Qon aylanish sistemasi. Yurak ko'krak qafasining oldin
gi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesak ning yuragi uch kamerali. Unda ikkita — chap va o‘ng yurak bo‘lmasi (62-rasm) hamda bitta yurak qorinchasi bor. Bi roq yuragi qu-yidagilar bilan amfibiyalamikidan farq qiladi: yurak qorinchasi chala to'siq bilan ikkiga — o‘ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bo'lingan. Arteri al konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o'ng yurak bo'lmasiga qo'shilgan. Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bo'lmasining to'sig'i bilan ikkiga bo'lingan. Yurak qorin- chasining o'ng (venoz) bo'lim idan o‘pka arteriyasi bilan chap1aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi. Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to'siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir- biridan batamom ajratib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |