Mijozlar (xaridorlar
) guruhlari bozorning 5 ta turi doirasida
shakllanishi mumkin: iste’mol bozori, ishlab chiqaruvchilar bozori,
vositachilik bozori, davlat muassasalari bozori va xalqaro bozor.
Bozorning har bir turida sotuvchi bilishi zarur bo‘lgan o‘ziga xos
xususiyatlar mavjud, shu bois firma o‘z mijozlarini sinchiklab o‘rganishi
zarur.
Raqobatchilar
–bir xil tovar va xizmat turlarini ishlab chiqaruvchi
turdosh firmalar yoki individual tadbirkorlardir.
Aloqador auditoriyalar
- bu firmaga qiziqish bildiruvchi va uning
qo‘yilgan maqsadlariga erishish qobiliyatiga ta’sir etuvchi shaxslar yoki
tashkilotlar guruhidir. Ular moliyaviy doiralar, ommaviy axborot
vositalari, jamoatchilik bo‘lishi mumkin. Firma ularning e’tiborini har
tomonlama jalb etishga harakat qilmog‘i lozim, chunki ular(banklar,
aksionerlar) faoliyatga ijobiy ta’sir etishlari mumkin. Boshqalarga
nisbatan firma ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, ularning diqqati
qaratilgan obyektga aylanib qolmasligi kerak.
Firma va uning yetkazib beruvchilari, marketing vositalari,
mijozlari va aloqador auditoriyalar yangi imkoniyatlar ochuvchi yoki fir-
maga yangi xabarlar tahdid soluvchi ancha kengaytirilgan mikrosxema
kuchlarning doirasida vazifalarni amalga oshiradi. Bu kuchlar o‘zlarida
nazoratga bo‘ysunmaydigan omillarni aks ettiradi, firma uni ehtiyotlik
bilan kuzatib borishi va e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur.
Ichki marketing muhiti – bu marketing xizmati va firmaning turli
bo‘linmalari o‘rtasidagi marketing salohiyatiga va marketing
maqsadlariga ta’sir qiluvchi munosabatlar yig‘indisidir. Ichki marketing
muhitining shakllanishida faoliyat doirasi, umumiy maqsadlar, tashkilot-
dagi marketingning roli, uning funksiyalari, uni firma umumiy
faoliyatiga qo‘shilib ketishini belgilab beruvchi yuqori rahbariyat qarori
katta ahamiyat kasb etadi. Korxona (firma, kompaniya) ichki tuzilmasi
esa
ichki muhit,
deb ataladi.
Boshqaruvni
marketing
xarakteriga ega tashkilotlarda yuqori
rahbariyat va marketing xizmati ichki marketing muhitini tashkiliy
madaniyatning bir qismi sifatida shakllantiradi va nazorat qiladi. Agar
tashkilotning hamma bo‘limlari (moliyaviy xizmat, ITTKI, moddiy-
texnik tashkilot xizmati, ishlab chiqarish va hisob-kitob bo‘limlari)
101
faoliyati marketing yondashuviga asoslangan va uning hamma ishchilari
marketingga oid fikrlay olishga ega bo‘lsalar, bunda tashkilotning qulay
marketing muhiti, uning marketing potensiali va uning iste’molchilarga
yuqori xarid qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar yetkazib bera olish
qobiliyatlariga egaligi haqida to‘xtalish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |