«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Mashg’ulotning maqsadi:
talabalarga surgi dorilarining ta’sir 
mexanizmlari va kasal hayvonda qo’llashni o’rgatish. 
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar:
jadvallar, Slaydlar,
surgi dorilar (yog’li va tuzli surgilar, vagotrop dorilar) namunalari, steril 
shpris va ignalar, Esmarx krujkasi, klinik tekshirish asboblari, kasal 
hayvon turlari; 
Mashg’ulotning borishi: Surgi dorilar
- deb oziqa massasining
hazm kanali bo’ylab harakatini (evakuasiyasini) yaxshilaydigan 
dorilarga aytiladi. Surgi jarayoni quyidagicha amalga oshadi: yog’lar 
va shilimshiq suyuqliklarni ichirish yordamida ximusning harakati 
yaxshilanadi, ichaklar devoridagi sekretor bezlar faoliyati kuchayadi, 
hazm kanali devorida so’rilish jarayoni pasayadi, ichaklar perstaltikasi 
kuchayadi. 
Ta’sir mexanizmi va surgi sifatidagi kuchiga qarab surgi dorilar uch 
guruhga bo’linadi: Kuchsiz, o’rta va kuchli ta’sir etuvchi surgi dorilar. 
Kuchsiz ta’sir etuvchi
surgilarga kanakunjut yog’i (oleum Ricini), 
kungaboqar yog’i (Ol. Helianthi), paxta yog’i (Ol. Gossipium), kanap 
yog’i (Ol. Lini) vazelin yog’i (Ol. Vazelini) kiradi. 
Yog’lar asosan ich qotishi yoki har xil konkrementlar paydo bo’lgan 
hollarda, oshqozon va ichaklar atoniyasi paytlarida qo’llaniladi. Ular 
organizmga yuborilgach, 4-6 soatdan so’ng ta’sir etadi va bu ta’sir 1-4 
soat davom etadi. Yog’lar otlarga o’rtacha 150-400 (500) ml, 
qoramollarga 300-500 (1000), mayda mollarga 50-150 (200), itlarga 15-
50 va cho’chuqalarga 20-100 ml beriladi. 


66 
O’rta ta’sir etuvchi surgilarga natriy sulfat (glauber tuzi-natrii 
sulfatis), magniy sulfat (magnii sulfatis), karlovar tuzi (salis caroiini), 
sabur (Aloe), reven ildizi (Radix rhae) kiradi. 
O’rta tuzlar ichak devori orqali qiyin so’riladi va ichak kanalida 
yuqori osmotik bosimni hosil qiladi, natijada atrof to’qimalardagi suvni 
ichaklarga qayta so’rilishini ta’minlaydi. Ichaklar massasining xajmi 
ortadi, suyuladi. Surgi tuzlarining ta’siri 5-6 soat o’tgach boshlanadi va 
8-12 soat davom etadi. Tuzlar 4-8 foyizli eritmalar holida ishlatiladi. 
Otlarga 200-500 g, qoramollarga 400-800g, mayda mollarga 50-100g, 
itlarga 10-20 grammdan beriladi. 
Saburdan asosan otlarning kolik kasalliklarida, bosh va orqa miya, 
o’pka shamollashlarida, tuyoqlarning revmatik yallig’lanishlari 
paytlarida foydalaniladi. Ta’siri 12-24 soatdan keyin boshlanib, 8-24 
soat davom etadi. Saburni bo’g’ozlik paytida qo’llash mumkin emas. 
Otlarga 25-30 g, qoramollarga 50-75 g, cho’chqalarga 5-10 g, itlarga 2-3 
grammdan beriladi. Kuchli ta’sir etuvchi surgilarga alkaloidlardan 
arekolin, karboxolin, fizostigmin va pilokarpin kiradi. 
Karboxolin 
(Corbocholinum) 
hazm 
kanalidagi 
bezlarning 
sekresiyasi va motorikasini kuchaytiradi. Otlarga 0,002-0,004 g, 
qoramollarga 0,0005- 0,005, cho’chqalarga 0,0001-0,0005, itlarga 
0,0001-0,0002 gramm teri ostiga 0,1% li eritmalar holida yuboriladi. 
Arekolin (Arecolinum) parasimpatik nerv tizimini kuchaytirish yo’li 
bilan hazm kanalining motor va sekretor faoliyatlarini kuchaytiradi. 
Ta’siri 10-15 daqiqadan keyin boshlanib, 3 soatgacha davom etadi. 
Otlarga 0,02 -0,05, qoramollarga 0,02-0,06, mayda mollarga va 
cho’chqalarga 0,01-0,05, itlarga 0,001-0,005, qo’shlarga 0,001-0,002 g 
teri ostiga 0,1 % li eritma holida yuboriladi. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish