X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Qirgoq pastekisliklari. 
Qirg‘oq subtropik pastekisliklar o‘lkasi materikning 
janubi-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning morfologik strukturasi 
Meksikabo‘yi, Quyi Missisipi, Atlantikabo‘yi pastekisliklaridan va Florida yarim 
orolidan tashkil topgan. O‘lkaning xarakterli xususiyatlari – yer usti tuzilishining 
nihoyatda tekisligi, iqlimining nam subtropikligi va bu xususiyatlari tuproq, o‘simlik 
qoplamida hamda hayvonot olamida o‘z aksini topganligidir. 
Qirg‘oq pastekisliklari paleozoyda burmalangan va keyinchalik tektonik 
harakatlar natijasida cho‘kkan tog‘ tizmalari o‘rnida hosil bo‘lgan. Appalachi va 
Uoshito tog‘lari ana shu cho‘kkan tog‘larning (gertsinidlarning) bir qismi 
hisoblanadi. Yuzalarning cho‘kishi va yotqiziqlarning to‘planishi bo‘r davridan 
boshlanib neogenga qadar davom etgan. Meksika qo‘ltig‘i va Atlantika okeani 
qirg‘oqlarini o‘rab turgan pastekisliklar qalin qatlamli paleozoy, mezozoy va 
kaynozoy yotqiziqlari bilan to‘lgan. Yotqiziqlar asosan gorizontal ravishda yoki 
nishab bo‘lib joylashgan. Qatlamlar bo‘ylab keng tarqalgan gillar tarkibida neft, gaz 
va tuz bo‘lgan ohaktoshlar qumtoshlar bilan almashinadi. Quyi Missisipi pastekisligi 
juda katta qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlar bilan to‘ldirilgan cho‘kmada hosil 
bo‘lgan. Florida yarim orolining yuza qismi fosforitlarga boy bo‘lgan uchlamchi 
davr ohaktoshlaridan tarkib topgan. 
Qirg‘oq pastekisliklarining relyefi tekis, okeandan quruqlik tomon 
zinapoyalar hosil qilib ko‘tarilib boradi. Zinapoyalar quruqlikning asta-sekin 
ko‘tarilishi tufayli vujudga kelgan. Ular, terrasaga o‘xshash relyef shakllarini 
eslatadi. Pastekisliklarning qirg‘oq chiziqlari Meksika qo‘ltig‘ida va Chepasik 
qo‘ltig‘i atrofida daryo estuariylari va ko‘rfazlar bilan kesilgan. Qum tillari, limanlar 
va lagunalar keng tarqalgan. Butun sohil bo‘ylab qumli plyajlar juda ko‘p. Subtropik 


184 
o‘lka hududi tabiiy geografik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 
Atlantikabo‘yi 
pastekisliklari, Meksikabo‘yi pastekisliklari va Florida yarim oroli. 
Atlantikabo‘yi pastekisligi.
 
Bu pastekislik shimolda Nyu-Yorkdan boshlanib, 
janubda Florida yarim oroligacha davom etadi. G‘arbda Pidmont platosi va sharqda 
Atlantika okeani bilan chegaralangan. Janubi-g‘arbda Meksikabo‘yi pastekisligi 
bilan tutashib ketgan. Kengligi shimolda 30 km dan janubda 350 km gacha, 
balandligi 100 m gacha boradi. Pastekislikning poydevori bo‘lgan paleozoy kristall 
jinslari qalinligi 1000 m gacha boradigan ohaktosh, qumtosh, qum va gil yotqiziqlari 
bilan qoplangan. Sohilning past dengiz terrasalari daryolarning keng botqoqli 
qayirlari bilan kesilgan. Golfstrim iliq oqimi qirg‘oq yaqinidan oqib o‘tib, 
pastekislikning iqlimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Iqlimi subtropik, okean iqlimi. 
Qishi iliq, yomg‘irli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda 0° C dan janubda +20°S 
gacha ko‘tariladi. Yozi issiq, va sernam. Iyulning o‘rtacha harorati 22
0
-28°S ni 
tashkil etadi. Yillik yog‘in miqdori 1000-1400 mm atrofida. Tuproq qoplami qizil, 
sariq allyuvial-chimli va botqoq tuproqdardan tarkib topgan. Subtropik o‘rmonlarda 
xilma-xil qarag‘aylar va emanlar ko‘p o‘sadi. Botqoq yerlarda tis va sarv daraxtlari 
keng tarqalgan. 
Meksikabo‘yi pastekisligi.
 
Materikning Meksika qirg‘oqlari yaqinidagi 
pastekislik hududlarini o‘z ichiga olgan bu pastekislik shimolda Markaziy tekislik, 
Appalachi va Uoshito tog‘lari, shimoli-g‘arbda Buyuk tekisliklar platosi bilan 
chegaralanadi va janubda Meksika qo‘ltig‘i bilan yuvilib turadi. Uning hududi 
qalinligi 6000-10000 m keladigan, neft va gaz konlariga boy qum, gil va boshqa 
yotqiziqlardan tashkil topgan. Yer yuzasi janubdan shimol tomon dengiz sathidan 
150 m gacha ko‘tarilib boradi, ko‘plab mayda va yirik daryo vodiylari bilan kesilgan. 
Relyefining xarakteriga ko‘ra uchta geomorfologik tipga: yassi to‘lqinsimon dengiz 
terrasalari, uncha baland bo‘lmagan kuesta tizmali qiya tekisliklar va Missisipining 
yassi allyuvial pastekisliklariga bo‘linadi. 
Meksikabo‘yi pastekisligining katta qismi uchun subtropik iqlim va janubi-
g‘arbiy qismi uchun tropik iqlim xarakterli. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda 
+4°+8°S. Iyulning o‘rtacha harorati +26°+28°S. Yillik yog‘in miqdori g‘arbda 600-
800 mm va sharqda 1200-1500 mm. Pastekislik hududidan Missisipi, Alabama, 
Kolorado, Brazos, Rio-Grande va boshqa daryolar oqib o‘tadi va o‘z suvini Mekiska 
qo‘ltig‘iga qo‘yadi. 
Pastekislikda unumdor tuproqlar keng tarqalgan. Qumoq terrasalarda qizil va 
sariq tuproqlar, ohaktoshli tekisliklarda chimli-korbonatli tuproqlar va daryo 
qayirlarida chimli-allyuvial tuproqlar yaxshi rivojlangan. Nishabligi kam bo‘lgan 
joylarda botqoq tuproqlar katta maydonni egallagan. O‘rmonlar nisbatan yaxshi 
saqlangan, uning 35 % hududi o‘rmonlar bilan band. Qumoq yerlarda qarag‘aylar, 
doimiy yashil emanlar, magnoliyalar, voskovniklardan tarkib topgan. Daryo 
qayirlarida terak va shamshod daraxtlari o‘sadi. Sohillarda mangra o‘rmonlari 
mavjud. Meksikabo‘yi pasttekiligining unumdor tuproqlari qishloq xo‘jaligida keng 
foydalaniladi. Ayniqsa Missisipi vodiysida paxta, Meksika sohillarida shakarqamish 
va katta maydonlarda subtropik sitrusli mevalar yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 


185 
Florida yarim oroli.
 
Florida materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan 
va yassi tekislik relyef shakliga ega bo‘lgan yarim oroldir. U 1513 yilda ispaniyalik 
Ponse de Leon tomonidan kashf etilgan. Yer yuzasi dengiz sathidan 100 m gacha 
baland ko‘tarilgan, maydoni 115 ming km
2
. Florida hududi paleogen-neogen 
davrlarining ohaktoshlaridan, qisman dengiz va daryolarning mayin yotqiziqlaridan 
tarkib topgan. Ohaktoshli qatlamlarda karst jarayoni kuchli rivojlangan. Yer ostida 
g‘orlarning, buloqlarning, daryolarning va ko‘llarning keng tarqalishi ohaktoshlar 
bilan uzviy bog‘liq. 
Yarim orolning iqlimi tipik okean iqlimi bo‘lib, uning shimoliy qismi nam 
subtropik va janubiy qismi tropik iqlim tipiga qaraydi. Qish oylari quyoshli va iliq
 
bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda +14°S dan janubda +21°S gacha 
ko‘tariladi. Yoz oylari sernam va iliq bo’ladi. Iyulning o‘rtacha harorati shimolda 
+27
0
+28°S atrofida bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 1200-1400 mm. Daryolari juda 
qisqa, lekin sersuv. Hatto Sent-Djons daryosida kemalar bemalol qatnay oladi, 
ko‘llarga juda boy, eng kattasi Okichobi ko‘lidir. Botqoq landshaftlar keng 
tarqalgan. Floridaning janubiy qismigacha botqoqlangan yerlarda Evergleyds milliy 
bog‘i tashkil etilgan. O‘rmonlarda qarag‘aylar, magnoliyalar, palmalar, shamshod 
daraxtlari o‘sadi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish