X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

And tog‘larining iqlimi.
 
And tog‘ tizimining iqlim sharoiti juda xilma-xil 
bo‘lib, uning muayyan ravishdagi o‘zgarishi ikki xil yo‘nalishda balandlik va 
kenglik bo‘ylab yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishda tog‘larning etagidan 
ularning tepalariga tomon iqlimning balandlik o‘zgarishi bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish 
katta masofaga cho‘zilib yotgan tog‘larda iqlimning shimoldan janubga tomon 
o‘zgarib borishidir. 
And tog‘ tizimida iqlimning balandlik bo‘ylab o‘zgarishi havo harorati, 
atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishida, havo bosimining o‘zgarishida aniq 
seziladi. Bunday o‘zgarishlar oqibatida iqlimning balandlik mintaqalari vujudga 
keladi. Meridional ravishda 9000 km masofaga cho‘zilgan And tog‘ tizimi shimolda 
subekvatorial va ekvatorial mintaqalardan tortib, janubda subtropik va mo‘tadil 
mintaqalarni ham kesib o‘tadi. Shuning uchun har qaysi mintaqa hududida 
joylashgan And tog‘larining qismi shu mintaqaning iqlim xususiyatlarini o‘zida aks 
ettiradi.
Binobarin, ekvator yaqinida And tog‘larining quyi mintaqasida ekvatorial 
iqlimi mavjud bo‘lsa, tog‘ tepalarida qor va muzliklarni hosil qiluvchi nival iqlim 
mavjud. And tog‘larining tropik mintaqada joylashgan markaziy yassi tog‘liklarida 
iqlim o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu yerda havo nihoyatda toza, quruq va sovuq. 
Hatto yoz oylarida ham yog‘in qor tarzida yog‘adi. Tropik mintaqadagi baland yassi 
tog‘liklar dunyodagi eng quruq va unumsiz yerlar hisoblanadi. Bir kecha kunduzda 
ob-havo necha martalab o‘zgarib, kuchli shamollar tez-tez takrorlanib turadi. And 
tog‘ tizimining subtropik va mo‘tadil mintaqalarida iqlim boshqa xarakterga ega. 
Bu joylarda yog‘in miqdori ancha ko‘p, havo haroratining va yog’in miqdorining 
taqsimlanishida fasl o‘zgarishlari aniq seziladi (Ilova, 10-rasm). 
Nazorat savollari: 
1. Janubiy Amerika materigi iqlimi shakllanishiga qaysi omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
2. Janubiy Amerika materigining janubiy yarim shardagi iqlimida qaysi havo 
massalari hukmronlik qiladi? 
3. Janubiy Amerikaning tropik iqlim mintaqasiga qaysi hududlar kiradi? 
4. Janubiy Amerika materigining sernam bo‘lishiga sabab nima? 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish