180
va neogenning cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan. Yuza qismi Qoyali tog‘lardan
keltirilgan allyuvial va eol yotqiziqlar bilan qoplangan.
Ayrim joylarda bu
qatlamlarni yosh intruziyalar yorib o‘tib, alohida-alohida ko‘tarilib turgan kichik
qisqa toshlarni hosil qilgan. Shulardan eng balandi Blek-Xils (2207 m) toshdir.
Buyuk tekisliklarning yer yuzasi sharqda, Markaziy tekisliklar bilan
chegaradosh bo‘lgan joylarda 500 m dan g‘arbga 1600-1700 m gacha ko‘tarilib
boradi va Qoyali tog‘lar etaklari bilan tutashadi. Tekisliklarning
ayrim hududlari
daryolar bilan kuchli yuvilib, vodiylarning qalin gidrografik to‘rini hamda balandligi
300 m, uzunligi 200-300 km keladigan bosqichlarni hosil qiladi. Erozion bosqichlar
Buyuk tekisliklar hududini mustaqil nomlar bilan ataladigan bir qator qismlarga
ajratrgan. Bular tekisliklarning janubida joylashgan Eduarde va Lyano-Estakado
platolari hamda ulardan shimolda katta maydonlarni egallagan Baland tekisliklar,
Missuri va Preriya platolaridir.
Baland tekisliklar yuzasi erozion jarayonlar natijasida kuchli parchalangan.
Bu yerda qorlarning erish davrida va kuchli jalalar paytida
fojiali hodisalar sodir
bo‘lib turadi. Ayniqsa, qisqa muddatli, ammo shiddatli suv toshqinlari natijasida
chuqur jarlar, tik yonbag‘irli jarliklar, pog‘onalarni har xil yo‘nalishda yemirilishi
vujudga kelib, katta-katta maydondagi yerlarni ishdan chiqargan. Shunday qilib,
kuchli parchalangan va yemirilgan tekislik preriya
landshaftlari haydashga, ekin
ekishga va yaylov sifatida foydalanishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan. Baland
tekisliklar Missuri platosidan kuchli parchalangan Payn-Ridj bosqichi orqali ajralib
turadi.
Missuri va Preriya platolarining Kanadaga qarashli shimoliy qismi to‘rtlamchi
davr materik muzligi bilan qoplangan. Shuning uchun platolarning shimoliy qismi
tipik sertepa muzlik relyef shakllari keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Morena
tepaliklari orasida morena ko‘llari ham uchraydi. Daryolari morena tepaliklarini va
tepalik tizmalarini kesib o‘tib, sharsharalar hosil qiladi. Buyuk tekisliklarning iqlim
sharoitiga uning okean va dengizlardan uzoqdan joylashganligi, hududini
shimolidan janubga tomon uzoq masofaga cho‘zilganligi va shu yo‘nalishda
orografik to‘siqlarning yo‘qligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday omillar shimoldan
keladigin arktika havo massalari bilan janubdan keladigan tropik havo massalarini
yilning barcha fasllarida tez-tez almashinib turishiga imkon yaratadi va ob-havoning
beqarorligini vujudga keltiradi. Natijada havo harorati yil davomida keskin ravishda
o‘zgarib turadi.
O‘lkaning iqlimi tipik kontinental iqlim bo‘lib, uning shimoliy qismi mo‘tadil
va janubiy qismi subtropik iqlim mitaqalarida yotadi. Qish oylarining harorati
tekisliklarning shimoliy qismi bilan janubiy qismida keskin farq qiladi. Yoz oylarida
bu farqlar deyarli batamom yo’qolib, o‘lkaning barcha
hududida harorat yuqori
bo‘ladi.
Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida, janubiy qismiga nisbatan, qish uzoq
davom etadi, barqaror va qalin qor qoplami hosil qiladi. Qish oylarining o‘rtacha
harorati -12°S ni, yanvarning o‘rtacha harorati -20°S ni tashkil qiladi. Qishda
Shimoliy Muz okeanidan keladigan havo massalari ta’sirida qattiq sovuqlar bo‘lib,
harorat shimolda -40°S gacha, janubda -12°S gacha pasayadi. Qoyali tog‘lardan
181
fyon tipidagi kuchli shamollar esib, qor bo‘ronlarini va qor uyumlarini hosil qiladi.
Bunday shamollarni hindular
chinuk
deb atashadi. Yozda chinuk garmsel
xarakteriga ega bo‘lib, qurg‘oqchilik hodisalarini vujudga keltiradi. Fyon shamollari
tufayli tekisliklarning g‘arbida qish sharqqa nisbatan iliq bo‘ladi. Janubda eng sovuq
oyning o‘rtacha harorati +5°S atrofida bo‘lib, barqaror qor qoplami kuzatilmaydi.
Iyulning o‘rtacha harorati shimolda +13°S dan janubda +28°S gacha ko‘tariladi.
Yog‘in miqdori o‘lka hududi bo‘ylab bir tekisda taqsimlanmagan. O‘rtacha
yillik yog‘in miqdori mo‘tadil mintaqaning sharqida 500 mm dan, g‘arbida 250 mm
gacha va subtropik mintaqaning sharqida 600 mm dan, g‘arbida 300
mm gacha
kamayib boradi. Buyuk tekisliklar o‘lkasining iqlimi kontinental bo‘lganligi sababli
daryo to‘ri yaxshi rivojlanmagan, sersuv daryolar kam uchraydi. Barcha daryolari
Qoyali tog‘lardan boshlanadi. Daryo suvlarining ko‘tarilishi bahor oylariga to‘g‘ri
kelib, ular qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi. O‘lkaning eng shimoliy qismidagi
daryolari o‘z suvini Kanada ko‘llariga, eng janubidagi daryolari Meksika qo‘ltg‘iga
quyadi. O‘rta qismidagi daryolari Missisipi havzasiga qaraydi. Missuri va uning
irmoqlari Kaneydian, Arkanzas, Platt, Yellouston
va boshqalarning suvi ekin
maydonlarini sug‘orishda keng foydalaniladi. Barcha tezoqar daryolar tog‘lardan
yemirilgan va parchalangan materiallarni oqizib kelib quyi qismida konussimon
yoyilmalar hosil qilgan.
Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida o‘rmon-dasht zonasi kenglik bo‘ylab
joylashgan. Janubda bu zona qora tuproqli dasht (preriya) zonasi bilan almashinadi.
Bu zonalarning almashinishi shimoldan janubga tomon emas, balki shimoli-
sharqdan janubi-g‘arbga tomon sodir bo‘ladi. Chunki, atmosfera yog‘inlarining
miqdori ham huddi shu yo‘nalishda kamayib boradi. O‘lka
hududida dasht
landshaftlari – preriyalar katta maydonni egallagan. Uning sharqiy chekkasida
o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari ustida o‘sib yotgan keng bargli o‘rmonlar uchraydi.
Janubidagi subtropik iqlim mintaqasida butazorli savannalar mavjud. Buyuk
tekisliklarning quruq iqlimli va kashtan tuproqli preriyalari past bo‘yli amerika
boshoqli o‘tlari bilan qoplangan. Ayniqsa, bizon o‘tlari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bepoyon preriya yalangliklari o‘rtasida orollar shaklidagi o‘rmonlar faqat Blek-Xils
tog‘ida uchraydi. Janubda o‘t o‘simliklari
bilan birga tikanli meskit, akasiya va
kaktuslarning bir necha turlari o‘sadi.
O‘lkaning dastlabki tabiiy landshaftlari inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida kuchli
o‘zgargan. Haydalgan yerlarga don ekinlari va yem-hashak o‘tlari ekiladi.
Preriyalarning katta maydoni chorva mollari boqishda yaylov sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: