X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Gviana yassi tog‘ligi 
platformaning shimoliy qismidagi ko‘tarilma bo‘lib, u 
uncha katta bo‘lmagan Essekibo va yuqori Orinoko sinklizalari bilan uchta massivga 
bo‘lingan. Sharqiy massivda mezozoyda to‘plangan cho‘kindi jinslar to‘liq yuvilib 
ketgan. Uning markaziy qismidagi bo‘ylama yoriqlarda vertikal ko‘tarilishlar va 
parchalanishlar yuz berib, baland massivlar va tektonik erozion cho‘kmalar hosil 
bo‘lgan. Sharqiy massivning eng baland joyi uning shimoliy qismida joylashgan 
Vilgelmin
tog‘idir. U okean sathidan 1281 m baland ko‘tarilgan. Kristalli qalqonning 
shimoliy qanoti Gviana pastekisligining uchlamchi va to‘rtlamchi davr yotqiziqlari 
tagida qolib ketgan. Janubiy qanoti Amazoniya sinklizasi bilan tutashgan. 
Markaziy massivda to‘g‘ri chiziqli tektonik yoriqlar va vertikal harakatlar 
qalqonning shimoliy qanotining keskin tik ko‘tarilishiga va janubiy qanotining 
nishab bo‘lishiga ta’sir etgan. Ko‘tarilgan joylarida bo‘r davrining qizil rangli 
qumtoshlari, konglomeratlari yaxshi saqlangan. Bu qatlamni intruziv jinslar yorib 
o‘tgan. Markaziy massiv Serra-Pakaraima kabi tik yonbag‘irli tizmalardan, alohida-
alohida qoldiqli tog‘ massivlaridan, jumladan Gviana yassi tog‘ligining baland 
nuqtalari bo‘lgan La-Neblina (3014m), Rorayma (2810m) tog‘laridan, 
peneplenlashgan kristalli platolardan tarkib topgan. 


93 
G‘arbiy massiv plita shaklida bo‘lib, uning kembriygacha bo‘lgan zamini 
uchlamchi davrning kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan. Balandligi 910 m 
gacha ko‘tarilgan Pardaos massivida bo‘r davrining qumtoshlari orollar shaklida 
ko‘tarilib turadi. Zinapoyasimon shaklga ega bo‘lgan g‘arbiy plato asta-sekin 
Orinoko va Amazonka sinklizalari tomon pasayib boradi.
Braziliya yassi tog‘ligi. 
Janubiy Amerika platformasining eng yirik 
ko‘tarilmalaridan biri bo‘lgan Braziliya yassi tog‘ligi geostruktura jihatdan bir qator 
antekliza va sinklizalardan tarkib topgan. Bu morfostruktura oblastining relyefining 
shakllanishida uzoq davom etgan yemirilish, peneplenizasiya, yotqiziq jinslarni 
yuvib ketish, yangi ko‘tarilishlar kabi jarayonlar asosiy rol o‘ynagan. Bundan 
tashqari Braziliya yassi tog‘ligining relyefining shakllanishida tektonik yoriqlar, 
ichki cho‘kmalarni dengiz, vulkanik va parchalangan materiallar bilan to‘lish 
jarayoni ham ishtirok etgan. Parchalangan jinslarning yuvilib ketishi ko‘pincha yassi 
tog‘likning ancha ko‘tarilgan va nam bo‘lgan shimoliy hamda sharqiy rayonlari 
uchun, materiallarning to‘planishi esa markaziy cho‘kma hududlari uchun 
xarakterli. 
Braziliya yassi tog‘ligining Atlantika okeani tomon qaragan sharqiy va 
janubi-sharqiy qismida baland ko‘tarilgan uzilmalar sohil bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, 
ular kuchli parchalangan. Bu uzilmalar balandligi 2000-2800 m keladigan bir necha 
tog‘ tizmalarini hosil qiladi. Bular 
Serra Jeral, Serra-du-Mar, Serra-da-Mantikeyra, 
Serra-du-Espinyasu
tizmalari va 
Borborema
platosidir. Tizmalarning o‘ziga xos 
cho‘qqilari bo‘lib, shundan 
Bandeyra 
okean sathidan 2890 m, 
Itambe
2033 m, 
Igreja
1808 m baland ko‘tarilgan. Bandeyra Braziliya yassi tog‘ligining eng baland nuqtasi 
hisoblanadi. 
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlari uning 
sharqiy va janubi-sharqiy qismiga nisbatan ancha past. Bu yerda o‘rtacha balandligi 
500-800 m dan oshmaydigan 
Serra-Dorada, Serra-du-Ronnador, Serra-dus-
Paresis, Serra-Formoza, Serra-du-Kashimbu
kabi tog‘lar va kristall zaminli 
Matu-
Grosu
platosi joylashgan. Janubiy Amerika platformasining sinkliza morfostruktura 
oblastlari Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish