Vrach faoliyatining huquqiy asoslam


Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga
 
kelish shartlari
Etkazilgan zarar uchun majburiyat, va mos tarzda javobgarlik 
quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan vujudga keladi:
- zarar etkazilganlik fakti;
- zarar etkazgan shaxs harakatining g ‘ayriqonuniyligi (harakat 
yoki harakatsizlik);
- zarar etkazgan shaxsning g ‘ayriqonuniy harakati va vujudga 
kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni mavjudligi;
- zarar etkazgan shaxsning aybini mavjudligi.
Sog‘liqqa zarar etkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda: 
qasddan  (vrach  zarar  etishini  istaydi  va  vujudga  kelishiga  imkon 
beradi) va ehtiyotsizlik orqasidan (zarar vrachning beparvoligi, o ‘z 
o‘ziga o‘ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan  tibbiy  xizmat mavjud  standartlarga,  shartnoma 
shartlariga  yoki  odatdagi  talablarga  mos  kelmasa,  shu jumladan 
tibbiy  yordam  nuqsonlari  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘lsa,  lozim 
darajada boim agan tibbiy yordam sifatida tasniflanadi. Ta’kidlash 
lozimki,  bu  kabi  holatlarda  zarar  etkazishda  aybning  yo‘qligini 
isbotlash  kamchilikka  yo‘l  qo‘ygan  shaxsga  (tibbiy  xodim, 
davolash-profilaktika muassasasi) yuklatiladi.
Odatda  uch  holat  mavjud  bo‘lgan  tibbiy  xodim  aybsiz  deb 
topiladi:


1. Favqulotda holat yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri (masalan, 
tabiiy ofatlar va sh. k. ) bo‘lganligi  isbotlansa;
2.  Agarda zarar bemorning  iltimosi  yoki  uning roziligi bilan 
etkazilgan  bo‘Isa.  Ushbu  holat  bemorning  ma’lumotli  roziligini 
olish  talablariga  rioya  etish  nechog‘li  muhim  ekanligidan  dalolat 
beradi.
3.  Bemor  tomonidan  qo‘pol  ko‘rinishdagi  ehtiyotsizlikka, 
vrach  tomonidan  belgilangan  talablarning  buzilishiga  yo‘l 
qo‘yilganligi  isbotlansa (V. V.  Chernobay, 2005).
Bunday  holatlarda  tibbiy  hujjatlami  yuritish  holati  alohida 
ahamiyat  kasb  etadi  -   asl  nusxaning  mavjudligi,  kundaliklardagi 
ma’lumotlarning to‘laqonligi, to‘g ‘rilashlaming yo‘qligi va h. k.
0 ‘zR  FK  985-moddasiga  muvofiq,  g‘ayriqonuniy  harakat 
(harakatsizlik)  tufayli  fuqaroning  shaxsiga  yoki  mol-mulkiga 
etkazilgan  zarar,  shuningdek  yuridik  shaxsga  etkazilgan  zarar, 
shu jumladan boy berilgan foyda zarami etkazga shaxs tomonidan 
to‘liq  hajmda  qoplanishi  lozim.  Zarami  to‘lash  majburiyati  zarar 
etkazuvchi  bo‘lmagan  shaxsga  ham  yuklatilishi  mumkin.  Qonun 
hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zarami to‘lashdan 
tashqari tovonto‘lash majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin. Zarar 
etkazgan shaxs, agar zarar o‘z aybi bilan etkazilmaganini isbotlasa, 
zararni  to‘lashdan  ozod  qilinadi.  Shu  bilan  birga  qonunda  zarar 
etkazgan  shaxsning  aybi  boMmagan  taqdirda  ham  zarami  toiash 
nazarda  tutilishi  mumkin.  Agar  zarar  jabrlanuvchining  iltimosi 
yoki  roziligi  bilan  etkazilgan  bo‘Isa,  zarar  etkazgan  shaxsning 
harakatlari  esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarami 
to‘lash rad etilishi mumkin.
Agarda  jinoiy  qonunchilikda  oxirgi  zarurat  holatida  sodir 
etilgan  harakat javobgarlikka tortilmasa,  fuqarolik qonunchiligida 
ular  zarami  qoplash  ko‘rinishidagi  javobgarlikka tortishdan  ozod 
qilish  uchun  asos  bo‘la  olmaydi.  Ya’ni,  oxirgi  zarurat  holatida 
etkazilgan zarar, ya’ni zarar etkazgan shaxsning o ‘ziga yoki boshqa 
shaxslarga tahdid  solgan xavfhi  bartaraf etish uchun oxirgi  zarurat


holatida  etkazilgan zarar,  agar bu  xavf mazkur holatlarda  boshqa 
vositalar  bilan  bartaraf etilishi  mumkin  bo‘lmasa,  zarar  etkazgan 
shaxs  tomonidan  to‘lanishi  lozim.  Bunday  zarar  etkazilgan 
holatlami  hisobga  olib,  sud  uni  to ‘lash  majburiyatini  zarami 
etkazgan  shaxs  uchinchi  shaxsning  manfaaatini  ko‘zlab  harakat 
qilgan  bo ‘ Isa,  o ‘sha  shaxsga yuklashi  yoxud  bu  uchinchi  shaxsni 
ham,  zarar  etkazgan  shaxsni  xam  zarami  to ‘lashdan  to ‘liq  yoki 
qisman ozod qilishi mumkin ( 0 ‘zR FK 988-modda).
0 ‘zR FK 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoki fuqaro 
o‘z  xodimi  mehnat  (xizmat,  lavozim)  majburiyatlarini  bajarib 
turgan vaqtida etkazgan zarami qoplaydi. Tibbiy faoliyatga nisbatan 
qo‘llaganda  sog‘liqni  saqlashning  turli  tizimidagi  muassasalar 
xodimlari  o ‘z  xizmat  vazifalarini  bajarish  jarayonida  etkazgan 
zarar uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Bu  masalada  etkazilgan  zarar  sug‘urta  kompaniyasi 
tomonidan  toianadigan  fuqaroviy  javobgarlikni  sug‘urtalash 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ixtiyoriy  yoki  majburiy  sug‘urta 
tartibida  jabrlanuvchi  foydasiga  o‘z  javobgarligini  sug‘urtalagan 
yuridik shaxs yoki  fuqaro  etkazilgan zarami  to ‘liq  qoplash uchun 
sug‘urta puli etishmgan taqdirda, sug‘urta puli va zaraming haqiqiy 
miqdori o‘rtasidagi farqni to ‘laydi ( 0 ‘zR FK 992-modda).
Qonunchilik  zarar  etkazgan  shaxsga  nisbatan  regress 
huquqini  belgilaydi  ( 0 ‘zR  FK  1001-modda).  Ya’ni,  o ‘z  xodimi 
tomonidan  etkazilgan  zarami  to ‘lagan  yuridik  shaxs  (masalan, 
davolash-profilaktika muassasasi), to ‘langan mablag‘ni  xodimdan 
muassasa hisobiga qaytarishni talab qilishi mumkin. Lekin, amalda 
tibbiy muassasa  o‘z xodimi  (vrach,  o ‘rta tibbiy xodim) tomonidan 
etkazilgan zarami qaytarish masalasida qarshi  da’vo taqdim etgan 
holatlar juda kam uchraydi.
Agar  jabrlanuvchining  mehnat  qobiliyati  zarami  undirish 
belgilangan  paytda  bo‘lgandagiga  nisbatan  yomonlashgan  yoki 
aksincha  oshgan  bo‘lsa  sud  jabrlanuvchi  yoki  zarar  etkazgan 
shaxsning  talabiga  ko‘ra  zarami  qoplash  miqdorini  ko‘paytirishi


yoki karaaytirishi mumkin ( 0 ‘zR FK  1012-modda).
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksida  tibbiy 
yoki  farmatsevtika  faoliyatiga  ham  taalluqli  bo‘lgan  tovarning, 
ishning,  xizmatning  nuqsonlari  oqibatida  etkazilgan  zaraming 
o ‘mini  qoplash  masalasi  alohida  yoritilgan.  Ya’ni,  mahsulotning 
(ishning, xizmatning) konstruktiv, retseptur yoki boshqa nuqsonlari 
oqibatida,  shuningdek  tovar  (ish,  xizmat)  to‘g‘risidagi  ma’lumot 
noto‘g ‘ri yoki etarli emasligi oqibatida fiiqaroning hayoti, sog‘lig‘i 
yoki mol-mulkiga yoxud yuridk shaxsning mol-mulkiga etkazilgan 
zarar  sotuvchi  yoki  tayyorlovchi  (ijrochi)  tomonidan,  ulaming 
aybidan  va  jabrlanuvchi  ular  bilan  shartnoma  munosabatlarida 
bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi lozim ( 0 ‘zR 
FK  1017-modda).
Bunday holatlarda zararni qoplash ayrim xususiyatlarga ega. 
Mahsulotningnuqsonlarioqibatidaetkazilganzararjabrlanuvchining 
tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi (masalan, 
farmatsevtika  faoliyatida  dori-darmon,  yoki  boshqa  vositalar, 
tibbiy  texnika va buyumlar)  tomonidan qoplanishi  lozim.  Ishning 
(xizmatning)  nuqsoni  oqibatida  etkazilgan  zarar  ishni  bajargan 
yoki  xizmatni  ko‘rsatgan  shaxs  (ijrochi)  tomonidan  qoplanishi 
lozim.  Xuddi  shu  tartibda  tovar  (ish,  xizmat)  to‘g ‘risida  to‘liq 
yoki  ishonchli  ma’lumot  bermaganlik  oqibatida  etkazilgan  zarar 
qoplanishi lozim ( 0 ‘zR FK  1018-modda).
Shu  bilan  birga  tovarning  sotuvchisi  yoki  tayyorlovchisi, 
ishning  (xizmatning)  ijrochisi,  zarar  engib  bo‘lmas  kuch ta’sirida 
yoki  iste’molchi  tovarlami  saqlash  yoki  ulardan  (ishning 
natijalaridan,  xizmatlardan)  foydalanish  yuzasidan  belgilangan 
qoidalami  buzishi  oqibatida  etkazilganligini  isbotlagan  hollarda 
javobgarlikdan ozod qilinadi ( 0 ‘zR FK  1020-modda).

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish