X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Foydali qazilmalari. 
Janubiy Amerikaning ma’danli resurslari uning barcha 
hududlari bo‘ylab bir tekisda tekshirilgan emas. Tadqiq etish natijasida aniqlangan 
va qazib chiqarilayotgan foydali qazilmalarning geografik tarqalishi va joylashishi 
materikning geologik strukturasi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, Janubiy 
Amerikaning qadimiy kristalli qalqonlarida, vulkanik va tektonik jarayonlar 
natijasida hosil bo‘lgan magmatik intruziv va effuziv jinslarda asosan rudali, rangli 
va nodir metallar keng tarqalgan. Platformaning botiq va bukilmalarida, 
qirg‘oqbo‘yi pastekisliklarida to‘plangan cho‘kindi jinslar qatlamida rudasiz foydali 
qazilmalar – neft, tabiiy gaz, toshko‘mir konlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy qismida va Gviana yassi 
tog‘ligining shimolida juda katta temir va marganes ruda konlari bor. Shuningdek, 
Braziliya yassi tog‘ligining janubi-sharqiy chekkasida va Gviana yassi tog‘ligining 
shimoli-sharqida hosil bo‘lishi qadimiy magmatik intruziv jinslar bilan bog‘liq 
bo‘lgan oltin, olmos, radiaktiv elementlar, boksit va nikel konlari keng tarqalgan. 
Hozirgi kunda bu yassi tog‘liklardan boksit konlarining juda katta zahiralari 
topilgan. Rudali konlarning va rangli metallarning asosiy zahiralari And tog‘ 
tizimida joylashgan. Venesuelada oltin, marganes, olmos, temir rudasi va neft 
konlari, Kolumbiyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi And tog‘larida va tog‘ oralig‘i 
botiqlarida zumrad, mis, platina, oltin, neft va toshko‘mir konlari joylashgan. 
Ekvadorning Tinch okean sohilidan neft, tog‘laridan oltin va kumush qazib olinadi. 
Peru Andida oltin, simob, vanadiy, vismut, mis, toshko‘mir konlari va polimetallar 
keng tarqalgan. 
Janubiy Amerikada foydali qazilmalarga eng boy hudud Chili hisoblanadi. 
Uning hududida temir, marganes rudalari, radiaktiv elementlar, simob, oltin, 
molibden va boshqa qazilma boyliklar ko‘plab uchraydi. Chilida dunyodagi eng 
yirik mis konlaridan biri joylashgan. Hatto tog‘ tizimining nomi ham 
“anta”


97 
so‘zidan kelib chiqqan. 
“Anta”
inklar tilida 
“mis”
degan ma’noni anglatadi. 
Chilining Tinch okean sohillarida va Atakama cho‘lida dunyoda yagona bo‘lgan 
tabiiy selitra konlari uchraydi. Amazonka pastekisligi, Braziliya yassi tog‘ligi va 
Patagoniya platformasi hududlaridan neft konlari topilgan. Bu foydali qazilmalar 
Janubiy Amerika davlatlari iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan biri 
bo‘lib xizmat qiladi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish