67
Ikkilamchi gipotoniyalar ko’pchilik kasalliklar
paytida ularning
asorati yoki belgisi sifatida kuzatiladi. Masalan, isitma bilan o’tadigan
kasalliklar, oshqozon oldi bo’limlarining oziqa bilan to’lib qolishi,
travmatik retikulit, oziqalardan zaharlanish va modda almashinuvi
kasalliklari.
Klinikasi
. Kasallikning boshida ishtaha pasayadi,
keyinchalik
yo’qoladi va uzgaradi. Kavsh kaytarish siyraklashadi yoki yo’qoladi.
Katta qorin harakati kuchsiz, to’liqsiz bo’lib, uning 5 daqiqadagi soni 3-
5 martadan oshmaydi (me’yori 3-5 daqiqada 8-12 marta).
Katta qorin suyuqligidagi infuzoriyalar va mikroorganizmlar soni
keskin kamayadi, propion, moy va sirka kislotalarining miqdori ortadi.
Ularning o’zaro nisbatlari o’zgaradi, ya’ni sirka
va moy kislotalarining
ko’payishi hamda propion kislotasining kamayishi kuzatiladi. rN - 6,3-
5,8 atrofida bo’ladi. Umumiy intoksikasiya, holsizlanish, taxikardiya,
mahsuldorlikni keskin kamayishi kuzatiladi.
Davolash.
Kasallikka sabab bo’lgan
oziqalar rasiondan chiqariladi,
o’rgina sifatli pichan, ildizmevalilar, donlar yormasidan tayyorlangan
atala,
achitilgan oziqalar, sifatli silos kabilar kiritiladi. Davolashning 1-2
kunlarida och qoldirish diyetasi tavsiya etilib, suv berish chegaralanmaydi.
Medikamentoz davolash ruminator dorilar, bijg’ishga qarshi, surgi
dorilar, ishtaha ochuvchi doilarni qo’llash bilan oshqozon oldi
bo’limlarining
motorikasini tiklash, qorindagi zaharli oziqalarni
chiqarilishini yaxshilash va muxitini me’yorlashtirishga qaratilgan
bo’lishi lozim.
Buning uchun katta qorin 1%-li natriy sulfat yoki natriy
gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi. Chemerisa nastoykasidan 2-3 kun
davomida: qoramollarga – 10-15 ml, qo’y va echkilarga – 3-5 ml 200-
300 ml suvga aralashtirilib ichiriladi. Vena qon tomiri orqali 5-10%-li
natriy xlorid eritmasi: sigirga – 300 ml.gacha yuboriladi.
Katta
hayvonlarga 400-600 g natriy sulfat yoki magniy sulfat 8-10%-li eritma
holida ichiriladi. Chemerisa nastoykasidan qoramollarga 5-12, qo’ylarga
2-4 ml og’iz orqali ichiriladi, yoki sigirlarga 2-3 ml teri ostiga
yuboriladi. Qoramollarga -300-500 ml, mayda hayvonlarga 30-60 ml
payta yog’i ichiriladi. Bo’g’oz bo’lmagan sigirlarga 0,1%-li karboxolin
yoki prozerin eritmasidan 1-3 ml teri ostiga yuboriladi.
Ishtaha ochuvchi vositalar sifatida sigirlarga 20-30
g achchiq
shuvoq, 30-50 g karlovar tuzi tavsiya etiladi. Bir kunda 2 marta, 2-3
kun davomida qoramollarga 100-150 ml, qo’y va echkilarga 30-50 ml
aroq berish mumkin.
68
Katta qorin mikroflorasi faoliyatini yaxshilash uchun spirt-achitqi
eritmasidan kuniga 50-100 ml ichirish mumkin. Bu eritmani tayyorlash
uchun 100g quruq achitqi, 200 g shakar va 200 g aroq olinib, 2 litr iliq
suvga aralashtiriladi va issiq o’rab qo’yiladi. 2 soatdan keyin eritma
ishlatishga tayyor bo’ladi.
Sut kislotasi –
Do'stlaringiz bilan baham: