«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Oshqozonning o’tkir kengayishi

oshqozon-ichak 
ileusi 
hisoblanib, oshqozonning pilorik ba’zan kardial sfinkterining spazmi, 
hajmiga kattalashuvi hamda motor va sekretor funksiyalarining 
buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Sabablari.
Kasallik otlarda oziqlantirish, dam berish yoki ishlatish 
rejimi buzilganda, oziqa turi birdaniga o’zgartirilganda, ko’p miqdordagi 
donli oziqalar berilganda, otlar qorni to’q paytida choptirilganda yoki 
ishlatilganda, charchagan otlarga birdaniga ko’p oziqa berilganda, 
buzilgan, ifloslangan, mog’orlagan yoki tez achiydigan oziqalar 
berilganda, ba’zan sovuq suv berilgan paytlarida vegetativ asab 
tizimining simpatik bo’limi qo’zg’aluvchanligining oshib ketishi 
oqibatida pilorik sfinkterning spazmatik qisqarishlari tufayli kelib 
chiqadi. 
Pilorospazm bundan tashqari ingichka ichaklar kasallangan 
paytlarida (ileosekal og’riqlar), ba’zan yo’g’on ichaklar va qorin pardasi 
kasalliklari, kuchli sovqotish va qo’yoshsimon tugunning buzilishlari 
paytida paydo bo’ladi. Ikkilamchi oshqozon kengayishlari esa o’nikki 
barmoqli (ximostaz, gematoma) och, yonbosh va ba’zan yo’g’on 
ichaklarda o’tkazuvchanlikning buzilishi oqibatida kelib chiqadi.
Belgilari.
Og’riq impulslari bosh miyaning kuchli qo’zg’alishini 
chaqiradi va qonga ko’p miqdorda adrenalin tusha boshlaydi. Simpatik 
asab tizimi qo’zg’aladi. Natijada spazm doimiy tus olib, oshqozonda 
antiperistaltik harakatlar paydo bo’ladi, ichaklar peristaltikasi to’xtaydi. 
Oshqozon kattalashib, diafragmani qisadi va nafasni qiyinlashtiradi, 
yurakning sistolik hajmi kamayadi. Kislorod tanqisligi tufayli 
oksidlanish jarayonlari buziladi, oshqozon sekresiyasining kuchayishi 
(25 litr va undan ko’p) organizmning suvsizlanishi, gazlar va moddalar 
almashinuvining buzilishlariga sabab bo’ladi.


72 
Kasallikning belgilari oziqlanayotgan paytda yoki undan 1-5 soatdan 
so’ng paydo bo’ladi. Ot bezovtalanadi, bir joyda turib yer tepinadi, 
qorniga tinmasdan qaraydi, ag’naydi. Oshqozon kattalashib borgan sari 
kasallik belgilari doimiy tus olib (distenzion sanchiqlar) va kuchayib 
boradi. Otlarda itlarga o’xshab o’tirish, ba’zan bo’yintiriq venasida 
teskari vena pulsi kuzatiladi. Ayrim paytlarda qayd qilish kuzatilishi 
mumkin. Hayvonning ahvoli og’irlashib, kuchli terlash, muskullarning 
qaltirashi, tana haroratining 39
0
S gacha ko’tarilishi va shilliq pardalarda 
giperemiya va sianoz kuzatiladi. Taxikardiya va 1- tonda aksent paydo 
bo’ladi. Nafas harakatlari zo’riqqan va yuzaki bo’ladi.
Chap tomondan 14-17- qovurg’alar ostida qorin kattalasha boshlaydi. 
Ichaklar peristaltikasi avvaliga kuchayib, tezda pasayadi va tezaklash 
kamayadi. 
To’g’ri ichak orqali tekshirilganda oshqozonning dumaloq shaklda 
ekanligi va taloqning biroz orqa tomonga siljiganligi aniqlanadi. 
Oshqozon shirasining kislotaligi oshib, 60-100 titr birligigacha yetadi.
Diafragma yorilganda aralash tipdagi hansirash, yurak yetishmov-
chiliklari, sianoz va hayvon ahvolining og’irlashuvi kuzatiladi, 
o’pkaning chap tomonida timpanik tovushlar eshitiladi. 
Oshqozon yorilganda ot birdan tinchlanib qoladi va kollaps 
kuzatiladi. Ko’z kam harakat bo’lib, ko’z olmasi cho’kadi. Hayvonni 
sovuq ter bosadi. Quloq, burun va oyoqlar soviydi. Rektal tekshirilganda 
qorin bo’shlig’ining yuqori qismida gazlar borligi seziladi. Qorin devori 
teshib ko’rilganda qon aralash oshqozon massasi chiqadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish