Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi dumsizlar turkumi vakillarining lichinkalarini aniqlash jadvali
1 (2) Orqa chiqaruv teshigi tanasining o'ng tomonida joy lashgan. Dum i tanasidan 1,5 marta uzun.
Ko'l baqasi — Rana ridibunda Pallas
2 (1 ) Orqa chiqaruv teshigi tanasining o'rtasida joylashgan. Ko'zlarining orasi bumining orasiga nisbatan 1,5 marta keng.
Yashil qurbaqa — Bufo viridis Laur.
Topshiriqlar:
Tirik va spirtda fiksirlangan dumsizlar turkumi vakillarini aniq- lagichlar asosida o'rganib, sistematik holatini albomga yozing.
12-mashg‘ulot. SUDRALIB YURUVCHILAR- NING TASHQI VA ICHKI TUZILISHI
Ob’ektning sistematik holati Tip. Xordalilar — Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar — Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar — Craniata
Katta sinf. To‘rt oyoqlilar — Tetrapoda Sinf. Sudralib yuruvchilar - Reptiha Turkum. Tangachalilar - Squamata
Kenja turkum. Kaltakesaklar - Sauria (Lacertilia) Vakil. Ildam kaltakesak - Lacerta agilis L.
Kerakli materiallar va jihozlar: kaltakesak, suv iloni yoki toshbaqa (ilo ji bo'lsa mashg'ulot oldidan endigina o'ldirilgan kaltakesak), vannachalar, skalpel, qaychi, pinset, preparo-val ninalar, to'g'nog'ich ninalar, paxta, doka ro'molcha, qo'l lupasi. Tayyor fiksatsiya qilingan ho'l va quruq material lar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko'rinishi va ichi yorilgan holdagilari), sudralib yuruvchilar turli vakillari ning tulumlari hamda ulaming tashqi ko'rinishi, ichki tuzili shi, qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik- tanosil sistemasi aks ettirilgan jadvallar.
M ashg'ulotning maqsadi: ildam kaltakesak misolida sudra-lib yuruvchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzil ishini o'rganish.
Ishning mazmuni: dars o'tish uchun ilova qilingan ildam kaltakesak bo'lmagan taqdirda kaltakesaklaming boshqa tur laridan ham foydalanish mumkin.
Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladi- gan shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho'llangan paxta bo'lagi tashlanadi. 15—20 minut ichida shisha idishdagi kaltakesak jonsizlanadi va o'rganishga tayyor bo'ladi.
Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi yatlari borligi bilan suvda ham quruqlikda yashovchilardan farq qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivoj langan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming ske leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Yer ustida harakat qilishi tufayli ulaming tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qism larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez gi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqa si — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ulaming ko'p- chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudra lib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlan gan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor. Ulaming terisi quruq, teri bezlari bo‘lmaydi, leiisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am- fibiyalamikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ular- ning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurak qorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, reptiliyalaming arterial oqi mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus taqil qon tomirga bo'lingan.
Sudralib yuruvchilaming ayirish organlari ham ancha ta- komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilaming barchasida otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan
iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- ka qo‘yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko‘p bo'ladi. Shuning uchun ham ulaming rivojlanishi o'zgarishsiz boradi, ya’ni tu- xumdan chiqqan bolasi voyaga yetgan ota-onasiga o'xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug adi. Yuqori umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — murtak pardasi hosil bo'ladi. Murtak pardalarining biri — am- niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv chilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmay- digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda ham quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi.
Laboratoriya mashg'ulotida o'rganish uchun tayyorlangan
kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo'limlarga bo'linishiga, ya’ni bosh, bo'yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqla- riga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi- laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring. Bo shida ko'zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pinset bilan kaltakesakning og'zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajral gan yupqa tilini qarab o'rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshi gi — xoanalarni, hiqildoqni, orqarog'ida esa qizilo'ngach teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlar oyog'i singari tuzilganligiga, barmoqlari uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik- chalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar — son
teshiklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |