Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Ma’naviy zararni qoplash
So‘nggi  yillarda  etkazilgan  ma’naviy  zarar  uchun  katta 
miqdordagi  to io v   summasini  ko‘zda tutuvchi  da’vo  arizalarining 
soni 
ortib 
bormoqda. 
Fuqarolik 
huquqi 
bo‘yicha  qator 
tadqiqotchilar, ayniqsa xorijiy davlatlarda ushbu bu kabi talablami 
axloqsizlik,  ma’naviy  zarar  uchun  to ‘lovlami  esa  “ma’naviy 
haqorat”  sifatida  talqin  etilmoqda.  Shuning  uchun  ham  sudlarda 
ma’naviy  zarami  qoplash  ko‘rinishidagi  talablami  qanoatlantirish 
amaliyotidan  chekinish  kuzatilmoqda.  Ayrim  holatlarda  sudlar 
zarar etkazuvchining harakatlarini qoralashdan dalolat beruvchi oz 
miqdordagi  to‘lov  summalarini  belgilash  haqida  qaror  chiqarish 
bilan cheklanmoqda (E. A.  Suxanov,  1998).
Qonunchilikka muvofiq ma’naviy zarar -  fuqaroning shaxsiy 
nomulkiy  huquqlariga  yoki  ularga  taalluqli  bo‘lgan  nomoddiy 
ne’matlarga  tajovuz  qiluvchi  harakatlar  natijasidagi  jismoniy 
va  ma’naviy  azoblanishni  anglatadi.  Shunga  qaramay  ushbu 
qoidalami  istisno  etuvchi  qator holatlar ko‘zda tutilgan  ( 0 ‘zR FK
1021-modda).
Ma’naviy  zarar  pul  bilan  qoplanadi.  Ma’naviy  zarami 
qoplash miqdori javbrlanuvchiga etkazilgan jismoniy va ma’naviy 
azoblarning xarakteri, zaraming etkazilishidagi amaldagi tafsilotlar, 
jabrlanganning  individual  xususiyatlari,  shuningdek  ayb  tovon 
to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar etkazuvchining aybi darajasi 
inobtaga olingan holda sud tomonidan aniqlanadi. Zarami qoplash 
miqdorini  aniqlashda  oqilonalik  va  adolatlilik  talablari  e’tiborga 
olinishi lozim. Alohidata’kidlash lozimki, m a’naviy zarar to‘lanishi 
lozim  bo‘lgan  mulkiy  zarardan  qat’iy  nazar  qoplanadi  ( 0 ‘zR  FK
1022-modda).
Umuman  olganda,  tibbiy  xodim  yoki  muassasaning 
bemorlarga nisbatan har qanday g ‘ayriqonuniy harakatlari ma’naviy 
zarar  manbai  sifatida  qoralanishi  mumkin.  Binobarin,  bu  kabi 
holatlarda bemorning umum e’tirof etilgan huquqlarining buzilishi 
va  ijtimoiy  mavqeining  yomonlashuviga  yo‘l  qo‘yiladi.  Shunday


qilib,  tibbiy  yordam  lozim  darajada  ko‘rsatilmagan  holatlaming 
barchasi, shu jumladan bemorga qo‘pollik, hurmatsiz munosabatda 
bo‘lish,  shifokor  sirlarini  oshkor  etish  moddiy  zarar  etkazishdan 
qat’iy nazar, ma’naviy zarami qoplash uchun asos boMishi mumkin.
So‘nggi  yillardagi  fuqarolik  sudlov  amaliyoti  tibbiy 
xodimlar  va muassasalar  faoliyati  bilan  bog‘liq  ma’naviy  zarami 
qoplash  haqidagi  da’vo  arizalari  asosan  fuqarolar  tomonidan 
berilayotganligini  ko‘rsatmoqda.  Shu bilan  birga,  tibbiy  xodimlar 
va muassasalar ham fuqarolik huquqi subyekti maqomiga, fuqarolik 
huquqi layoqatiga va fuqarolik muomala layoqatiga ega bo‘lib, ular 
ham o‘zlarining mulkiy va nomoddiy ne’matlarini himoya qilishda 
jismoniy  yoki  yuridik  shaxslar  kabi  barcha  huquqlarga  egadir. 
Taassufki, tibbiy xodimlar va muassasalarning ushbu huquqlaridan 
foydalanishi amalda kamyob holat.
Tibbiy  xodimlar  amaliyotda moddiy va ma’naviy  zararlami 
qoplash  bilan  bir  qatorda  fuqarolik  huquqi  sohasidagi  yana  bir 
muammo  -   bemorlaming  vasiyatnomalariga  guvohlik  berish 
holatlari  bilan  ham  to ‘qnashishi  mumkin.  Jumladan,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  1126-moddasiga  muvofiq, 
kasalxonalar,gospitallarvaboshqastatsionardavolashmuassasalarida 
davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan 
fiiqarolaming ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash 
muassasalarining bosh vrachlari, ulaming davolash ishlari bo‘yicha 
o‘rinbosarlari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek gospitallaming 
boshliqlari,  qariyalar  va  nogironlar  uylarining  direktorlari  yoki 
bosh  vrachlari  tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalar  notarial 
tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladilar.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish