X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tropik mintaqa.
 
Janubiy Amerikaning tropik iqlim mintaqasiga Braziliya 
yassi tog‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari, Gran-Chako tekisligi va Tinch 
okean sohilining 5° va 30° j.k. lar oralig‘idagi hududlari kiradi. Tropik mintaqaning 
iqlimi xilma-xil va sharqdan g‘arbga tomon o‘zgarib boradi. Braziliya yassi 
tog‘ligining sharqiy va janubi-sharqiy qismlari uchun yil davomida Atlantika 
okeanidan keladigan tropik havo massalari ta’sirida hosil bo‘lgan nam iqlim 
xarakterli. Atlantika okeanidan keladigan janubi-sharqiy passat shamollari o‘zi bilan 
nam havo massalarini keltirib, Braziliya yassi tog‘ligining yonbag‘irlarini, 
materikning chekka qismlarini yilning aksariyat davrida atmosfera yog‘inlari bilan 
ta’minlaydi. Bu yerga yil davomida 2000-3000 mm atrofida yog‘in yog‘adi.
Tropik mintaqali materikning ichki tekislik qismida, Gran-Chako tekisligida 
yil bo‘yi yog‘in sharqiy qismiga nisbatan kam bo‘ladi (500-1000 mm). Materik ichki 
qismidagi tropik iqlimda atmosfera yog‘in rejimi subekvatorial mintaqadagiga 
o‘xshash, bu yerda ham yog‘in asosan yozda, qurg‘oqchiliq qishda bo‘ladi. Lekin 
undan yillik yog‘in miqdorining kamligi va haroratning keskin o‘zgaruvchanligi 
bilan farq qiladi. O‘rtacha oylik harorat +20°+28°C ni tashkil etadi. Maksimal 
harorat +47°C Gran-Chako tekisligida kuzatilgan. Braziliya yassi tog‘ligida 
qishning o‘rtacha harorati +12°+16° C ga teng. 


100 
Tropik mintaqaning Tinch okean qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va tog‘ etaklari 
uchun cho‘l va chalacho‘l iqlim tiplari xarakterli. Bu tipdagi iqlim ayniqsa Atakama 
cho‘lida yaqqol ifodalangan. Qirg‘oqbo‘yi cho‘l va chala cho‘llarida havoning 
nisbiy namligi 80 % bo‘lishiga qaramasdan yog‘in juda kam yog‘adi. Issiq oyning 
harorati o‘rtacha bo‘lib, ba’zida +20° C dan oshadi. Tinch okean sohilidagi 
tekisliklarda Peru sovuq oqimi yomg‘irli bulut emas, balki tuman hosil bo‘lishiga 
yordam beradi. Tuman tarkibidagi mayda nam zarrachalari qurg‘oqchil tropik 
cho‘lni namlab turadi va tropik cho‘llarning yagona nam manbai hisoblanadi. 
Atakama cho‘li yagona namlikni ana shu tumanlardan oladi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish