Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Etkazilgan zararni to‘lash



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Etkazilgan zararni to‘lash
Zarar  etkazilganda  qonunda  nazarda  tutilgan  holatlar 
mavjud  bo‘lsa,  huquqbuzar  zararni  qoplash  ko‘rinishidagi 
javobgarlikka  tortiladi.  Fuqarolik  qonunchiligida javobgarlikning 
delikt  va  shartnomaviy  turlari  farqlanadi.  Tibbiy  xodimlaming 
kasb  huquqbuzarliklari  holatlarida  ko‘proq  delikt  ko‘rinishidagi 
javobgarliklar  vujudga  keladi.  Binobarin,  bemor  va  davolash- 
profilaktika  muassasalari  o ‘rtasida,  shu  jumladan  sog‘liqni 
saqlashning  nodavlat  tizimida  ham,  shartnomaviy  munosabatlar 
kamdan-kam  holatlarda  o ‘rnatiladi.  Shaxsning  g‘ayriqonuniy 
harakatlari  delikt  javobgarlikda  umumiy  obyektiv  mezonlarga 
asoslansa, shartnomaviy javobgarlikda g ‘ayriqonuniy harakat faqat 
shartnomada  nazarda  tutilgan  talablarining  buzilishini  anglatadi. 
Ta’kidlash  lozimki,  shartnomaviy  javobgarlik  hajmi  delikt 
javobgarlikdan  kam  bo‘lmasligi  lozim,  qoplanadigan  zarar  hajmi 
esa umumiy qoidalarga nisbatan orttirilishi mumkin.
Fuqarolik  qonunchiligida  deliktning  umumiy  tamoyillari 
mavjud  bo‘lib,  ularga  muvofiq  bir  shaxs  tomonidan  boshqa 
bir  shaxsga  zarar  etkazishning  o ‘zi  etkazilgan  zarami  qoplash 
majburiyatini yuzaga keltiradi.  Shunday qilib,  fiiqaro yoki yuridik 
shaxsning  mulkiga  yoki  nomoddiy  ne’matlarga  zarar  etkazish 
faktining mavjudligi  delikt javobgarlikning vujudga kelishi uchun 
asos hisoblanadi (E. A.  Suxanov,  1998).
Qonunchilikka  muvofiq  shaxsiy  nomulkiy  huquqlariga 
shaxsning  hayoti  va  sog‘lig‘i,  sha’ni  va  qadr-qimmati,  shaxsiy 
daxlsizligi,  ishchanlik  obro‘si,  shaxsiy  hayotining  daxlsizligi, 
shaxsiy  va  oilaviy  sir  va  boshqalar  taalluqlidir.  Shaxsga  tegishli 
bo‘lgan  shaxsiy  nomulkiy  huquqlar  va tug‘ilgandan  boshlab  yoki


qonunga  muvofiq  fuqaroga  tegishli  bo‘lgan  boshqa  nomoddiy 
ne’matlar  tortib  olinmaydi  va  o ‘zga  usul  bilan  boshqa  shaxsga 
berilmaydi ( 0 ‘zR FK 99-modda).
Ushbu muammo tibbiy xodimlar va muassasalar faoliyatida 
ham muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  tibbiy  yordam ko‘rsatishning 
noxush  oqibatidagi  zarami  qoplash  da’vosi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
fiiqarolik  ishlarining  ortishi  ham  tasdiqlaydi  (G.  A.  Pashinyan  va 
boshq.,  2008).  Binobarin,  qonunchilikka  muvofiq  boshqa  turdagi 
huquqiy  (intizomiy,  m a’muriy,  jinoiy)  javobgarliklarga  tortilish 
fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan,  ya’ni  zarami  qoplashdan  ozod 
etmaydi.  A. V. Tixomirov (2000) xattoki maxsus “yatrogen delikt” 
atamasini taklif etgan bo ‘ lib, u vrach tomonidan bemorga etkazilgan 
zarami  qoplashni  ko‘zda  tutadigan  huquqbuzarlik  tushunchasini 
anglatadi.
Fuqarolik qonuni zarar etkazuvchi aybining usivorligi nazarda 
tutadi.  Shu  nuqtai-nazardan  jabrlanuvchi  zarar  etkazuvchining 
aybini,  uni  harakatlarining  g‘ayriqonuniyligini  isbotlashi  shart 
emas,  ayni  vaqtda  aybsiz  ekanligini  isbotlash  bilan  u  fuqaroviy- 
huquqiy  javobgarlikdan  ozod  etiladi.  Masalan,  bemor  tibbiy 
xodimni  o ‘z  kasb  vazifalarini  lozim  darajada  bajarmaganlikda 
ayblaganda,  vrach  o ‘z  harakatlarini  qonuniy  ekanligi,  aybi 
yo‘qligini isbotlamaguncha, aybdor hisoblanadi.
O ’zR  FK  14-moddasiga  muvofiq,  agar  qonun  yoki 
shartnomada zarami kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan 
bo‘lsa,  huquqi  buzilgan  shaxs  o‘ziga  etkazilgan  zaraming  to‘la 
qoplashini talab qilishi mumkin.
Tibbiy  xodimlami  kasb  vazifalarini  lozim  darajada 
bajarmagan  holatlarda qo‘llaniladigan va nisbatan keng tarqalgan 
fuqaroviy-huquqiy munosabati  shakli  bu zarami  qoplashdir.  Zarar 
o‘z  navbatida  haqiqiy  zarar  va  boy  berilgan  foydaga  farqlanadi. 
Haqiqiy zarar huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash 
uchun  qilgan  yoki  qilishi  lozim  bo‘lgan  harajatlari,  uning  mol- 
mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishini anglatadi.


Tibbiy  xodimlarning  faoliyatiga  nisbatan  haqiqiy  zarar 
davolanish, 
qo‘shimcha 
ovqatlanish, 
sanatoriya-kurortlarda 
sog‘liqni tiklash, dori-darmonlar va turli xil maxsus vositalar uchun 
sarflangan  harajatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ayni  vaqtda  ta’kidlash 
lozimki, sud zarami qoplash haqida qaror qabul qilishda o ‘tkazilgan 
tibbiy-mehnat,  baxsli  holatlarda  esa  sud-tibbiy  ekspertiza 
natijalariga tayanadi.
Olinmay qolgan daromadni odatdagi fuqarolik muomalasida 
olishi mumkin bo‘lgan, ammo bemor ololmay qolgan ish haqi yoki 
boshqa daromadlar tashkil etadi (boy berilgan foyda).

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish