«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

 SANChIQ BILAN KASALLANGAN
OTLARNI DAVOLASh
Reja:
15.1. Sanchiq sindromi bilan kechadigan kasalliklarning sabablari,
tasnifi va asosiy sindromlari. 
15.2. O’tkir oshqozon kengayishi bilan kasallangan otni qabul 
qilish va davolash tartibini tuzish. 
Mashg’ulotning maksadi: 
Studentlarga «sanchiq sindromi» bilan 
kechadigan kasalliklarning sabablari, tasnifi va asosiy sindromlari 
to’g’risida tushuncha berish, sanchiqlar bilan kasallangan otni qabul 
qilish va davolash tartibini o’rgatish. 
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar: 
Otlarni fiksatsiya qilish 
aslahalari, sanchiqlar haqidagi jadvallar, laboratoriya jihozlari, 
spazmolitik, og’riq qoldiruvchi dorilar, dezinfeksiyalovchi eritmalar, 
gipertonik eritma, otlar uchun burun-qizilo’ngach zondi, Esmarx 
krujkasi, tamponator.
Mashg’ulotning borishi: Kolik
(Colica) –bezovtalanish bilan 
o’tadigan sanchiq ma’nosini anglatib, bu guruhga oshqozon va 


70 
ichaklarning ko’p kasalliklari kiradi hamda oshqozon-ichaklarda oziqa 
massasining to’xtab qolishi, hazm traktining motorikasi, so’rilish va 
sekretor funksiyalarining buzilishi bilan o’tadi. Bu kasalliklar asosan bir 
tuyokli hayvonlarda va ba’zan boshqa hayvonlarda uchraydi.
Sanchiqlarning asosiy sabablaridan biri organizmda shartli reflekslar 
stereotipining buzilishi oqibatida markaziy asab tizimi boshqaruvchanlik 
xususiyatining buzilishi hisoblanadi. Bunda vegetativ asab tizimining 
qo’zg’aluvchanligi o’zgaradi, ya’ni simpatik yoki parasimpatik asab 
tizimlarining qo’zg’aluvchanligi tormozlanishiga nisbatan kuchli bo’ladi 
(disfunksiya). Bu o’zgarishlar asosan ichki a’zolar, ya’ni oshqozon va 
ichaklarda yuz berishi mumkin.
Bunday sabablarga ko’p miqdordagi sifatsiz oziqalarning berilishi, 
hayvonlarni oziqlantirish, sug’orish va ishlatish rejimining buzilishi, 
tashqi muhit past haroratining umumiy va mahalliy ta’siri, oldingi charvi 
arteriyasida 
delafondiya 
parazitlarining 
rivojlanishi 
oqibatida 
qo’yoshsimon tugunning anevrizimi va funksiyasining buzilishi, havo 
bosimi va namligining o’zgarishlari oqibatida vissero-visseral va sensor-
visseral patologik reflekslarining paydo bo’lishi va boshqalar kiradi.
Ushbu omillar ta’sirida oshqozon va ichaklardagi motor, sekretor va 
so’rilish funksiyalar reflektor ravishda buziladi, natijada sfinktrlar va 
ichaklarning ayrim bo’laklarida kuchli spazm (spastik sanchiqlar) 
kuzatiladi. Motor faoliyatining buzilishi esa ichak ba’zi qismlarining 
zo’riqishi va oziqa massasining turib qolishi, achish-bijg’ish 
jarayonlarining va gazlar paydo bo’lishining kuchayishiga olib keladi. 
Devorlar 
taranglashib, 
interoreseptorlar 
qitiqlanadi 
(distenzion 
sanchiqlar), charvilar tortilib taranglashadi (charvi sanchiqlari) va qorin 
pardasidagi 
reseptorlar 
ta’sirlanadi 
(peritonial 
sanchiqlar). 
Autointoksikasiya hamda organizmning suvsizlanishi (degidratasiya) 
kuzatiladi. Jigar faoliyati buziladi. Qon quyuqlashib, bosimi ko’tariladi, 
asidoz, taxikardiya, hansirash kabi o’zgarishlar kuzatiladi.
Sanchiqlar G.V.Domrachevning tasniflashi bo’yicha: oshqozon 
sanchiqlari (oshqozonning o’tkir va surunkali kengayishi), peritonitsiz 
kechadigan ichak sanchiqlari (kataral spazm, meteorizm, ximostaz va 
koprostaz, ichaklarning tosh, konkrement yoki gelmintlar bilan tiqilib 
qolishi) va peritonit bilan o’tadigan ichak sanchiqlari (ichaklarning 
tuyulishi, buralishi, invaginasiyasi, tromboemboliyasi paytida kelib 
chiqadigan mexanik ileuslar) guruhlariga bo’linadi.
A.V.Sinevning tasniflashi bo’yicha: mexanik va dinamik ileuslar 
farqlanadi.


71 
Dinamik ileuslar kelib chiqishiga ko’ra, spastik va paralitik 
ileuslarga bo’linadi. Spastik ileuslarga oshqozon kengayishi, enteralgiya, 
ichak meteorizmi, paralitik ileuslarga ximostaz va koprostaz kiradi.
Mexanik ileuslar obturasion (ichak kanalining toshlar, yot narsalar 
yoki gelmintlar bilan tiqilishi), strongulyasion (ichak buramlarining 
teshiklarga kirib qisilib qolishi, o’ralib tushishi, ba’zan ichak devorining 
tashqariga burtib chiqishi, ichak devorining bir-biriga kiyishib qolishi - 
invaginasiyasi, stenozlar, ichakning bo’ralib qolishi), gemostatik (ichak 
arteriyalarining tromboemboliyasi oqibatida kelib chiqadigan) ileuslarga 
bo’linadi.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish