O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
FURQAT TUMAN XALQ TA’LIMI
BO’LIMIGA QARASHLI
4-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
SODIQOVA SHARIFAXONNING
3-SINFLAR UCHUN
TABIATSHUNOSLIK FANIDAN
TABIATSHUNOSLIK FANIDA HUDUDIY TABIIY BOYLIKLARDAN FOYDALANISH MAVZUDAGI
1 SOATLIK
OCHIQ DARS
ISHLANMASI
Mavzu: Tabiatshunoslik fanida hududiy tabiiy boyliklardan foydalanish
I Darsning maqsadi: a) O’quvchilarda yer osti va yer usti boyliklari haqida tasavvurlar hosil qilish, yoqilg’I sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar haqida ma’lumot berish.
b) O’quvchilarga o’lkamiz hududidagi foydali qazilmalarga boyligi haqida ma’lumot berish, yer osti va yer usti, rangli metallar, qurilishda ishlatiladigan qazilma boyliklarini tejab ishlatishni o’rgatish.
d) Yer osti va yer usti boylilari, rangli metallar, qurilishda ishlatiladigan foydali qazilmalar haqida o’quvchilarning bilimlarini rivojlantirish.
II Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakillantiruvchi.
III Dars metodi: Savol javob “Tushunchalar tahlili”, “BBB”.
IV Dars jihozi: O’zbekiston hududidagi asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan xarita, foydali qazilmalardan namunalar.
Dars shiori: Ona tabiat- bizni der har vaqt.
V Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, Davomatni aniqlash navbatchining axborotini tinglash, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
O’tilgan mavzuni so’rash: O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Ob-havo deb niaga aytiladi?
Nima uchun havo harorati yuqori bo’ladi?
Yomg’ir qanday hosil bo’ladi?
Malakaviy belgilarga qarab, ob-havo o’zgarishini qanday aytib berish mumkin?
Topishmoq test beriladi.
1. Toma-toma ko’l bo’lur
Hech tommasa cho’l bo’lur
A)* Yomg’ir B) suv D) Do’l E) Bulut
2. Mayda-mayda ko’kdam tushar
Qusur-qusur tomni teshar
A) Qor B) Yomg’ir D) *Muz E) Do’l
3. Ko’zga ko’rinmas, qo’lga sezilmas.
A) Shamol B) Havo D) Tutun E) Bulut
4. Qalin oyna sinib ketdi.
Uni olguncha erib ketdi.
A)Yomg’ir B) Muzqaymoq D) Muz E) Qor
5. Oppoq sandiq ochildi.
Olamga dur sochildi
A) Do’l B) Yomg’ir D) Qor E) Suv
Y angi mavzu bayoni:
Yer osti va uningyuzidagi tog’larda tabiiy gaz, neft, ko’mir, oltin, kumush, mis, alyuminiy, osh tuzi, marmar, granit, qum kabi tabiiy boyliklar bor. Bunday boyliklardan odamlar foydalanadi. Shuning uchun ular foydali qazilmalar deyiladi.Vatanimiz hududida turli foydali qazilmalar konlar bor. O’zbekiston xaritasida Vatanimiz hududidagi asosiy konlar qayerda joylashganligini bilib olish mumkin. Qazilma boyliklarning turli jarayonlar natijasida paydo bo’lishi haqida savol javob o’tkazish.
“BBB” metodi
Bilaman
|
Bilishni hohlayman
|
Bilib oldim
|
Foydali qazilmalar va ularning nomlari, qayerdan qazib olinishi.
|
Foydali qazilmalardan qayerda foydalanilishini
|
Foydali qazilmalar qanday paydo bo’lganligini, xaritada ko’rsatilgan shartli belgilar.
|
VI. Mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash maqsadida quydagi savollar beriladi
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi
TUSHUNCHALAR
|
MAZMUNI
|
1.Foydali qazilmalar
2.Kon
3.Geologlar
4.Vulqon
|
1.Tabiat in’om etgan bo’ylik.
2.Foydali qazilmalar qazib olinadigan joy
3.Foydali qazilmalarni qidirib topadigan insonlar.
4.Yer osti qaynoq suyuq moddalarning otilib chiqish joyi
|
VII. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, Mavzu oxirida berilgan savollarga javob yozish
VIII. Darsni yakunlash va o’quvchilar bilimini baholash:
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. O’quvchilar bilimi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |