X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


 JANUBIY AMERIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

4.5. JANUBIY AMERIKA MATERIGI ICHKI SUVLARI
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
daryo to‘ri, suvayirg‘ich, yuqori namlik, Amazonka, 
Orinako, Parana, Titikaka, Marakaybo, Anxel, del’ta, mangra, estuariy, nam tropik 
o‘rmonlar. 
 
Janubiy Amerikaning iqlim sharoiti, yer yuzasining tuzilishi va shakllanish 
tarixi daryo to‘rining nihoyat darajada rivojlanishiga va qalin bo‘lishiga yaxshi 
qulaylik yaratgan. Janubiy Amerika sayyoramizning sernam va sersuv materigi 
hisoblanadi. Uning hududiga boshqa materiklarga nisbatan ikki hissa ko‘p yog‘in 
yog‘adi. Bu yerdagi daryo suvlarining yillik umumiy miqdorini materikning barcha


102 
maydoniga taqsimlaganda o‘rtacha qalinligi 414 mm bo‘lgan suv qatlamini hosil 
qiladi. Suvning maksimal qatlami 150 sm dan ortiq bo‘lib, And tog‘larining janubiy 
Chili hududiga to‘g‘ri kelsa, minimal qatlami 10-15 mm ga teng Atakama cho‘liga 
to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar Gviana va Braziliya yassi tog‘liklarining sharqiy 
yonbag‘irlarida hamda Amazonka pastekisligining g‘arbiy qismida 10 sm ni tashkil 
etadi. 
Daryolari. 
Materik yuzasining orografik tuzilishi daryo to‘rining va suv 
oqimlarining notekis taqsimlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Janubiy Amerikaning 
bosh suvayirg‘ichi materikning eng chekka g‘arbiy qismidan o‘tadi. Bosh 
suvayirg‘ichdan sharq tomonda juda katta maydonlarni egallagan keng 
pastekisliklar va yassi tog‘liklar joylashgan. Bu yerdan boshlanuvchi daryolar yirik, 
uzun, ko‘p irmoqli, sersuv, suv yig‘uvchi havzalari katta maydonlardan tarkib 
topgan. And tog‘larining sharqiy yonbag‘irlaridan, yassi tog‘liklardan va 
pastekisliklardan boshlanuvchi daryolar o‘z suvini Atlantika okeani havzasiga 
quyadi. Materikning chekka g‘arbiy qismida cho‘zilib yotgan And tog‘ tizimining 
g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanuvchi daryolar sharqdagi daryolarga nisbatan juda 
qisqa va ular o‘z suvini Tinch okean havzasiga quyadi.
Materikning 1350 ming km

maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Tinch okean 
havzasiga va 15650 ming km

maydonidan oqib o‘tuvchi daryolar Atlantika okeani 
havzasiga quyiladi, bu esa Tinch okean havzasiga quyiladigan daryolar suviga 
nisbatan 12 hissa ko‘pdir. Materikning 5,5% maydoni ichki berk oqim havzasiga 
qaraydi. Berk havzaga Gran-Chago tekisligining janubiy qismi va Markaziy 
Andning ichki yassi tog‘liklari kiradi. Janubiy Amerika yirik va sersuv daryolar 
tizimiga boy. Uning hududidan to‘lib oqadigan Amazonka, Parana, Orinoko 
daryolari faqat materikning emas, balki Yer shaining yirik daryolari qatoriga kiradi. 
Shuning uchun ham Yer yuzidagi daryolar umumiy suv oqimining 20 % i (7450 
km
3
/yil) Janubiy Amerika daryolariga to‘g‘ri keladi (Ilova, 9-rasm). 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish