 
moddalarning umumiy geologik aylanishidan biotik almashinishning ajralishishi 
natijasida ro‘y berdi. Yerda hosil bo‘lgan tirik moddalar, uning barcha elementlari 
yirik moddalar almashinishiga jalb etiladi. Shu tariqa hozirgi davrgacha davom 
etib kelayotgan biosferaning shakllanishi jarayoni boshlangan. 
Biosferada evolutsiyasi ikki omil ta'sirida yuzaga kelgan, ya'ni:· 1. allogen 
(tashqi) omillar - geologik va iqlimiy o'zgarishlar natijasida; 2. autogen (ichki) 
jarayonlar – faqat tirik komponentlar ishtirok etishi natijasida. Ushbu omillarning 
harakati va o‗zaro ta‘siri natijasuda tur ichida, turlararo va biosfera darajasida 


28 
biologik xilma-xillik shakllanadi. Bunda evolutsion o'zgarish va tabiiy tanlanish 
rol o'ynaydi, ayniqsa: 1) koevolutsiya, ya'ni biri-biriga qaram avtotrof va geterotrof 
organizmlar tanlovi; 2) guruhlik tanlovi yoki sistemalar tanlovi (guruh) uchun 
foydali belgilarning saqlanib qolishida ahamiyati katta bo'ladi.
Olimlarning fikricha, bundan 2-3 mlrd. yil avval Yerda hayot paydo 
bo'lganida atmosfera tarkibida azot, ammiak, vodorod, uglerod oksidi, metan va 
suv bug'lari bo'lgan, lekin kislorod bo'lmagan. Ko‘rsatilgan gazlardan tashqari 
atmosferada tirik organizmlar uchun zaharli gazlar ham bo'lgan. Kislorodning 
yo'qligi tufayli ozon qatlami ham bo'lmagan va ultrabinafsha nurlar Yer hamda 
okeanlar yuzasiga yetib kelgan. Ular kimyoviy evolutsiyani yuzaga keltirib, 
murakkab organik molekula (aminokislotalar)ning kelib chiqishiga sabab bo'lgan, 
natijada juda sodda tirik sistemalar paydo bo'lgan. Abiotik jarayonlarda hosil 
bo'lgan oz miqdordagi kislorod, ultrabinafsha nurlar ta'sirida yetarli darajadagi 
ozon qatlamini paydo qilib, birlamchi organizmlarni ultrabinafsha nurlarning 
salbiy ta'siridan saqlagan.
Ma‘lumki, Yer yuzidagi birinchi tirik organizmlar achitqi zamburug'larga 
o'xshagan anaeroblar bo'lib, nafas olish uchun energiyani achish jarayonidan olgan. 
Birlamchi sodda organizmlar bir hujayralik holatdan yuqoriga evolutsiya qila 
olmagan. Ular (prokariotlar)da yadro bo'lmagan, oziqlanishi ham chegaralangan. 
Suv havzalari tagiga asta-sekin cho'kkan organik moddalar hisobiga oziqlangan. 
Shu vaqtdagi organizmlar suv yuzasiga ko‘tarilmagan, sababi, suv yuzasi kuchli 
radiatsiya ta'sirida bo'lgan. Hayot shu tarzda noqulay sharoitda million-million 
yillar davom etgan.
Organizmlar faoliyati natijasida suv muhitida erigan kislorod miqdorining 
asta-sekin ko‘payishi, bundan 2 mlrd. yil oldin uning atmosferaga diffuziya bo'lishi 
Yer tabiatida o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, hayotning keng tarqalishiga va 
eukariot (yadroli) organizmlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ulardan o'z 
navbatida ancha katta va murakkab sistemalar paydo bo'ladi. Suvdan ko‘p 
minerallar (masalan, temir) cho'kmaga tushib, geologik formatsiyalarni hosil 
qiladi. Atmosferadagi ozon qatlami qalinlashib, ultrabinafsha nurlardan tirik 


29 
organizmlar saqlanishiga katta imkon tug'iladi va hayot dengizlarning yuza 
qismida ham tarqala boshlaydi va suv yuzasida ―yashil quruqlik‖-hayot hosil 
bo'ladi. Aerob yo'l bilan nafas olish ko‘p hujayrali organizmlarning rivojlanishiga 
olib keladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, atmosferada kislorodning miqdori 3-4% (yoki 
atmosferaning 0,6% qismi) bo'lganda, bundan 1 mlrd. yillar avval yadroli 
hujayralar paydo bo'lgan (hozir atmosferada kislorod 20%).
Bundan taxminan 700 mln. yillar avval kislorodning miqdori 8% ga yetganda 
birinchi ko‘p hujayrali organizmlar rivojlangan. Kembriy davrida evolutsion 
portlash bo'lib, hayotning Yangi formalari rivojlanadi. Suvda bulutlar, korallar, 
chuvalchanglar, molluskalar, dengiz suvo'tlari, hozirgi urug'li o'simlik, 
hayvonlarning oldingi ajdodlari paydo bo'ladi va rivojlanadi. Mayda yashil 
o'simliklar hosil qilgan kislorod Yer yuzini qisqa vaqtda tirik organizmlar bilan 
o'rab olinishiga sabab bo'ladi. Paleozoy erasining turli davrlarida hayot hamma 
dengizlarni egallabgina qolmasdan quruqlikka ham chiqadi. Yer ustida yashil 
o'simliklarning rivojlanishi muhitda kislorod va ozuqaning ko‘payishiga, 
keyinchalik yirik hayvonlar (dinozavrlar, sutemizuvchilar), oxirida insonning 
evolutsiya qilishiga olib keladi. Ammo atmosferadagi kislorodning hozirgi miqdori 
(20%) paleoziya o'rtalarida, taxminan bundan 400 mln. yillar oldin yuzaga kelib, 
uning hosil bo'lishi o'zlashtirish jarayoni bilan tenglashadi.
Paleozoy oxirida atmosferada kislorodning miqdori kamayib, CO
2
ortadi, 
natijada iqlim keskin o'zgaradi, avtotroflar qoldig'idan katta Yer usti qazilmalar 
(ko‘mir) hosil bo'ladi. Keyinchalik atmosferada O
2
, miqdori keskin o'zgaradi, CO

pasayadi, ular o'rtasida notekislik kelib chiqadi.
Shunday qilib, hayot o'zining birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning 
fizikaviy-kimyoviy 
o'zgarishlariga 
moslashishdan 
boshlangan. 
Evolutsion 
rivojlanishning eng yuqori bosqichi tur paydo bo'lishi va ular asosida katta-kichik 
biologik sistemalarning yuzaga kelishi bo'lgan. 
Tur - bu tabiiy biologik birlik bo'lib, uning hamma a'zolari umumiy 
genofondning tashkil bo'lishida qatnashadi. Evolutsiya genlar chastotasi 


30 
o'zgarishidan iborat bo'lib, u atrof-muhit va turlararo munosabatlardan kelib 
chiqadigan tanlanish, genetik tuzilishning o'zgarishi natijasidir.
Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolutsiyasi 
koevolutsiya deb aytiladi, ya'ni sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan 
munosabatlari evolutsiyasida guruhlar o'rtasida genetik informatsiya almashinib 
turadi.
Koevolutsiya nazariyasi asosida (Ehrlich, Raven, 1965) o'simlik va kapalaklar 
o'rtasidagi munosabatlarni o'rganishning natijalari yotadi. Evolutsion rivojlanishda 
o'simliklarning har xil bo'lishi o'z navbatida fitofag hayvonlarning ham har 
xilligiga olib keladi.
Evolutsion rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish turdan tashqari guruhlar 
tanlanishi yo'li bilan ham o'tadi. Nazariy jihatdan guruhli tanlanish populyatsiya va 
sistemalar belgilarini saqlashga qulaylik yaratadi, organizmga foyda keladi, uzoq 
yashashiga imkon yaratiladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish