0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIOLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIKINSTITUTI
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
KAFEDRASI
А .М Л Ы М О V, Z.M .OTAQO‘Z IY E
FA
MAKROIQTlSODlVOT
Г-ANIDAN MA'RUZALAR KURSI
Toshkent - 2008
Ushbu ma’ruzalar kursiga makroiqtisodiyot faniga oid asosiy
mavzular kiritilgan bo‘lib, unda makroiqtisodiy darajada mavjud
qonuniyatlar, makroiqtisodiy muammo va jarayonlar atroflicha yori-
tilgan. Ma’ruzalar kursining asosini Toshkent davlat sharqshunoslik
institutida o‘qitilayotgan makroiqtisodiyot fanining ma’ruzalar matni
tashkil etadi. Ko‘rib chiqilayotgan makroiqtisodiy muammolar mav
jud chizma (grafik)lar, formulalar orqali tushuntirib berilgan. Har bir
mavzuda ko‘rib chiqiladigan savollar, tayanch ibora, adabiyot va tak-
rorlash uchun savollar mavjud.
Ma’ruzalar kursi oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan iqtisodiyot
yo‘nalishidagi barcha talabalar uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
i.f.n., dotsent
A .M . A lim ov,
i.f.n., kat.o‘q.
Z . M . O taqo‘z iy e v
a
© Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2008
KIRISH
0 ‘zbekistonimiz ulug‘vor davrlami boshidan kechirmoqda. Mus-
taqillik tufayli jamiyatimiz hayotida tub mazmunli o‘zgarishlar amal-
ga oshib, har tomonlama taraqqiyot bilan birga bir mamlakat, bir
xalqqa xos o ‘zgarishlar ham paydo bo‘lib rivoj topmoqda. Bular
ichida iqtisodiyot alohida o‘rin egallaydi. Kelajagi buyuk 0 ‘zbe-
kiston davlatining negizi bo'lgan va mustaqil rivojlanadigan iqtiso-
diyotga asos solinmoqda.
Mustaqil iqtisodiyotni ta’minlash bozor asosidagi iqtisodiyotni
yaratish orqali amalga oshmoqda, shunga ko‘ra bundagi asosiy yo‘l,
yo‘nalish bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishdir. Iqtisodiy rivojla-
nish muammolarini ma’lum darajada hal etib, iqtisodiyotning porloq
kelajagini ta’minlay oladigan yo‘l bozor usuli ekanligi, mam-
lakatimiz uchun bundan boshqa iqtisodiy tizim, usul yo‘q ekanligi
biz uchun yaqqol haqiqatdir.
Shunga ko‘ra bozor iqtisodiyoti mohiyati, shakllari, qonuniyatlari
va bulardagi bor xususiyatlar kabilami aniqlash, ulami o‘rganish
hozirgi iqtisodiy amaliyotimiz uchun juda dolzarb vazifadir.
0 ‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o‘tish bosh-
langandan beri bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini chuqur
o‘rganish, uning zamonaviy yutuqlari va xorijiy mamlakatlar taj-
ribasini umumlashtirib, takomillashgan bozor munosabatlarini rivoj-
lantirish davr taqozasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyotining bir necha asrlik rivojlanish tarixidan
ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga iqtisodiy o‘sish yoki qisqarish, ish-
sizlik, inflyatsiya, aholining boy va kamba-g‘allarga tabaqalashuvi,
mahalliy va xalqaro miqyosda raqobat, manfaatlar to‘qnashuvi kabi
jarayonlaming yuz berib turishi xosdir. Albatta, bu jarayonlar o‘z-
o‘zidan yuz bermaydi, ulami oldindan ko‘ra olish, yechimini topish
uchun makroiqtisodiyotning nazariy ilmi asoslariga ega bo‘lish,
ulaming mohiyatini tushunib yetish, hamda yangi g‘oya va fikrlar
bilan boyitish imkoniyati bo‘lmog‘i kerak.
Biror resurs yoki tovaming yetishmovchiligi yoki ortiq bo‘lishi
ehtimollari bor ekan, iqtisodiy tizim umumiy muvozanatining buzili-
shi, masalan inflyatsiya, ishsizlik, milliy daromadning kamayish hol-
lari ham yuz berishi tabiiy. Shuning uchun iqtisodchilar bozor mu-
nosabatlari sharoitida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish va uning
3
samaradorligini oshirish, iqtisodiy barqarorlashtirish, hamda inflyat-
siyani bartaraf etish, xalq farovonligini oshirish, tashqi aloqalami
kengaytirish kabi dolzarb masalalarni tahlil qila olishlari, kerak
boMganda muhim qarorlar qabul qila olishlari zarur. Bunday muta-
xassislar tayyorlashda «Makroiqtisodiyot» kursini o‘qish muhim rol
o‘ynaydi. Kursni o'rganish iqtisodiy jarayonlarning ilmiy asoslarini
hamda ilg‘or mamlakatlardagi bu jarayonlarni tartibga solish amali-
yot va to‘plangan boy tajribani o‘zlashtirish imkonini beradi. Res-
publika iqtisodiyoti yangicha munosabatlarga o‘tish bosqichida tur-
gan sharoitda esa bu masalalar ayniqsa ahamiyatlidir.
Ushbu ma’ruzalar kursining maqsadi talabalarga makroiqtisodi-
yotning nazariy asoslari to‘g‘risida tushuncha berish orqali ularga
o‘zlari yashayotgan jamiyatning iqtisodiy qonun-qoidalarini to‘g‘ri
va chuqurroq tushuntirish hamda jamiyatda o‘z o‘mini topish va
keng qamrovli bilimlar egasi bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishdir.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |