Fan: Arxitektura tarixi va nazariyasi Mavzu:16-17 asrda O`zbekistonda ansambllar tuzilishi
GURUH:4-20Ao’
Dosmukhammedov. D.
Ansambl – [frans ensemble] – birlik, uygʻunlik, ohangdoshlik Me’morlikda – bir kenglik mujas-samotiga ega bir-biriga mos binolar, inshootlar majmui.
Registon
“Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi.
O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi.
Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi
Registon ansambli
Samarqandning Registon maydonida 3 Madrasa
{Ulugʻbek madrasasi,Tillakori Madrasasi,Sherdor Madrasasi}
dan iborat meʼmoriy majmua
Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi
Dastlab Ulugʻbek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yogʻochdan hotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan 15-a.ning 20—40y.larida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan.
Ulugʻbek madrasasi
Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir.
Samarqanddagi XVII asrning mashhur binolardan biri – Sherdor madrasasi Registon me’moriy ansambli tarkibiy qismiga kiradi. Bir necha asrlar davomida madrasa mashhur islomiy ta’lim muassasasi bo‘lib, uning hujralarida taniqli faylasuflar va ilohiyotshunoslar tahsil olgan.
Sherdor Madrasa
Dizayn Markaziy Osiyo an’anaviy uslubida amalga oshirilgan va asosiy tashqi ko‘rinishi uchli yakunga ega bo‘lgan arkali kirish eshigi bilan hayratga soladi.
Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni qurdirgan.
Tillakori madrasa
Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63x22 m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70x70 m) ga gʻarbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi (10,8x10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga yetkazilmagan.
THE END
Do'stlaringiz bilan baham: |