xodimlar ixtisosini va malakasini o ‘zgarishini talab qiladi. Bunga esa
ma’lum vaqt kerak boMadi. Shuning uchun ham mehnat bozoridagi
muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi va struk
turaviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friksion ish
sizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi
kuchlariga talab yetarli emasligi natijasida kelib chiqadi.
Davriy
pasayish tovar va xizmatlarga boMgan yalpi talabni pasayishini,
shunga muvofiq yalpi taklifning kamayishini, oqibatda aholini ish
bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning o ‘sishini bildiradi.
Modomiki, jamiyatda friksion va strukturaviy ishsizlik muqarrar
ekan, toMiq bandlik ishsizlikni mutlaq yo‘qligini bildirmaydi va do
imo ishchi kuchini 100% dan kam deb hisob qilib kelinadi.
Boshqa o‘tish davri
iqtisodiyoti mamlakatlari kabi, 0 ‘zbekis-
tonga ham, ishsizlikning yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rinishlari taal-
luqlidir. Ayniqsa, strukturaviy ishsizlik o‘ta muhim muammoga ay-
lanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyotida ilm-fanga asoslangan
ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltirilgan yirik tarkibiy siljish-
lar amalga
oshirilmoqda, hamda umumittifoq mehnat taqsimoti nati
jasida haddan ziyod keng tarqalgan tarmoqlar yoki eskilari qisqar-
tirilmoqda.
3. Ishsizlikning tabiiy darajasi (to‘la bandlik) va iqtisodiyotning
ishlab chiqarish potensiali
Ishsizlikning tabiiy yoki me’yordagi darajasi - bu aholini ish
bilan toMiq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasidir. U sodir boMishi
mumkin, qachonki ishchi kuchi bozori muvozanatlashgan boMsa,
ya’ni ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsa.
Bunday holatda mavjud boMgan barcha
ishlab chiqarish quvvatlari
toMiq harakatga keladi.
Iqtisodiyotda ishchi kuchining tabiiy darajasi ijobiy hodisa sifatida
qabul qilingan, chunki friksion va strukturaviy ishsizlikda ishdan mah-
rum boMgan shaxslarga maqbul keladigan yangi ish joyini topish uchun
ma’lum vaqt kerak boMadi. Bu davrda ular mehnat bozoriga taz’yiq
ko‘rsatmaydi. Faqat ishchi kuchi taklifida
bozor talabini yanada
toMiqroq hisobga olishga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishIar boMadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi yoki toMiq bandlik sharoitidagi ish
sizlik darajasi friksion va strukturaviy ishsizlik darajalarining yigMn-
disi sifatida aniqlanadi.
59
Odatda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan
yuqori va ishlab chiqarish quwatlari to‘liq ishlatilmaydi. Ko'pgina
mamlakatlarda iqtisodiy resurslardan toMiq foydalanmaslik holatlari
mavjud. Ammo, kamdan - kam paytlarda, masalan urush harakatlari
ketayotgan davrda,
iqtisodiy resurslar, shu jumladan ishchi kuchiga
talabning keskin o‘sib ketish natijasida ular ishlab chiqarishga to‘liq
safarbar qilinadilar va natijada ishsizlikning tabiiy darajasidan past
boMgan ishsizlik holati paydo boMadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy miqdor deb hisoblanmaydi.
Har bir mamlakatda friksion va strukturaviy ishsizlik ko‘ lami iqtiso
diy vaziyatning me’yoriy - huquqiy asoslaming aholi turmush tarzi-
ning o‘zgarishiga bogMiq holda o‘zgarib turadi. Hozirgi vaqtda ish
sizlikning tabiiy darajasi 6-7% atorofida qabul qilingan boMsada,
biroq, bu foizlar turli mamlakatlar bo‘yicha tebranib turishi mumkin.
Barcha mavjud resurslardan toMiq foydalanish yoki
ishsizlikning
tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin boMgan
mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb
ataladi. Odatda mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarilishi hajmi potensial
ishlab chiqarilishi bilan teng boMmaydi: iqtisodiy pasayish davrida u
potensial hajmdan past, iqtisodiy ko‘tarilishlar davrida,
aksincha,
barcha ishlab chiqarish omillaridan maksimal foydalanish natijasida
yuqori boMadi.
Mahsulotni potensial va haqiqiy ishlab chiqarilishi o‘rtasidagi
farq YaMM hajmining uzilishi yoki orqada qolishi deb ataladi. U
potensial ishlab chiqarishga nisbatan foizda aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: